transport xavfsizligiga
ham
jiddiy e’tibor qaratildi, qisqa muddat maboynida Uchquduq – Miskin – Nukus, Toshg‘uzar –
Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘llari qurilib ishga tushirildi. Natijada, hozirgi kunda Quyi
Amudaryo mintaqasi va Surxondaryo viloyatiga borish uchun avvalgidek Turkmaniston
hududiga chiqish talab etilmaydi. Temir yo‘llarni elektrlashtirish, tez yurar yo‘nalishlarni joriy
qilishda ham yutuqlarimiz talaygina (masalan, Toshkent – Samarqand oralig‘ida qatnaydigan
“Afrosiyob”, Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi yo‘nalishlaridagi poezlar). 2016 yilda
Farg‘ona vodiysi ham Qamchiq davoni orqali temir yo‘l bilan bog‘lanadi. Hozirgi vaqtda,
respublika temir yo‘llarining elektrlashtirilgan darajasi 35 %. YAqin yillarda bu ko‘rsatkich 1,5
martaga oshadi, Jumladan, Maroqand – Qarshi temir yo‘li elektrlashtiriladi. Unga 597 AQSH
dollari sarflanadi.
Avtomobil yo‘llarini qurish ham mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor
yo‘nalishidir. SHu bois, magistral yo‘llarni qayta qurish, ta’mirlash, yo‘l bo‘yi infratuzilma va
yo‘l bo‘yi iqtisodiyotini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga, transportning
boshqa turlari – havo, quvur transporti ham rivojlanib bormoqda. Respublikamiz poytaxti hamda
Urganch, Navoiy, Samarqand, Buxoro shaharlarida xalqaro aeroportlar qurilgan.
Transportning asosiy funksiyasi yuk va yo‘lovchi tashish 1996 va, xususan, 2003
yillargacha har xil o‘zgarib bordi, o‘sish - pasayish ko‘rsatkichlari bir - birini almashtirib turdi.
2004 yildan boshlab esa bu ko‘rsatkichlar muntazam ravishda o‘sib bormoqda. Masalan, 2013
yilda yuk tashish 2012 yilshga nisbatan 104,4 foizga, yo‘lovchi tashish 104,2 foizga ortgan.
Ko‘rilayotgan sohada 170 ming kishi band, bu barcha iqtisodiyot tizimida band
bo‘lganlarning 3,7 foizini tashkil qiladi. Transportni rivojlantirish uchun ajratilgan investitsiya
hajmi 30,0 foizga yaqin. (2005 yilda 15,7 %). Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz rahbariyati
transport tizimi, transport mustaqilligi va xavfsizligiga katta e’tibor qaratmoqda.
2013 yilda O‘zbekistonda transportning barcha turlari orqali 1387,3 mln tonna yuk
tashilgan. Bu 2005 yilga qaraganda 1,6 martadan ko‘proq demakdir. Jami tashilgan yukning 90,6
foizi birgina avtomobil transporti zimmasiga tushadi. Qolgan transport turlarining bu boradagi
ko‘rsatkichlari ancha past. Ko‘rilayotgan yilda 6988,0 mln kishi yo‘lovchi sifatida tashilgan
(2005 yilga nisbatan 1,7 marta ko‘p), uning 98,2 foizi avtomobil transportiga to‘g‘ri keladi. YUk
va yo‘lovchi tashishda xususiy tadbirkorlikning salmog‘i katta. Avtomobil transporti yuk
aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilar hissasi 72,1 foizga teng. Yo‘lovchilar
tashishda bu ko‘rsatkich yanada yuqori.
O‘zbekistonda umumiy ijtimoiy foydalanishda bo‘lgan temir yo‘llar uzunligi 43 ming km,
har 10 ming kv km maydonga zichlik 94,2 km ni tashkil qiladi
4
. Tabiiyki, hududi katta
mintaqalarda temir yo‘llar uzunligi ham katta. Masalan, Qoraqalpog‘istonda u 844 km, Navoiy
viloyatida 469 km va h.k. Ayni vaqtda maydoni kichik Andijon va Sirdaryo viloyatlarida temir
yo‘llar uzunligi ancha oz. Umumiy qonuniyat ko‘proq aholi va yo‘llar zichligi o‘rtasida ko‘zga
tashlanadi. Fikrimizning isboti sifatida Andijon va Farg‘ona, Xorazm yoki Sirdaryo
viloyatlaridagi ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin. Bu fikrni eng past zichlikka ega bo‘lgan
Navoiy va Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyat ham tasdiqlab
beradi (8-ilovaga qarang).
Qattiq qoplamali avtomobil yo‘llar uzunligi respublikamizda 42,0 ming km yoki temir
yo‘lllarga nisbatan 10 marta ziyod; zichlik har 1000 kv km maydonga 92,8 km – bu ko‘rsatkich
ham deyarli 10 barobar ortiq. SHu o‘rinda aholi geografiyasi va avtomobil yo‘llar zichligi
4
Мамлакатимизда темир йўл транспортининг ривожланиши ва бошқарилиши “Ўзбекистон темир
йўллари” Миллий компанияси орқали амалга оширилади.
83
o‘rtasidagi qonuniyatni yana bir bor ta’kidlash o‘rinli. Ma’lumotlarga qaraganda, eng yuqori
avtoyo‘llar zichligi aholi zichligi eng yuqori bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida
kuzatiladi. Bu holat Namangan, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida ham ancha yuqori, cho‘llik
mintaqalarda esa u juda past.
Taniqli rus olimi N. N. Baranskiy fikricha, yo‘llar va shaharlar har qanday hududning
iqtisodiy asosini (“qovurg‘asini”) tashkil qiladi. CHindan ham aynan ular birgalikda joyning
iqtisodiy salohiyatini, geografik jihatdan o‘zlashtirilganlik darajasini yoki, boshqacha qilib
aytganda, iqtisodiyotining
Do'stlaringiz bilan baham: |