O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 O‘rta asrlarda qaysi voqea Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasida kuchli o‘zgagishlarga



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

10. O‘rta asrlarda qaysi voqea Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasida kuchli o‘zgagishlarga 
olib keladi.? 
A. “Buyuk ipak yo‘li” ning ochilishi 
B. Buyuk geografik kashfiyotlarni boshlanishi 
C. Yevropa bilan Osiyo qit’asi o‘rtasida savdo-sotiqning rivojlanishi 
D. Yevropa bilan Osiyo qit’asi o‘rtasida o‘zaro urushlarning kamayishi 
E. Hammasi to‘g‘ri 
11. Qo‘yidagilar orasidan mutloq monarxiya tuzimiga ega bo‘lgan davlatni 
aniqlang? 
A. Ispaniya 
B. Buyuk britaniya 
C. Braziliya 
D. Yaponiya 
E. Saudiya Arabistoni 
12. “Profektura” qaysi mamlakatning hududiy-ma’muriy bo‘linishi hisoblanadi? 
A. Xitoy 
B. Hindiston 


C. Yaponiya 
D. Vengriya 
E. Marokash 
Nazorat uchun savollar: 
 
1.
Dunyo siyosiy xaritasi tushunchasiga izoh bering. 
2.
Dunyo siyosiy xaritasi qanday shakllangan. 
3.
Dunyo siyosiy xaritasi shakllanish bosqichlarini aniqlang. 
4.
Jahon mamlakatlari davlat tizimini ta’riflang. 
5.
Jahon mamlakatlari toifalarini aniqlang. 
3-mavzu: DUNYO AHOLI GEOGRAFIYASI 
 
Reja:
 
1.
Dunyo aholisining soni, zichligi va joylanish xususityalari. 
2.
Aholining tabiiy o‘sishi va migratsiyasi. 
3.
Aholining tarkibiy tuzilishi. 
4.
Shahar va qishloq aholisi. 
5.
Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. 
1. Dunyo aholisining soni, zichligi va joylanish xususityalari. 
Aholi deganda, ma’lum 
hududda (mamlakatda, mintaqada, jahonda) yashayotgan kishilar guruhiga aytiladi. U barcha 
tarixiy davrlar mobaynida jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lib kelgan. Chunki u hamisha moddiy 
boyliklarni ishlab chiqargan, o‘z iste’molida foydalangan va jamiyat taraqqiyotini amalga oshirib 
kelgan. 
1999 yilning oktyabr oyida jahon aholisi 6 mlrd. kishilik marrani xatlab o‘tdi. 2001 yil 
o‘rtalarida uning umumiy soni 6137 mln. kishiga yetdi. Hozirgi vaqtda uning umumiy soni 6,5 
mlrd. kishidan ortib ketdi. BMT va boshqa halqaro tashkilotlarning hisob - kitob va taxminlariga 
ko‘ra, 2010 yilda aholi soni 7 mlrd. 176,6 mln. ga, 2025 yilda esa, 8 mlrd. 504,2 mln.ga yetadi. 
Hisob-kitoblardan ma’lum bo‘ldiki, dunyoda har 230 kunda 1 ta Turkiya aholisiga barobar 
nufuz ortadi. Har soniyada 3, daqiqada 155, har soatda 10600, har kunda esa 245-620 chaqaloq 
ro‘yxatga olinadi. 
Aholi yer kurrasida nihoyatda notekis joylashgan. Aholi ko‘p to‘plangan uchta asosiy 
arealni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi areal Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyoni o‘z 
ichiga oladi. Bu arealdagi mamlakatlarda o‘rtacha zichlik 1 km. kv 100 kishidan ortadi, ba’zi 
joylarda esa, 1000-1500 kishiga yetadi va undan ham oshadi. Aholining bunday zichligiga bu 
yerda kishilarning qadimdan yashash, ko‘p mehnat talab qiluvchi intensiv obikor dehqonchilik 
tipining tarixiy tarkib topganligi, shuningdek, aholining tabiiy ko‘payishi xususiyatlari sabab 
bo‘lgan. 
Yer shari aholisining 70 % i quruqlikning 7 foizida mujassamlangan bo‘lsa, 15 % da 
aholi umuman yashamaydi. Aholining asosiy qismi mu’tadil, subtropik va subekvatorial iqlim 
mintaqalarida joylashgan, 50 % aholi dengiz sathidan 200 m gacha bo‘lgan hududlarda, 30 % i 
dengiz sohillaridan 50 km. gacha o‘zoq hududlarda yashaydi. 
Yer shari bo‘yicha har km
2
ga o‘rtacha 40 kishi to‘g‘ri kelsada, ayrim mamlakatlarda 
aholi zichligi juda yuqori (Bangladeshda har km
2
ga 800 kishi, Manokada 15,5 ming, Singapurda 
4,5 ming kishi to‘g‘ri keladi). yer shari aholi eng zich yashaydigan hududlar quyidagilardir: 
1. Janubiy Osiyo-Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Pokiston (aholi soni 1,5 mlrd.ga 
yaqinlashmoqda, zichligi 300-500 kishi har km
2
ga;) 
2. Sharqiy Osiyo –Xitoy, Yaponiya, Koreya respublikasi, KXDR (Bu hududda 1,5 mlrd. 
dan ortiq aholi yashaydi, zichligi har km

ga 200-300 kishi); 


3. Janubi-Sharqiy Osiyo – Indoneziya, Filippin, Tayland, Malayziya va boshqalar (aholi 
soni 0,5 mlrd. zichlik har km

ga o‘rtacha 300 kishi); 
4. Yevropa (aholi soni 0,7 mlrd ga yaqin, zichlik har km

o‘rtacha 200 kishi). 
5. Shimoliy Amerika Atlantika okeani sohillari, AQSH ning shimoli-sharqi. 
Umuman, Dunyo aholisining 60 % i Osiyoda, 12% i Afrikada, 9,5 % i Yevropada, 8,5 % 
i Lotin Amerikasida, 5,5 % dan ortig‘i Shimoliy Amerika va MDH da 0,5 % Avstraliya va 
Okeaniyada istiqomat qiladi. 
Zichligi katta bo‘lgan ikkinchi areal Yevropada tarkib topgan. Bu yerlarda aholining 
o‘rtacha zichligi 200 kishidan 400 kishigacha bo‘lgan bir qancha mamlakatlar bor. Asosiy sanoat 
rayonlarida aholi zichligi har km. kv. da 500-1500 kishiga yetadi va undan ham ortadi. Uchinchi 
areal AQSHning shimoliy-sharqiy qismidir. Bu hududda sanoat yuksak rivojlanganligi hamda 
mamlakatning asosiy rayoni ekanligi aholining zich joylashishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga 
quruqlik maydonining yarmiga yaqinida aholi zichligi 1 km
2
ga bir kishi hali to‘g‘ri kelmaydi. 
O‘zlashtirish ayniqsa qiyin bo‘lgan doimiy sovuq Qutbda, baland tog‘li o‘lkalar, cho‘llar, issiq 
va sernam ekvatorial o‘rmonlarda aholi nihoyatda kam. Shunday qilib, tabiiy sharoit aholining 
joylashishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagi jadval orqali ham aholining balandliklar bo‘yicha 
joylanish xususiylashtirini bilib olish mumkin.
Aholining joylashishiga tabiiy sharoit xususiyatlardan tashqari iqtisodiy va tarixiy 
sharoitlar, aholini kelib o‘rnashgan vaqti, xo‘jalik tipii, tashqi va ichki migratsiyaning 
intensivligi va boshqalar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish