O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 Mehnat resurslari va ulardan foydalanish



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
Mehnatga yaroqli aholi mehnat resurslari 
deb ataladi. Mehnat resurslarini aniqlashda aholining yosh va jinsiy tarkibi hisobga olinadi. 
Mehnatga yaroqli aholiga, odatda, 15 yoshdan 65 yoshgacha kishilar kiradi. Mehnatga yaroqli 
aholining asosiy qismini ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashuvchi iqtisodiy faol aholi tashkil 
etadi. Aholining mehnat faoliyati munosabatiga qarab: mehnatga layoqatligicha bo‘lgan, 
mehnatga layoqatli va mehnatga layoqatlidan keyingi guruhlarga ajratiladi. 
Asosiy mehnat resurslari mehnatga layoqatli va mehnat yoshidagi, xususan, ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan va harbiy xizmatdagilarni o‘zida birlashtirsa, qo‘shimcha 
mehnat resurslariga 14-16 yoshdagi ishlovchi o‘spirin-yoshlar va xizmatini davom ettirayotgan 
nafaqaxo‘rlar kiradi.
Mehnatga layoqatli yosh turli mamlakatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Rossiyada 
16-59 yoshdagi erkaklar, 16-54 yoshdagi ayollar mehnat resurslari hisoblanadi. AQShda erkak 
va ayollar bir xil 16-65 yosh, Finlandiya, Yaponiya, Kanada, Germaniyada 15 yoshdan mehnatga 
layoqatli hisoblanadi. Uning yuqori chegarasi aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi, 
mamlakatning iqtisodiy salohiyati asosida belgilanishi mumkin.
Mehnat resurslarining ulushi Yevropada eng yuqori ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. (62-
64 foiz), Amerika hamda Avstraliya va Okeaniyada ushbu ko‘rsatkich 56-58 foizni tashkil etadi. 


Osiyoda ham bu ko‘rsatkich ancha yuqori (53-54 foiz) faqat Afrikada mazkur ko‘rsatkich (47 
foiz) nisbatan past hisoblanadi. Dunyo aholisining 52 foizi mehnat resurslaridan iborat. alohida 
mamlakatlar bo‘yicha oladigan bo‘lsak Xitoy – 756,8 mln. Hindiston 450,8 mln. AQSH-144,7 
mln., Indoneziya-101,8 mln., Braziliya -79,7 mln., Rossiya – 77,7 mln. kishi mehantga yaroqli 
aholisi bo‘lib, dunyoda oldinda turadi. 
Aholi bandligi ham turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, moddiy boyliklar ishlab 
chiqarish sohasida Rossiya aholisining 70% i, AQSH aholisining 54%, noishlab chiqarish 
sohasida esa Rossiyaning 30 %, AQShning 46% mehnat resurslari band. Bu ko‘rsatkichlar 
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Rossiyada 15 % ni, AQSH da 3%ni, sanoatda Rossiyada 37 % ni, 
AQSH da 24 %ni, xizmat ko‘rsatish sohasida Rossiya 48% ni, AQShda 70% ni, tashkil etadi. 
Lekin shu bilan birgalikda asosiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnatda band aholining 
tarkibida qishloq xo‘jaligi va unga yaqin bo‘lgan sohalarda band aholi ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Yer shari aholisining oshishi bilan birgalikda ishsizlik muammosi ham mavjud. 
Ishsizlikka barham berish ko‘plab mamlakatlarda eng asosiy muammolardan biriga aylangan. 
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa, ishsizlarning mavjudligiga, iqtisodning 
umuman, sust rivojlanganligi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga kam tortilganligi, kichik 
yoshdagilar ko‘pchilikni tashkil etishi sababdir. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish