O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TURKIY TILLAR FONETIKASIGA OID AYRIM QARASHLARI



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/210
Sana23.12.2022
Hajmi2,76 Mb.
#895261
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210
Bog'liq
Uzmu-15-2022(3-bolim)

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TURKIY TILLAR FONETIKASIGA OID AYRIM QARASHLARI 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada Sharq allomalarining lingvistik qarashlari va ularning turkiy tillar fonetikasi tadqiqidagi ahamiyati tahlil etilgan.
Kalit so‟zlar:
sharq allomalari, lingvistika, tilshunoslik, fonetika, nutq tovushlari
Kirish. 
Sharq allomalarining o‘z asarlari bilan dunyo 
ilm-faniga qo‘shgan takrorlanmas hissalari tarixdan ma‘lum. 
Davr talabiga asosan bu asarlar arab tilida bitilgan bo‘lib, 
mualliflar arab tili va uning grammatikasini puxta 
o‘zlashtirishgan, turkiy tillar grammatikasi bilan qiyoslab, 
muhim xulosalar chiqarishgan. 
Turkiy xalqlar dunyoning boshqa xalqlari qatorida 
ulkan ma‘naviy va madaniy boylikka egadir. Jumladan, 
o‘zbeklar o‘z tillarida (arab, turkiy, lotin-o‘zbek, kirill-o‘zbek 
xatlarida) juda ko‘p badiiy, tarixiy-filologik, jo‘g‘rofiy va 
boshqa madaniy yodgorliklarni yaratganlarki, bular o‘zbek 
adabiy tili tarixi, uning taraqqiyot yo‘llarini o‘rganishda katta 
ahamiyatga egadir.[5] 
O‘zbek tilining tarixiy ildizlari juda chuqur ekanligini 
dalillaydigan tarixiy manbalar anchagina. Bu manbalarda 
o‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari boshqa tillar tarixiga oid 
yodnomalari bilan solishtirilganda, avvalo, tillarning tovush 
tizimi – o‘xshash va farqli tomonlari, tarixiy taraqqiyotning 
fonetik birliklar talaffuziga ta‘siri tahlil qilinadi. 
Asosiy qism.
Hozirgi o‘zbek tili bu kunning mahsuli 
bo‘lmay, balki ma‘lum tarixiy bosqichda qadim yuzaga kelgan 
boshlang‘ich, sodda tilning o‘zgargan, takomillashgan 
ko‘rinishidir. U hozirgi shakligacha fonetika, leksika, 
morfologiya, sintaksis va boshqa sohalarda katta o‘zgarish va 
taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Ana shu o‘zgarish va 
taraqqiyot yo‘llarni, uning qadimgi holati qanday bo‘lganini, 
dastlabki davrlardan boshlab tilda qanday yangiliklar 
bo‘lganini, ularning nimadan iborat ekanini qadimgi yozma 
yodgorliklarni o‘rganish, qiyosiy tahlil qilish orqali bilish 
mumkin. 
Turkiy tillarni o‘rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. 
Turkiy tillarning o‘ziga xos lingvistik xususiyati, faqat shu 
tilning o‘ziga xos jihatlari xalifalik davrlari (Abu Nasr 
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va 
boshq.)da[1], Qoraxoniylar davri (Mahmud Qoshg‘ariy, 
Mahmud Zamxshariy va boshq.)da[4], Temuriylar davri 
(Alisher Navoiy, Zahiridin Muhammad Bobur)da[3], xonliklar 
davri 
(Abulg‘oziy 
Bahodirxon)da[2], 
sho‘rolar 
davri(Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf 
Fitrat) asarlarida[7] teran tavsiflangan.
O‘rta asr buyuk allomasi, o‘zining falsafiy qarashlari 
bilan dunyoga dong taratgan alloma Abu Nasr Farobiy 
tilshunoslikka doir qimmatli fikrlar bildirib, faqat insongina 
o‘zini o‘rab turgan olamni hamda o‘zini o‘zi bilishga qiziqishi 
va shuning natijasida eng yetuk mavjudodga aylanganlanligini 
yozadi.
Farobiyning e‘tiroficha, borliqdagi narsa-hodisalar 
inson sezgi a‘zolariga ta‘sir etadi. Buning natijasida inson 
o‘zini qurshab turgan olamdagi narsalar va ularning 
mohiyatini bilib oladi. Shu bilan birga inson eshitish orqali, 
nutq vositasida ham bilim va tushunchaga ega bo‘ladi.
Har qanday rivojlanishning, o‘zgarishning asosida 
ziddiyatlar yotishini alohida uqtiradi.
Forobiy «Falsafatu Aristutolis» asarida shunday 
yozadi: «Beadad ziddiyatlar bir-birlarini almashtirib turadilar. 
Ushbu 
tanovoblarda 
(almashinib 
turishlarda) 
bitta 
o‘zgarmaydigan doimiy narsa bor. U ushbu tanovoblarni 
saqlab turadi va ularga singib ketadi. Narsalar bir-biriga 
ergashib va o‘zgarib turganlari holda, doimiy bo‘lib keladigan 
narsani «Javhar» (substansiya), almashinib va o‘zgarib 
turuvchi narsalarni «oraz» (aksidensiya) deyiladi. Bu 
tushunchalar keyinchalik tasavvuf falsafasiga ham asos bo‘ldi 
va ular bu ikki tushunchani «zot» va «tazohir» (tajalli) 
atamalari bilan nomladilar. Forobiy bizning ongimizdan 
tashqarida bo‘lgan ob‘ektiv narsalarning tabiiy sifatlar va 
mohiyat birligi ekanligini ta‘kidlaydi [1]. 
Allomaning ―Fanlar tasnifi haqida so‘z‖ asarida 
tilshunoslik haqidagi fikrlari berilgan. Hozirgi kunda 
tilshunoslikda leksika, grammatika kabi atamalarning ikki 
ma‘noda qo‘llanishi adabiyotlarda keltiriladi. Buning ham 
asosi Farobiy asarlariga borib taqaladi. U til haqidagi fanning 
ikki qismdan iboratligini ta‘kidlaydi. Birinchisi ma‘lum tilda 
mavjud bo‘lgan so‘zlarni xotirada saqlash va nimani 
ifodalashini bilish. Ikkinchisi esa bu so‘zlarni boshqarib 
turadigan qonunlarni bilish.
Abu Nasr Forobiy fikricha, tilshunoslikning munda-
rijasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan biri sodda so‘z 
qonunlari haqidagi fandir. Bu fan, avvalo, nutq tovushlarini 
(harflarni), undosh tovushlarning paydo bo‘lish o‘rnini, unli 
tovushlar va ularning xususiyatlarini, so‘zga qo‘shimchalar 
qo‘shilganda ro‘y beradigan fonetik o‘zgarishlarni, so‘zning 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish