4-
расм. Ўзбекистон Республикаси ташқи савдо айланмаси
(млн АҚШ
долларида)
Ташқи савдо айланмаси
Экспорт
Импорт
85
mahsulotlar (14,3 %), uchinchi o‘rinda oziq-ovqat mahsulotlari turadi (9,7 %). 1990 yilda oziq-
ovqat mahsulotlarining jami importdagi ulushi 48,9 va 2000 yilda 12,3 foiz bo‘lgan.
Umuman olganda, zamonaviy texnologiyalar, mashina va asbob uskunalarning ko‘proq
keltirilishi (yaponlar uchun baliq emas, balki qarmoq muhimroq hisoblanadi) ma’qulroq.
CHunki, tashqi savdo aylanmasining bunday tarkibiy nisbati kelajak ishlab chiqarish uchun
mustahkam zamin yasaydi. SHu nuqtai nazardan iste’mol mollarini, xususan engil va oziq-ovqat
mahsulotlarini o‘zimizda, hech bo‘lmaganida mahalliy ehtiyojni qondirish darajasida rivojlanishi
talab etiladi. Aytish joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat, jumladan ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish (“lokalizatsiya”), investitsiya siyosati hamda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishi ham aynan shu maqsadlarni ko‘zlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi jahonning qator mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirmoqda. Umumiy qonuniyat shundan iboratki, agar avvallari MDH mamlakatlari
bilan aloqalar birmuncha zaifroq bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning ulushi ko‘tarilib
bormoqda. Masalan, 1995 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida MDH
mamlakatlarining hissasi 38,4, shu jumladan eksportda 34,5 va importda 45,5 foiz bo‘lgan holda,
bu ko‘rsatkichlar 2013 yilda, mos ravishda 42,6; 47,4 va 37,4 foizni tashkil etgan
7
.
Mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarida Rossiya birinchi o‘rinda turadi. Xitoy Xalq
Respublikasi, Qozog‘iston, Koreya Respublikasining ham ulushi katta. Boshqa davlatlar orasida
biroz Turkiya, Afg‘oniston, Eron, Ukraina, Germaniya, Buyuk Britaniya ajralib turadi. Qolgan
mamlakatlarning bu boradagi ishtiroki juda sust.
Respublikamiz tashqi savdo aylanmasining shakllanishida barcha mintaqalar bir xil
qatnashishmaydi O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmining 33,5 foizini birgina Toshkent
shahri ta’minlaydi (eksportda 22,7 %, importda 45,3 %). Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati
turadi: 11,3; 10,8 va 11,8 %. SHunday qilib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati zimmasiga
mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarining 44,8 foizi to‘g‘ri keladi (importning 57,1 %). Qolgan
mintaqalar orasida Andijon viloyatining ishtiroki faolroq: ushbu hudud ulushiga respublika
tashqi savdo aylanmasining 10,0 foizi, eksportning 5,9, importning 14,4 foizi mos kelgan (2013
y.).
Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda chet el investitsiyalarining jalb qilinishi,
mintaqalarda qulay investitsiya muhitini shakllantirish katta ahamiyatga ega. 2013 yil
ma’lumotlariga bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston
Respublikasi jami eksportining 17,5 foizini beradi. Tabiiyki, bu borada ularning importdagi
ulushi ancha yuqori 39,2 % va shunday bo‘lishi ham kerak).
Albatta, real voqelikda barcha hududlarning mamlakat tashqi savdosini rivojlanishi, uning
investitsiya va eksport salohiyatini oshirishdagi ishtirokini mutlaqo bir darajada qilish qiyin va
bu hech qachon bo‘lmaydi. Biroq, asosiy yukni faqat 2 yoki 3 mintaqa “tortishini” ham ijobiy
baholash nojoizdir.
CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksportini yana yuqorida qayd etilgan
hududlar, ya’ni Toshkent shahri va viloyati, Andijon beradi. Importning ham asosiy Toshkent
shahriga, Andijon, Toshkent va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda eksportda
Sirdaryo, Jizzax va Xorazm, importda Jizzax va Surhondaryo viloyatlarining hissasi nihoyatda
past. Binobaroin, eng avvalo mazkur viloyatlar investitsiya muhitini faollashtirish, bu borada
jozibadorligini oshirish talab etiladi. SHu nuqtai nazardan transport va boshqa infratuzilma
sohalarining rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.
7
Мустақилликнинг дастлабки йилларида, хусусан 1991-1992 йилларда собиқ Иттифоқ
республикалари билан деярли ташқи савдо муносабатлари олиб борилмаган.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |