Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?



Download 357,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana22.12.2022
Hajmi357,72 Kb.
#894493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fin ta\'limi amaliyotda

Ishonch va mas
’uliyat 
Finlyandiya ta’lim tizimidagi, odatda, chet eldan tashrif buyurganlarni eng ko‘p 
hayratga soladigan xususiyat bu ishonchdir (Hargreaves 2009, 94; Hargreaves & Shirley 
2008, 137). Ishonch Finlyandiya ta
’lim tizimining ildiziga bog‘langan va uning har bir 
darajasida mavjud. Ota-onalar 
o‘qituvchilarga va butun maktab tizimiga ishonishadi. 
Siyosatchilar va hokimiyat vakillari ta
’limni muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga, ta’lim 
tashkilotlari maktab direktori va 
o‘qituvchilarga, direktorlar o‘z jamoasidagi o‘qituvchilarga, 
o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga, o‘quvchilar esa o‘qituvchilariga ishonishadi. 
Shunisi e
’tiborga loyiqki, Finlyandiyada xususiy maktablar deyarli yo‘q; aksariyat 
maktablar davlat maktablaridir. Bu 
o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatga 
alohida ta
’sir qiladi. Ota-onalar ta’lim uchun pul to‘lamagani uchun ular mijoz emas, balki 
hamkor sifatida qabul qilinadi. Finlyandiyada maktab va ota-onalar bolaning rivojlanishini 
q
o‘llab-quvvatlashda 
birgalikda 
harakat 
qilish 
kerakligini 
tasvirlaydigan 
“kasvatuskumppanuus” ya’ni “ta’lim sohasidagi hamkorlik” tushunchasi mavjud. Umumiy 
maqsadlar y
o‘lida hamkorlikni ifodalovchi bu g‘oya o‘zaro ishonch borligi uchun ham 
barqaro rivojlanib kelmoqda. Darhaqiqat, umumiy maqsadlarga 
o‘zaro yuksak ishonch va 
hurmatgina bilan erishish mumkin.
Albatta, vaziyat har doim bir xil emas. Maktab va uning 
o‘qituvchilari uchun turli xil 
umidlar va hatto talablar q
o‘yadigan ota-onalar ham bor, lekin umumiy ijobiy muhit 
saqlanib qolmoqda. Bir-biriga ishonish va hamkorlik qilish orqali maktab va ota-onalar 
umumiy maqsadlariga erishishlari mumkin, bu esa bolalar uchun eng yaxshisidir. Uolker 


(2017, 122-123) Finlyandiyada maktablarni boshqaruvchi tashkilotlar va ota-onalar 
mamlakat 
o‘qituvchilariga ishonishlarini, ularning professionalizmini hurmat qilishlarini 
alohida ta’kidlaydi. 
Bu ishonch ta’lim boshqaruvida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Finlyandiya Milliy 
ta
’lim kengashi boshqa qonun hujjatlari bilan bir qatorda mamlakatdagi ta’lim siyosatini 
belgilaydigan milliy 
o‘quv dasturini ishlab chiqadi. Biroq, o‘quv dasturini amaliyotga joriy 
etish mahalliy ma
’muriyat va ta’lim muassasalarining vazifasidir. Milliy kengash mahalliy 
organlar bu vazifani yaxshi amalga oshirishiga ishonadi. Ta
’lim beruvchilarning faoliyati 
qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlar asosida y
o‘naltiriladi. (Finnish Education in a 
Nutshell 2017, 12-13.)
Finlyandiyada maktablar inspeksiyasi y
o‘q
3

Ta’lim sifatini ta’minlash nazorat qilish 
emas, balki t
o‘g‘ri boshqarish, hamkorlik va jarayonni xolis baholashga asoslanadi. To‘g‘ri 
boshqaruv ma’lumot almashish, qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish orqali amalga 
oshiriladi. 
Tizim tom ma’noda o‘qituvchilar va boshqa xodimlarning malakasi va 
vijdonliligiga tayanadi. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 12-13.) Pokka (2015, 82-
83) ta
’kidlashicha, bu boshqaruv va o‘zaro hamkorlik ta’lim organlari va maktablar 
o‘rtasida ishonch muhitini yaratgan. Ta’lim siyosatiga mas’ullar maktablar va 
o‘qituvchilarga kerakli resurslar berish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali muammolarni hal 
qilish y
o‘lini topishlariga ishonishadi (Walker 2017, 179).
Standartlashtirilgan milliy test tizimlarining y
o‘qligi ham mamlakatdagi ishonch 
belgisidir. Finlyandiyada asosiy 
o‘rta ta’limda standartlashtirilgan milliy imtixonlar yo‘q. 
Baholash mezonlari esa Finlyandiya milliy oʻquv dasturida belgilangan. Ta’lim 
mutasaddilari maktablar va 
o‘qituvchilar o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini 
t
o‘g‘ri va adolatli baholashiga ishonadi. Finlyandiyada o‘quvchilarni milliy baholashning 
faqat bitta shakli mavjud b
o‘lib, u umuman boshqa maqsadda tashkil etiladi. Muntazam 
ravishda 
o‘tkaziladigan ushbu baholash muayyan namunaga asoslanadi va maktablarga 
o‘z natijalari taqdim etiladi. Ular bu baholash natijalaridan keyinchalik maktabni 
rivojlantirish maqsadlarida foydalanishadi. Ushbu milliy baholashning asosiy maqsadi 
davlat miqyosida 
o‘quv dasturi maqsadlariga qanchalik erishilganligi va ta’limni qanday 
rivojlantirish kerakligini kuzatishdan iborat. Shu sababli ham natijalar hech qachon 
maktablar, 
o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar reytingini tuzishda foydalanilmaydi. (Finnish 
Education in a Nutshell 2017, 13-14.) 
Sahlberg (2007, 157) 
o‘qituvchilar va direktorlarning maktabni rivojlantirish 
b
o‘yicha harakatlariga ruhsat berish va ularga ishonish madaniyatining Finlyandiya ta’lim 
sektori rivojiga k
o‘rsatgan ijobiy ta’sirini quyidagicha tasvirlaydi: 
 
O‘qituvchilar hukumat tomonidan maktablar va o‘qituvchilar jamoalari o‘quv rejasi 
va maktab ta
’limini umumiy tartibga solish bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kerak bo‘lgan 
joy deb hisoblanganini 
o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Yuqori kasbiy va ma’naviy malakaga 
ega 
o‘qituvchilar o‘zlariga berilgan bu mas’uliyatni juda yaxshi qabul qildilar. Maktablar 
ularga berilgan ishonchning mohiyatini anglagan holda 
o‘zgarishlarni amalga oshirishda 
o‘zlarining yangi rollarini sidqidildan bajara boshladilar. O‘zaro ishonch nafaqat 
Finlyandiyada maktablar faoliyatini yaxshilashga, balki ularning oldingidan ham xilma-xil 
b
o‘lishiga olib keldi. Har bir maktab, hech bo‘lmaganda, nazariy jihatdan, o‘z rivojlanish 
missiyasi, maqsad va strategiyalarini, ularni amalga oshirish uslubi va rejalarini ishlab 
3
Finlyandiyada maktablar, ularda foydalaniladigan darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini tekshirish 1990-
yillarda bekor qilingan (Pokka 2015, 82-83). 


chiqish imkoniyatiga ega b
o‘ldi. Ushbu ishonch Finlyandiya ta’lim tizimining boshqa 
k
o‘plab davlatlarnikidan ildamlab ketishida eng muhim rol o‘ynadi. (Sahlberg 2007, 157.) 
Finlyandiyada maktab tekshiruvi va 
o‘qituvchilar faoliyatini baholash tizimining 
y
o‘qligi ko‘pincha chet elliklar orasida savollar tug‘diradi. Bu tizimda maktablar va 
o‘qituvchilar javobgarligi qanday bo‘ladi? Qizig‘i shundaki, finlar ta’lim haqida gapirganda, 
“javobgarlik” so‘zini deyarli hech qachon ishlatmaydilar. Finlyandiyada o‘qituvchilar va 
maktablar 
o‘z vazifalari uchun mas’ul hisoblanadi, biroq ular o‘z harakatlari uchun hisob 
bermaydilar. Timoti Uolker (2017, 121) bu holatni quyidagicha ifodalaydi: 
“Xelsinkida dars berish va Finlyandiya o‘qituvchilari bilan muloqot qilish davomida 
men “mas’uliyat” so‘ziga takror va takror duch kelaman. Men amerikalik o‘qituvchilar bilan 
suhbatlarda bu s
o‘zni eshitishga o‘rganmagan edim. Aksincha, Qo‘shma Shtatlarda men 
tez-tez eshitadigan boshqa s
o‘z bo‘lib, u javobgarlik so‘zi edi. Finlyandiyada o‘qituvchilar 
standartlashtirilgan nazorat yoki maktab monitoring tekshiruvlari orqali javobgarlikka 
tortilmasalar ham, men bu yerdagi maktablarda ma’lum darajadagi hisobdorlik borligining 
guvohi b
o‘ldim. Chunki ularda yuqori darajadagi professional mas’uliyat bor. Bu esa 
o‘qituvchilarga berilgan yuqori darajadagi professional ishonch natijasida shakllangan
deb ayta olaman
”. (Uolker 2017, 121.)

Download 357,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish