Jahon aholisini balandlik mintaqasi bo‘yicha joylanishi
(foiz hisobida)
Qit’a,
materiklar
Dengiz sathiga nisbatan balandlik, m
200m gacha 200-500
500-1000
1000-
1500
1500-
2000
2000m
dan
balandda
Yevropa
68,8
23,5
7,2
0,5
-
-
Osiyo
56,5
23,5
11,7
4,9
2,5
0,9
Afrika
32,5
24,1
20,8
13,8
6,8
2,0
SH.Amerika
46,9
33,3
7,9
4,1
4,0
3,8
J.Amerika
42,3
15,0
22,8
4,7
4,2
11,0
Avstraliya
va
Okeaniya
72,9
17,8
8,4
0,9
-
-
Quriqlikda
56,2
24,0
11,6
4,4
2,3
1,5
2. Aholining tabiiy o‘sishi va migratsiyasi.
Jahon aholsining son jihatdan o‘sishining
bosh omili aholining tabiiy ko‘payishidir. Aholining tabiiy ko‘payish darajasi yil davomida jami
to‘g‘ilganlardan, jami o‘lganlarni ayirib tashlangandan keyingi qoldiq bilan ifodalanadi. Uning
ko‘rsatkichlari bir yilda o‘rtacha har 1000 aholiga qancha to‘g‘ilish va qancha o‘lish holatlari
to‘g‘ri kelishiga qarab aniqlanadi. aholining tabiiy ko‘payish jarayonigina uning to‘xtovsiz son
jihatdan o‘sib va avlodlarning almashib turishini ta’minlaydi. Garchi tabiiy ko‘payish biologik
jarayon bo‘lsada, uning kechishi va keng ko‘lamda jamiyatda qaror topgan xilma-xil ijtimoiy-
iqtisodiy sharoit (tirikchilik vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, oila va nigoh, bolalar
tarbiyasi, urf odatlar, diniy aqidalar va boshqa) lar katta ahamiyat kasb etadi.
Aholi o‘rtasida to‘g‘ilishning qay darajada bo‘lishiga siyosiy notinchliklar, urushlar, keng
tarqalgan xavfli kasalliklar katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Hozirgi vaqtda jahon mamlakatlari aholisining tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlariga ko‘ra
ikki guruhga ajratish mumkin:
Aholi birinchi turi. To‘g‘ilish, o‘lim, tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlarning ancha past
darajasi ana shu guruhga kiruvchi mamlakatlarga xosdir. Bu guruh mamlakatlarini demografik
tanglik mamlakatlari ham deyish mumkin.
Odamda aholining takror ko‘payishi uchun oilalarda o‘rtacha kamida 2,5 bola to‘g‘ilishi,
ya’ni mavjud oilalarning yarmi 2 nafar, qolgan esa 3 nafardan bolali bo‘lishlari talab etiladi.
yangidan dunyoga kelgan bu bolalarning 2 nafari ota va onalarning o‘rnini qoplasa, qolgan 0,5
nafar bepushtlar, baxsiz hodisa tufayli oila qura olmasdan o‘tganlar o‘rnini to‘ldiradi. Bunday
demografik holatda aholining oddiy takror barpo bo‘lishi deyiladi.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining 1/5 qismini o‘zida birlashtirgan, dunyoning rivojlangan
mamlakatlari aksariyatida aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari, har 1000 kishiga hisoblaganda,
Yaponiya, AQSH, Kanada +1-2 dan Avstraliya va Yangi Zelandiya +5-8 gacha tebranadi.
Demografik tanglik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmaoqda. 2001 yil
ma’lumotlariga ko‘ra ularga har 1000 aholi hisobiga o‘rtacha 10 ta to‘g‘ilish va 11ta o‘lim
ko‘rsatkichlari to‘g‘ri kelmoqda, ya’ni jami to‘g‘ilganlar hatto umumiy o‘lganlar o‘rnini ham
qoplay olmayapti.
Misol tariqasida Germaniyani oladigan bo‘lsak, mamlakatda to‘g‘ilish dunyoda eng past
ko‘rsatkichga ega. Oilaning o‘rtacha me’yori 2,7 kishi. Har to‘rt oilaning bittasi farzandsiz.
Buning oqibatida keyingi vaqtlarda bu mamlakat aholisi kamayib borayapti.
Umuman rivojlangan mamlakatlarda aholi tabiiy ko‘payishi kamligining sababi, jamiyat
a’zolarining o‘rtasida o‘ziga xos kam bolali bo‘lishga moyil demografik xulq-atvorning
shakllanganligidir. Shu sababli bu guruh mamlakatlarda hozirgi vaqtda hech bo‘lmaganda
mavjud aholi soni takror barpo qilishni ta’minlash vazifasi yotadi.
Aholi ko‘payishining ikkinchi turi to‘g‘ilish va tabiiy ko‘payishning yuqori, bir qator
mamlakatlarda esa juda yuqori, o‘limning aksincha nisbatan pastligi, ushbu guruhga kiruvchi
mamlakatlarning asosiy demografik belgisidir. Bu guruh mamlakatlarida, tom ma’noda,
demografik faollik hukmrondir. Aholi ko‘payishining bu turi eng avvalo Afrika, Osiyo va Lotin
Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlariga xosdir.
Ma’lumki, rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ko‘pchiligi yaqinlargacha o‘z
boshidan mustamlaka yoki yarim mustamlakalarga xos ijtimoiy nohaqliklarni o‘tkazib kelgan
edilar. Ularning ko‘pchiligi asosan mustaqil rivojlanish davrini boshlab, hozirgi davr tibbiyot-
sanitariya, fan-texnika kabi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘ldilar. Ularga nisbatan ijtimoiy yaxshilana boshlandi, turli yuqumli kasalliklarga qarshi
kurashish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu sharoitlar ularda to‘g‘ilishning yuqori darajasi saqlanib
qolgani holda, o‘limning keskin kamayishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab jahon aholisini misli ko‘rilmagan yuqori sur’atlarda o‘sishiga olib
kelgan. Darhaqiqat rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tabiiy ko‘payishi ko‘rsatkichlari
ayniqsa, XX asrning 60-70 yillarida o‘zining yuqori darajasiga erishgan edi. O‘sha yillarda bu
ko‘rsatkich har 1000 kishi hisobiga o‘rtacha 25-28 kishiga teng bo‘lgan edi. Boshqacha aytganda
jahon aholisi aynan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga har yili o‘rtacha 2,0 va undan ortiq
foizda o‘sishga erishgan edi.
Tabiiy o‘sish Afrika, Markaziy Amerika, Janubiy - g‘arbiy Osiyo hamda Markaziy va
Janubiy Osiyoda yuqori koeffitsiyentlarga ega. Ushbu ko‘rsatkich Yevropada nolga, Rossiyada
esa minus 2-3 promiliga teng. Rossiyada immigratsiya katta miqdorga ega bo‘lmaganda
depolyatsiya jarayoni, ya’ni aholi sonining qisqarishi undan sezilarli bo‘lardi. So‘ngi yillarda yer
yuzasi aholisining mutloq soni yiliga o‘rtacha 85-90 mln. kishiga o‘smoqda.
Ammo 90- yillardan boshlab demografik faollik mamlakatlarida ham aholining tabiiy
ko‘payishida yaqqol sekinlashuv alomatlari ko‘rina boshlanadi. Jahon aholisining 2/3 da yaqinini
tashkil qiladigan Osiyo va Afrika mamlakatlarida aholining o‘rtacha yillik o‘sishi darajasi faqat
1995-2001 yillar orasida 4 punktga, ya’ni, Osiyoda 2,4 foizga kamayishi qayd qilindi. Ana shular
tufayli jahon aholisining yillik o‘sishi ko‘rsatkichlari ham shu yillar orasida 1,5 dan 1,3 foizga
pasaydi.
Hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlar davlat demografik siyosatini yurgizib,
aholining ko‘payishini boshqarishga intilmoqdalar. Demografik siyosat ma’muriy, iqtisodiy,
targ‘ibot va boshqa tadbirlar bo‘lib, davlatlar bo‘lar yordamida aholining tabiiy ko‘payishiga o‘zi
hohlagan yo‘nalishda (birinchi galda to‘g‘ilishga) ta’sir ko‘rsatadi. Demografik siyosatning
yo‘nalishi dastavval mamlakatdagi demografik holatga bog‘liq bo‘ladi. Aholini ko‘payishining
birinchi turiga kiruvchi mamlakatlarda demografik siyosat ko‘proq to‘g‘ilishni va tabiiy
ko‘payishni oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Aholi ko‘payishining ikkinchi turi xos bo‘lgan
ko‘pchilik mamlakatlar keyingi o‘n yilliklarda to‘g‘ilishni va aholining tabiiy ko‘payishini
qisqartirishga qaratilgan demografik siyosat yurgiza boshladilar. Bu sohada dunyoning ikkita eng
katta mamlakati – Xitoy bilan Hindiston eng ko‘ harakat qilmoqda desa bo‘ladi. Hisobotda har
bir oilada 1 ta, Hindistonda esa 2 ta dan ortiq bola to‘g‘ilishiga yo‘l bermaslikni ko‘zda tutuvchi
demografik siyosat olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |