1. Iqtisodiy geografiyaning predmeti.
Iqtisodiy geografiya – ijtimoiy geogr fanlar
turkumiga kirib, ijtimoiy ishlab chiqarishni geografik muammolarni, ishlab chiqarishni
joylashtirish, xududiy ishlab chiqarish majmualarini vujudga kelishi va rivojlanishi
muammolarini tadqiqot qiladi. Moddiy ne’mat ishlab chiqarish jarayonini gegorafik –
xususiyatlarini o‘rganadi. Bu jarayonda kishilar o‘rtasida ishlab chiqarish munosabatlari
shakllanib, ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari vujudga keladi. Moddiy ne’mat
ishlab chiqarish kuchlari o‘ziga quyidagilarni oladi: ishlab chiqarish vositalari qaysiki ular
yordamida odamlar o‘z bilimlari, tajribalari, ko‘nikmalari tufayli moddiy ne’matlar ishlab
chiqaradilar. Ishlab chiqarish usulining ikkinchi tomoni – bu ishlab chiqarish munosabatlari
bo‘lib, moddiy ne’mat yaratish jarayonida kishilar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalari vujudga
keladi.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarishning munosabatlari bilan uzviy ravishda bog‘langan
holda ishlab chiqarish kuchlarini xududiy joylanishini o‘rganadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning geografik muammolarini tadqiqot qilish ijtimoiy mehnat
taqsimotini keng ko‘lamda, ya’ni xududiy (geografik) mehnat taqsimotini tashkil qilish bilan
aniqlanadi.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarish geografiyasini o‘rgangan holda qayerda va nima
ishlab chiqarish mamlakatlarini sharoiti va rivojlanishi xususiyatlarini hamda ularda iqtisodiy
rayonlar vujudga kelishini, mamlakatlar va rayonlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni shakllanishini
tushuntiradi. Shu bilan birga iqtisodiy geografiya xududlar xo‘jaligini faqatgina yozib
chiqmasdan, balki aniq materiallarni umumlashtirib va tahlil qilish yo‘li bilan u yoki bu
mamlakat, rayon, markaz yoki xo‘jalik tarmoqlarida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va
xududiy tashkil qilish xususiyatlarini ob’ektiv qonuniyatlarini tushuntirib beradi.
Iqtisodiy-geografik izlanishlar mamlakatimizni, boshqa yaqin va uzoq mamlakatlarni
bilishda muhimdir. Mehnatkashlarni umumiy bilimini va ayniqsa iqtisodiy bilim saviyasini
oshirishda roli katta.
Ishlab chiqarishni geografik muammolarini hal qilish borasida iqtisodiy geografiya xalq
xo‘jaligini rejalashtirish uchun, xo‘jalik ob’ektlarni joylashtirish uchun muhim bo‘lgan va xalq
xo‘jaligini rivojlantirishni istiqbollari va bashorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni
tadqiqot qiladi.
Ijtimoiy formatsiya ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni umumiy qonunlari turli xil
tarixiy, tabiiy va texnik sharoitlarda mamlakat, rayon va xo‘jalik tarmoqlarida ishlab chiqarishni
joylashtirishda o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlarda ana shu mahalliy
sharoitlarni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |