73
"Sputnik-V" yordamida suyuqlik debitini о‘lchashda neftning va suvning debiti
о‘zgarmas hisoblanadi. Shunday qilib (7.6) formuladan
neftning zichligini oson
topish mumkin, bunda K-ma’lum kattalik, V hajmni tо‘ldiruvchi
neft
G
va
aral
G
tarirovkali prujinadan topiladi. О‘lchash natijalari aniq birliklarga qayta (t/kun.)
hisoblanadi 15 va mahalliy avtomatika blokidagi mos holda hisoblagichlarda
rо‘yxatga olinadi.
Tarirovkali sig‘im 14 suyuqlik bilan tо‘lgandan keyin va tо‘liq о‘lchanadi,
mahalliy avtomatika bloki elektr-gidravlik yuritmani ishga qо‘shadi, gaz chizig‘idagi
12 tо‘siq bekiladi. Natijada ajratgichdagi 10 bosim kuchayadi, sig‘imga tо‘plangan
14 suyuqlik sifon 13 orqali kollektorga suvlangan neftni siqib chiqaradi. Tarirovka
sig‘imidagi 14 (300 l) katta bо‘lmagan hajmdagi hammasi (tozasi ham, suvlangani
ham) kollektorga 7 yо‘naltiriladi. Gazning miqdori epizodik holatda diafragmalar 11
yordamida о‘lchanadi. Quduqlardan biri suvlanganda u uch yurishli kran 6
orqali
doimiy ishlatish uchun suvlangan neft 7 kollektoriga ulanadi, uning debiti yuqorida
keltirilgan usul yordamida avtomatik qо‘shiladigan uch yurishli klapan 4 yordamida
о‘lchanadi.
Otma chiziqqa parafin yotqiziqlari о‘tirib qolganda quduqning ustidan teng
о‘tuvchi zulfin orqali (7.2-rasm) sig‘imgacha 2 neft
oqimi yordamida bosim bilan
rezina shariklari yordamida tozalanadi.
Sputnik-V ning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: parafinli neftni о‘lchashda
tarirovkali sig‘imdagi 14 parafin yotqiziqlari suyuqlik miqdorini aniqlashda aniqlikni
pasaytirib yuboradi.
Sputnik-B40 ning sxemasi 7.3-rasmda keltirilgan.
Sputnik-B 40 quduqlarni berilgan programma asosida о‘lchashga, avtomatik
qо‘shishga va quduq debitini avtomatik о‘lchashga mо‘ljallangan. Sputnik-B 40
boshqalariga ya’ni Sputnik-A ga nisbatan takomillashtirilgan. Sputnik-B40 da
neftdagi namlik о‘lchash uchun avtomatika о‘rnatilgan, neftning oqimidagi suvning
foizli tarkibini uzluksiz aniqlaydi. Turbinali sarf о‘lchagich yordamida (vertikal) 15
gidrotsiklonda neftdan ajralib chiqadigan erkin gazning miqdorini avtomatik
о‘lchaydi. Sputnik-B40 da suyuqlikni turbinali sarf о‘lchagichi (TOR1-50)
gidrotsiklonli ajratgichning texnologik sig‘imidagi suyuqlik sathidan pastda
о‘rnatiladi.
Sputnik-V va Sputnik-A lar kabi Sputnik-B40
yordamida suvlangan va
suvlanmagan quduqlarning debitini alohida о‘lchash mumkin. Bu quyidagicha
amalga oshiriladi. Agar ikkita quduq suvlanganda, qolgani 12 tasi esa (7.3-rasm)
Sputnikga qо‘shilgan bо‘lib toza neft berganda, qо‘l yordamida maxsus teskari
klapanlar 1 bekitiladi, suvlangan quduqning mahsulotlari suvlangan chiziq bо‘ylab
zulfin 12 orqali yig‘ish kollektoriga 8 yо‘naltiriladi. Toza neft beruvchi quduqlarning
mahsuloti sig‘imga kо‘p yurishli qо‘shgich orqali quduqlarni parkiga yо‘naltiriladi,
yig‘ish kollektoriga 6
kirib keladi, keyin esa suvsiz neft 23 kellektorga beriladi.
О‘lchovga qо‘yilgan har qanday quduqning suyuqligi quduni rotorli qо‘shgichi orqali
4 gidrotsiklonli ajratgichga 13 yо‘naltiriladi. Ajratgichdan gaz chiqadigan joyga
bosim farqini rostlagich 14 о‘rnatilgan, u doimiy ravishda ajratgich va gazni sarfini
74
о‘lchagich 15 oralig‘idagi bosim farqini ushlab turadi. Doimiy bosimlar farqi
zalotniklardan 16 va 16a porshenli klapanga 19 uzatiladi.
Quduqlardagi suyuqlik miqdori quyidagi tartibda о‘lchanadi.
Sath о‘lchash 17 pо‘kaki eng oxirgi holatda joylashganda pо‘kakli
mexanizmning yuqori shoxasi zolotning yuqoridagi burtmasini qisadi,
natijada
kо‘tarilgan bosim rostlagichdan 14 porshenli klapanning 19 о‘ng qismiga uzatiladi va
uni berkitadi; suyuqlikni uzatish tugallanadi va turbinali sarf о‘lchagich 18 ishlashdan
tо‘xtaydi. Shu daqiqadan boshlab suyuqlikning sathi kо‘tariladi.
Ajratgichda suyuqlikning sathi eng yuqoridagi holatga yetganda pо‘kakli
mexanizmning pastki shoxasi zolotnikning burtmasini siqadi, rostlagichdagi 14
yuqori bosim porshenning klapanning 19 chap qismiga ta’sir qiladi va uni ochadi;
suyuqlik tizimda oqishni boshlaydi va turbinali sarf о‘lchagich 18 u orqali о‘tgan
suyuqlikning miqdorini о‘lchaydi. Neftning necha foiz suvlanganligini aniqlash
uchun Sputnikda nam о‘lchagich о‘rnatilgan 20 va u orqali quduqning hamma
mahsulotlari о‘tkaziladi.
7.3 -ram. Sputnik-B40 ning prinsipial sxemasi:
1–teskari
klapanlar; 2–zulfinlar; 3–kо‘p yurishli quduqni qayta ishga qо‘shgichlar;
4–quduqni ishga qо‘shishning rotorli qutisi; 5–bir quduq uchun о‘lchash quvurchasi;
6–qо‘yish kollektori; 7–qirgich; 8–suvlangan neft kollektori; 9, 12–yopiq zulfinlar;
10, 11–ochiq zulfinlar; 13– gidrotsiklonli ajratgich; 14–bosim farqi rostlagichi; 15–
gaz sarfini о‘lchagichi; 16, 16 a– zolotniklar; 17–pо‘kak; 18 –
suyuqliq sarf
о‘lchagich; 19 – porshenli klapan; 20 – namо‘lchagich; 21–gidravlik yuritma; 22–
elektrodvigatel; 23–suvsiz neft kollektori ; 24 – quduqdan chiqishdagi otma chiziq.
Sputnik-B40-24 ishlangan bо‘lib, Sputnik-B40 dan ulanadigan quduqlarning sonidan
farq qiladi-unga 24 ta quduq ulanadi. Sputnik-B40-24 ning qolgan ma’lumotlarining
hammasi Sputnik-B40 ga о‘xshashdir.
Hozirgi vaqtda quyidagi turdagi AGО‘Qlarining modifikasiyalaridan
foydalaniladi. Sputnik AM 40-8-400; Sputnik AM 40-10-400; Sputnik AM 40-14-
400; Sputnik B 40-14-500.
75
Qurilma bir-biriga ulanadigan quduqlarning sonidan farq qiladi. Texnologik
blok о‘lchaydigan ajratgichlardan, quduqni kо‘p yurishli PSM qayta qо‘shgichdan,
TOR 1-50
suyuqlik hisoblagichi, GP-1M gidravlik yuritmasi, zulfin va teskari
klapanlardan tashkil topgan. Jihozlar blokida quyidagilar о‘rnatilgan: boshqaruv bloki
va indikasiyalash, is’temol qilish bloki.
Xulosa
Neft konlaridagi quduq mahsulotlarini tashiydigan quvur uzatmalarning
klassifikasiyasi, о‘zi oqar neft о‘tkazgichlar, konni qurish obyektlarini
loyihalashtirish
asoslari, oddiy va murakkab quvur о‘tkazkichlar va ularning
gidravlik hisoblari, neft konlarida yig‘ish kollektorlarining mahsulot beruvchanligini
kо‘paytirish mavzulari bayon qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: