2. Transport tarmoqlarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Transport turi yoki
tarmog‘i temir yo‘l, avtomobil, quvur, suv, havo, elektron transportlardan iborat.
Transportdagi ilmiy-texnika inqilobi transport vositalari quvvati, tezligi, yuk va yo‘lovchi
tashish imkoniyatining oshishida va uning yangi-yangi turlarining yaratilishida namoyon
bo‘lmoqda.
Transport ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlaridan farq qiladigan xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan yo‘l va yo‘l qurilishi uchun xos hamda xom-ashyo
sifatida foydalaniladi;
2. Transport ishlab chiqarishi asosan cho‘ziqsimon (chiziqli) joylanishga ega;
3. Moddiy ishlab chiqarish uchun asosiy manbalardan biri hisoblanadi;
4. Transport ishlab chiqarishining xom ashyosi yo‘q, asosiy vazifasi yuk va yo‘lovchi
tashishdir.
81
Transport ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omil bo‘lib xizmat
qiladi. O‘z navbatida, transport turlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar mavjud. Ko‘pgina
transport turlariga tabiiy sharoit yetakchi bo‘lib, albatta bu transportning turlariga bog‘liq.
Masalan, avtomobil va temir yo‘lning joylanishiga asosan relef asosiy rol uynaydi. Chunki, ko‘p
hollarda loyihalanayotgan yo‘lning yo‘nalishi, uzunligi, kengligi, arzon – qimmatligini relef
sharoiti belgilab beradi. Shuning uchun yo‘llarni loyihalashda relfning qiyaligi, qanday tog‘
jinslaridan tashkil topganligi, mutloq balandligi birinchi navbatda tahlil qilinadi. Avtomobil
yo‘llarining qiyaligi 12-15
0
dan oshmasligi lozim.
Baland va qiyaligi yuqori bo‘lgan joylarda yo‘llar yer osti tunellari orqali o‘tkaziladi.
Masalan, Toshkent – Andijon avtomobil yo‘lining Qamchiq davonida uzunligi 2,5 km li tunell
qazilgan.
Bundan tashqari, yo‘llarni o‘tkazilishida surilmalar, sellar, qor ko‘chkilari, daryo
toshqinlari ham hisobga olinadi.
Mamlakatimiz hududining 70 foizi tekislikdan iborat ekanligini hisobga olsak, quruqlik
transport turlarini rivojlantirish istiqbollari keng ekanligini anglash mumkin. Ayniqsa, “Buyuk
Ipak yo‘li” doirasida amalga oshirilayotgan transport tarmoqlarini rivojlantirish, yangi yo‘llar
ochish loyihalari tahsinga, sazovar. Umuman olganda transport tarmoqlarini rivojlanishiga
nafaqat tabiiy sharoit, balkim mamlakat iqtisodiyotini rivojlanish darajasi ham asosiy ta’sir
etuvchi omillardan hisoblanadi.
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar
Transport makroiqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri, iqtisodiyotning qon tomiri,
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. U ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lab, ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.
Ta’kidlash lozimki, transport sanoat va qishloq ho‘jaligiga nisbatan geografiyada kam
o‘rganilgan yoki o‘rganilayotgan yo‘nalish ekanligi bilan ajralib turadi. Vaholanki, transportsiz
hech narsani tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki transport harakat, masofani kesib o‘tish, u yoki bu
narsani (yuk, yo‘lovchi, axborot) tashish, jo‘natish demakdir. Iqtisodiy geografiyada transport
liniyalar, yo‘l, yo‘laklar sifatida uning qolgan ob’ektlarini – areal, tugun va markazlarni bog‘lab
turadi. Transport to‘ri va tizimi har qanday hududning rivojlanganlik, o‘zlashtirganlik
ko‘rsatkichi, hududiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi, iqtisodiy rayon va ishlab chiqarish
majmualarning shakllantiruvchi muhim omilidir. Qolaversa, “arzon”, “qimmat”, “qulay”,
“noqulay” tushunchalarining zaminida transport omili yotadi, transport geografik o‘rin esa
iqtisodiy geografik o‘rinning asl mohiyatini aks ettiruvchi asos hisoblanadi.
Odatda, transport deganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratiladi:
1.
Transport – bu vosita, xarakatlantiruvchi kuch;
2.
Transport – xalq xo‘jaligi tarmog‘i;
3.
Transport, aniqrog‘i transport yo‘llari – bu ishlab chiqarish infratuzilmasining etakchi
tarmog‘i, xo‘jalik tarmoqlari va aholining joylashuvida muhim omil (yo‘li yaxshi mamlakat boy
bo‘ladi, boy mamlakatlarning yo‘llari esa hammavaqt ham yaxshi bo‘lavermaydi);
4.
Transportning uzatuvchanlik, bog‘lovchilik funksiyasi borligi sababli u aloqa tizimi
bilan juda yaqindan aloqador, binobarin, aloqa tizimidagi yangi o‘zgarishlar (tele-radio aloqalari,
internet va b.) an’naviy transport tarmoqlarining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o‘rtasida joylashgan. Bu erda
“joylashgan” degan so‘z ayni vaqtda uning transport geografik xususiyatini, o‘rnini ham belgilab
beradi. Darhaqiqat, respublikamizning bunday transport geografik o‘rni, uning markaziyligini,
kesuvchanligini (ya’ni tranzitligini) aks ettiradi, shu bilan birga, mamlakatimizning Jahon
okeanidan uzoqda, ichkarida joylashganligini bildiradi.
Qadimda, respublikamizning hozirgi hududida quruqlik transporti, aniqrog‘i karvon yo‘llar
yaxshi rivojlangan bo‘lgan. Xususan uning Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi yurtimizda savdo,
madaniyat, hunarmandchilikning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Temir yo‘llar esa bu erda
XIX asrning oxirida va XX asr boshlarida qurilgan. Bular Kaspiy orti temir yo‘li, ya’ni hozirgi
Turkmanboshi (Krasnovodsk) – Andijon hamda Orenburg – Toshkent yo‘llaridir. Keyinchalik
82
boshqa mahalliy va xalqaro yo‘llar ham qurildi, ayniqsa Quyi Amudaryo yo‘nalishida barpo
etilgan temir yo‘l, masalan Qo‘ng‘irot, Beynau – Makat – Aleksandrov Gay
(Saratov obl.)
muhim ahamiyat kasb etdi.
Biroq, respublikamiz transport to‘ri uning turli hududlarini bog‘lash nuqtai nazaridan
yagona tizimni tashkil etmasdi. SHu bois, mustaqillik yillarida
Do'stlaringiz bilan baham: |