O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Iqtisodiy geografiya fanining obekti va unga ta’sir etuvchi omillar



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

. Iqtisodiy geografiya fanining obekti va unga ta’sir etuvchi omillar
. Iqtisodiy 
geografiya ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish uchun muhim bir sharoit 
bo‘lgan geografik muhitni baholashga kishilik jamiyati va tabiat o‘rtasidagi masalalarga to‘g‘ri 
yondashib, katta ahamiyat beradi. 
Tabiat – moddiy ne’mat ishlab chiqarishning tabiiy bazasi bo‘lib, jamiyat taraqqiyotida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mehnat vositalari va predmetlarining birinchi manba’si 
hisoblanadi. Inson tomonidan o‘zlashtirilgan tabiat vositalari mehnat predmeti bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Ishlab chiqarish qurollari va boshqa mehnat vositalari ham tabiat, materiallaridan 
tayyorlanadi. Moddiy ne’mat ishlab chiqarish ham ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lgan 
hududlarda amalga oshirildi. Bundan kelib chiqqan holda ijtimoiy ishlab chiqarishni 
joylashtirishni o‘rganishda geografik muhit va uning elementlarini ayrim hududlarda o‘zaro 
ta’sirini hisobga olish kerak. 
O‘zining roli jihatidan moddiy ishlab chiqarishda tabiiy resurslar ikki turga bo‘linadi: 
1) Inson yashashi uchun eng zaruriy vosita sifatida xizmat qiluvchi resurslar (tabiiy 
hosildor tuproqlar, dengiz va dardagi baliqlar, o‘rmon va cho‘llardagi hayvonlar, o‘simlik 
dunyosidagi tabiiy oziq-ovqat resurslari – masalan meva va ildizlar). 
2) Mehnat vositalari manbaa’si bo‘lgan resurslar (metallar, yoqilg‘i, daraxt, qurilish 
toshlari, suv energiyasi, qush energiyasi va boshqalar). 
Jamiyat rivojlanishining quyi pog‘onasida moddiy ishlab chiqarish uchun birinchi tur 
resurslari katta ahamiyatga ega, keyinroq esa ikkilamchi tur resurslari muhim rol o‘ynaydi. 
Jamiyat rivojlanib borishi bilan takomillashgan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish 
manbv’si bo‘lgan geografik muhitning roli mavqei mehnat arenasi sifatida oshib boradi. Tabiat 
va jamiyat bir –biriga ta’sir qiladi.
Tabiat – sarf harajatlarni kamaytirib, mehnat unumdorligini oshirib, moddiy ishlab 
chiqarishga ijobiy ta’sir qilishi mumkin Ki teskarisi, qiyinlashtirishi va susaytirishi mumkin. 
Biroq tabiatni jamiyat rivojlanishiga, moddiy ishlab chiqarishga ijobiy ta’sir qilishi 
mumkin Ki teskarisi, qiyinlashtirishi va susaytirishi mumkin. 
Biroq tabiatni jamiyat rivojlanishiga, moddiy ishlab chiqarishni o‘sishiga, ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni joylashishiga ta’siri hal qiluvchi xolat emas. U turli ishlab chiqarish 
usullariga, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va joylashishiga qarab turlicha ta’sir qiladi. 
Ishlab chiqarish usullari almashishi, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi, ishlab 
chiqarish texnikasi takomillashishi bilan kishilik jamiyati tabiat qonunlarini kengroq tushunib va 
unga tayangan holdia tabiiy sharoitga ta’sir qilib va undan kelajakda ishlab chiqarish kuchlarni 


rivojlantirish va uni ya’ni geografiyasini yaratishda foydalanadi. Kishilik jamiyati tabiatni 
o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Har bir yangi avlod uni o‘rab turgan tabiiy muhitni o‘zgartiradi. 
Tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’siri shakli va mazmunini ochib berish fanlarning asosiy 
vazifasi hisoblanadi. 
Iqtisodiy geografik uchun tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik to‘g‘risidagi 
umumiy masalalar bilan bir qatorda turli tabiiy muhitni ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirishga ta’sirini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘ziga xos tabiiy sharoitga ega bo‘lgan ma’lum xududda ishlab chiqarish joylashtiriladi 
va rivojlanadi. Bu sharoitga quyidagilar kiradi: 
Geoekologik tuzilishi, yer osti qazib olinuvchi resurslarning mavjudligi, relef, suv, iqlim, 
tuproq, o‘simlik va hayvonat dunsi. Tabiiy geografiya tabiiy sharoit va uni ma’lum bir xududda 
vujudga kelishi qonuniyatlarini o‘rgatadi. 
Tabiiy geografiya bilan uzviy hamkorlikda va aniq tarmoqlar iqtisodiyoti ma’lumotlariga 
tayangan holda xududlar tabiiy sharoitiga iqtisodiy baho berish, va undan samarali foydalanishni 
aniqlash iqtisodiy geografiyaning maqsadi hisoblanadi. 
Xalq xo‘jaligini rivojlanishi umumiy rejasidan kelib chiqqan holda ma’lum bir xududda 
ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlanishi hamda xududiy ishlab chiqarish majmualarini 
tashkil qilish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun geografik muhitni baholash (undan xo‘jalik 
yuritishda foydalanish imkoniyatini nuqtai nazaridan) va uni oqilona o‘zlashtirish muammolari 
iqtisodiy geografiyada muhim o‘rin egallaydi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish