80
2. Transport tarmoqlarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Transport tarmoqlarini (temir yo‘l, avtomobil, havo, quvur) joylanish
xususiyatlari.
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi.
5. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining xususiyatlari.
1. Transportning Respublika xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Transport (lotincha
“transporto” – “tashiyman” degan ma’noni anglatadi) moddiy ishlab chiqarishning yuk va
yo‘lovchilar tashishni amalga oshiradigan eng muhim tarmoqlaridan biri, sanoat va qishloq
xo‘jaligidan keyingi uchinchi asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi.
Mahsulot yaratilishi va uning iste’molchilarga yetkazilishi, hamashyo, kuchi, tovar va
xizmatlar harakati transporsiz bo‘lmaydi.
Binobarin, transport iqtisodiyotning qon tomiri, harakatiga keltiruvchi bo‘g‘indir.
O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uning jahon
uyushmasiga kirib borishi uchun mukammal transport tizimiga ega bo‘lishi kerak. Turli xil
transport vositalari sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni
iste’molchilarga o‘z vaqtida, isrof qilmasdan yetkazishda faol ishtirok etadi.
Transport ishlab chiqarish tizimida muhim o‘rin tutishi bilan birga u har qanday hudud
xo‘jaligi majmuasining zaruriy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Uning rivoj tufayli hududlarni
iqtisodiy jihatdan ixtisoslashtirish mumkin.
Transport infrastrukturasi va yo‘l tarmoqlarining samarali rivojlanishini kadrlarning
qishloqlarda mustaqil o‘rnashib qolishiga, mehnat resurslaridan unumli foydalanish imkonini
yaratadi.
Respublika nosiyosiy mavqiyeni yaxshilash ham eng avvalo transport to‘ri va
kammunikatsiyalarga bog‘liq. Bu haqda I.Karimov “Kommunikatsiyalar tizimi haqida
gapirganda O‘zbekiston geografik mavqeining o‘ziga xosligi, portlarga va eng katta transport
uzellariga chiqish yo‘lining yo‘qligi tufayli transport tarmoqlari va kommunikatsiyalarni
rivojlantirish masalalari ustivor, strategik, hayotiy muhim ahamiyat kasb etishini ta’minlamoq
darkor” degan edi.
Mamlakat transport tarmog‘i temir yo‘l, avtomobil, aviatsiya, quvurlar va daryo suv
yo‘llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida Respublikada har yili xalq xo‘jalik
uchun zarur bo‘ladigan turli-tuman yuklar va yo‘lovchilar tashiladi.
Iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o‘tilayotgan hozirgi
murakkab sharoitda ishlab chiqarish korxonalari, tashkiliy va mamlakat hududlarining samara
bilan ishlashi ko‘p jihatdan transport turlarining qay darajada faoliyat ko‘rsatishga bevosita
bog‘liq.
Umuman olganda, mamlakat transport tarmoqlarini jahon andozasiga yetkazish
Respublikamizda xalq xo‘jaligi rivojining asosiy omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: