O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/5 2022
- 271 -
fonetik modeli, sodda va qo‘shma so‘zlar, yasama so‘zlar
namunalari (modeli), ot va fe‘llarning o‘zgarishi (shaxs, son,
zamon bilan o‘zgarishi), talaffuzi qiyin so‘zlar va ularning
talaffuzini yengillashtirish yo‘llarini o‘rganadi.
Tarix, riyoziyot, matematika, falsafa, handasa, kimyo,
astronomiya, geografiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa kabi
o‘nlab sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va
o‘zining nazariy qarashlari bilan jahon allomalarini lol
qoldirgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy barcha
ilmlarning kaliti sanaluvchi tilga va tilshunoslikka alohida
e‘tibor bergan.
Yoshligida yunon, lotin, arab, fors, so‘g‘d, suryoniy
tillarini chuqur o‘rgangan alloma «Saydana» asarining kirish
qismida yoshlik yillarida o‘zini qurshab turgan olamni va
olam uzvlarining turli tillarda qanday nomlanishini bilishga
naqadar ishtiyoqmand bo‘lganligini bayon qiladi. Beruniy
narsa nomini bilish insonning nafaqat ma‘naviy boyligini,
balki moddiy boyligini ham yuksaltirishi mumkinligini,
shuning uchun ham til o‘rganishning tengsiz amaliy ahamiyati
mavjudligini ta‘kidlaydi.
Beruniy yashagan davrda yaratilgan barcha asarlar
arab tilida yozilganligi uni fan tili hisoblangan arab tilini
chuqur o‘rganishga da‘vat etadi. Olim arab tilini yunon, hind
tillari bilan qiyoslab, arab tilida unli fonemalarning
ifodalanmasligi, ko‘p harflarning bir-biriga o‘xshashligi va
ularning ayrim nuqtalar orqaligina farqlanishi ma‘lum
qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi, bunday holatda yunon
olimlarining ism-shariflarini to‘liq va to‘g‘ri ifodalab
bo‘lmasligini ta‘kidlaydi. Shuningdek, hind so‘zlarini berishda
bir qancha hind fonemalarining arab tili fonologik tizimida
yo‘q ekanligini, shuning uchun arab yozuvi orqali bu so‘zlarni
to‘g‘ri ifodalab bo‘lmasligini aytadi. Natijada u arab yozuviga
forslardan foydalangan holda ayrim qo‘shimcha harflar
kiritadi.
Alloma ―Saydana‖ asarida dorivor moddalar nomini
arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Olim hind so‘zlarini arab
tilida berishda duch kelgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish
zarurati bilan arab alfavitiga to‘rtta (p, ch, j, g) harfni
qo‘shganligini yozadi. Bu faylasuf - olimning tilshunoslikni
ham chuqur o‘rganganligidan dalolat beradi.
Adabiyotlarda keltirilishicha, tibbiyot sohasida shuhrat
qozongan buyuk hakim Ibn Sinoning lingvistikaga doir
«Asbobi xudut al xuruf» asari bizgacha bir necha
qo‘lyozmalar orqali yetib kelgan. Ibn Sinoning mazkur asari
umumiy fonetika masalalarini yoritishga bag‘ishlanganligi
bilan ajralib turadi. Asarda fonetik o‘zgarishlar masalasi emas,
tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari o‘rganiladi.
Muallif asarning kirish qismida risolani quyidagi olti
bobga ajratganini bayon qiladi:
1. Tovushning paydo bo‘lish sabablari haqida.
2. Nutq tovushlarining paydo bo‘lish sabablari haqida.
3. Bo‘g‘iz va tilning anatomiyasi haqida.
4. Ayrim arab tovushlarining paydo bo‘lishidagi
o‘ziga xos xususiyatlari haqida.
5. Bu tovushlarga o‘xshash nutq tovushlari haqida.
6. Bu tovushlarning nutqiy bo‘lmagan harakatlarda
eshitilishi.
Ibn Sino tabiatdagi tovushlarning qanday paydo
bo‘lishini birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab bergan. Muallif
fizik tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi va
fizik tovushni savt, nutq tovushlarini harf atamasi bilan
nomlaydi. Alloma nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni
ko‘rsatib o‘tadi.[6]
Hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligida allomaning
tilning tovush tizimi haqidagi fikrlari deyarli o‘zgarmagan
holda takrorlanib kelmoqda.
Tilshunos olimlar ta‘kidlashicha, fonetik sistema
tilning
qurilish
(struktur)
birliklari
orasida
tez
o‘zgaruvchanligi bilan leksikadan keyiningi o‘rinda turadi.[8]
Bunga sabab tilning ichki rivojlanish qonuniyatlari, boshqa
tillar ta‘siri, fan-texnika taraqqiyoti, yangi so‘zlarning
o‘zlashishidir. O‘zbek tili fonetik tizimining tarixi yozma
manbalar asosida tahlil etilgan tadqiqotlarda[9] VII-X asrlarga
oid turkiy yozma yodgorliklar matnidagi yozuvlar, o‘sha
davrlar tilining lingvistik tabiati aks etgan yozma yodgorliklar
tili tahlili va qadimgi davrlardan bugungi kungacha o‘zbek tili
fonetikasi tarixida yuz bergan o‘zgarishlar manbalar asosida
yoritib berilgan.
Har qanday til va uni o‘rganish shu tilning fonetik
tizimini o‘rganishdan boshlanadi. Tilshunoslik fani o‘rganilish
tarixiga nazar solinsa, avvalo, bu fanning tadqiqida fonetika
bo‘limi birinchi va asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki tovush,
urg‘u va ohangsiz bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi va gap
bo‘lmaydi. Shu tufayli fonetikaga leksika, morfologiya,
sintaksis va stilistika bilan bog‘liq til bosqichi deb qaraladi.
Fonetikaga qiziqish juda qadimdan boshlanib, u
asosan nutq tovushlarini o‘rganishga qaratilgan. Tilshunos
T.Sodiqov yozma yodgorliklarning sahifalarida, hoshiyalarida
ayrim nutq tovushlariga berilgan tavsiflar ro‘yxatini o‘z
asariga kiritgan.[10] Shunga o‘xshash ayrim tovushlar tavsifi
M.Qoshg‘ariyning ―Devonu lug‘otit turk‖ asarida ham
uchraydi.
Til jamiyatga xizmat qilar ekan, ijtimoiy hayotda
bo‘ladigan o‘zgarish, avvalo, tilda o‘z aksini topadi.
Tilshunoslikning leksikalogiya bo‘limida bunday holat tez o‘z
aksini topadi, ammo fonetika bo‘limida bunday emas, ya‘ni til
tovush tizimidagi o‘zgarish ma‘lum bir davrni o‘z ichiga oladi.
Turkiy tillar fonetikasi va uning tarixiy taraqqiyoti,
undagi o‘zgarishlar ham uzoq davrni o‘z ichiga oladi.
O‘zbek madaniyati, tili va uning mavqeini yuqori
ko‘targan, dunyo tilllari o‘rtasidagi o‘rni, o‘ziga xos nafosatini
asarlarida amaliy isbotlagan Alisher Navoiy tovushlarning
artikulyatsion-funksional tomoniga katta e‘tibor beradi va shu
belgiga ko‘ra (garchi u fonema atamasini qo‘llamagan bo‘lsa-
da) tovush tipini – fonemani belgilaydi. Fonema va harfning
farqli tomonlari mavjudligiga e‘tiborni jalb qiladi.
Xulosa.
Demak, sharq mutafakkirlari ilmiy merosi
bugungi jahon amaliy tilshunosligi asosi va taraqqiyoti uchun
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Arab tili din tili, fan tiliga aylangan davrda Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud
Qoshg‘ariy, Mahmud az- Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Mirzo
Mexdixon va boshqalar tilshunoslik fani taraqqiyotiga ulkan
hissa qo‘shdilar.
Ibn Sino fonemalarni undosh va unlilarga ajratishi
bilan jahon tilshunosligida fonetika va fonologiyaning rivojiga
ulkan hissa qo‘shgan bo‘lsa, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher
Navoiy kabi allomalarning turkiy tillar tovush tizimining
boshqa tillardan, xususan, arab tilidan farq qilishi, turkiy
tillarning tovush tavsifi va tasnifi haqidagi ilmiy qarashlari
hozirgi o‘zbek tilshunosligi uchun amaliy manba bo‘lib xizmat
qiladi.
Ularning asarlarida turkiy tillar fonetik tizimining
o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan: fizikaviy tovushlar
bilan nutq tovushlarining bir-biridan farqi, ularning umumiy
va o‘ziga xos belgilarga egaligi, unli va undosh tovushlarning
o‘zaro farqli jihatlari, hozirgi tilshunoslikdagi fonetika va
fonologiyaning farqlanganligi, tovush va harf munosabati,
nutqdagi turli fonetik hodisalarning ochib berilganligi va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: