O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/210
Sana23.12.2022
Hajmi2,76 Mb.
#895261
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   210
Bog'liq
Uzmu-15-2022(3-bolim)

Natijalar. 
Shuni ham aytib o‗tish kerakki, yuqorida 
tilga olgan asarlardan tashqari o‗zbek adabiyotida maktubning 
boshqa shakllari ham uchraydi. Adabiyotga daxldor xatlarning 
ham bir necha xil, masalan: 
1. Badiiy xatlar:
a) nomalar (ularning o‗zini B. Valixo‗jaev 4 guruhga 
bo‗lib o‗rganadi, noma so‗zi bilan kelgan asarlarning o‗zi ham 
janr va maqsad nuqtai nazaridan xilma-xil bo‗lib, ularni bir 
andaza bilan o‗lchash, hammasiga doir biror qoida chiqarish 
mushkulligini to‗g‗ri ta‘kidlab o‗tadi).
b) badiiy asarlar ichidagi oshiqona maktublar 
2. Adabiy-tanqidiy maktublar. Bunday maktublarning 
o‗zi ham bir necha ko‗rinishlarga ega. Masalan, tanqidchining 
yozuvchiga maktubi, kitobxonning adibga maktubi va h.k. 
Alisher Navoiy ijodida ularning barcha turi uchraydi. Shuning 
uchun buyuk o‗zbek shoiri Alisher Navoiy xatga juda katta 
e‘tibor bilan qarab, uni kishilar orasidagi eng muhim aloqa 
vositalaridan biri sanagan edi. Navoiy maktubni obrazli tarzda 
«hijrondagi shu‘la, tiriklik nishoni» deb ta‘riflagan. [4] 
Maktub insoniy hujjat hisoblanadi. Unda maktub 
yozuvchining shaxsiyati, o‗ziga xos ruhiy holati, kechinmalari 
aniq va xolisona ifodalanadi. Maktubning tub mohiyatini, 
yuragini dalilning o‗zi emas, balki eng avvalo, shaxs va unga 
munosabat, shu tufayli tug‗ilgan shaxsiy fikr-o‗ylar, 
kechinmalar, his-tuyg‗ular ifodasi tashkil etadi.
Xat inson hayotida ham, jumladan, uning ma‘naviy 
yuksalishida ulkan o‗rin tutadigan adabiyotning rivojlanishida 
ham ma‘lum ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan xatlarni, 
eng avvalo, bir necha guruhga ajratish zarurati kelib chiqadi: 
shaxsiy xatlar, adabiy xatlar, publitsistik xatlar, badiiy xatlar. 
Kishilar o‗rtasidagi shaxsiy xatlar aloqa vositasi 
sifatida ko‗rinsa, adabiyotdagi xatlar alohida bir janr 
hisoblanadiki, ularning turli shakllarini o‗rganish oldimizda 
turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Xatlarni kimga, nima sababdan, qachon yozilishiga 
qarab tasnif qilish mumkin. Shaxsiy xatlarning o‗zini ham bir 
necha turlarga bo‗lib chiqish mumkin:
1) do‗stlarga , tanishlarga yozilgan xatlar
2) siyosiy-ijtimoiy, publitsistik mazmundagi xatlar 
3) adabiyotga oid xatlar (yozuvchiga, tanqidchiga v.h) 
Maktubni ko‗zguga qiyos qiladilar, o‗zingiz qanday 
bo‗lsangiz, xatingiz ham o‗zingizga o‗xshaydi. Xat ko‗zgu 
kabi ma‘naviy qashshoqlikni ham, «qaynab yotgan hissiy va 
tafakkur boyligingizni ham bexato aks ettirishi mumkin» 
(Asqad Muxtor). 
Xat har bir xalqning yozuvi bilan tengdoshdir. Yozuv 
kelib chiqishi oqibatida insonlarda xat yozish ehtiyoji ham 
yuzaga kelgan. Xorazm yozuvining eng qadimgi namunasi 
Qo‗yqirilgan qal‘adan topilgan bo‗lib, eramizdan oldingi III 
asrga oiddir. So‗g‗d yozuvining yodgorligi esa Tali Barzu 
(So‗g‗d)dan topilgan sopol idish sinig‗iga o‗yib yozilgan 
bo‗lib, eramizdan oldingi 1 asrga tegishlidir. Bu yozuv 
namunalarining II-III asrlarga oid obidalari Dunxuan (Sharqiy 



Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish