O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 Quduq mahsulotini о‘lchashdan kо‘zda tutilgan maqsad, uning ahamiyati



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

7.2. Quduq mahsulotini о‘lchashdan kо‘zda tutilgan maqsad, uning ahamiyati 
va usullari 
 
Hozirgi vaqtda quduq mahsulotlari о‘lchaydigan Sputnik turidagi har xil 
modifikasiyadagi avtomatik qurilmalar ishlangan va qо‘llanilmoqda. Ulardan ba’zi 
birlarini kо‘rib chiqamiz. 
7.1-rasmda Sputnik-A.ning prinsipial texnologik sxemasi keltirilgan. Sputnik-A 
quduq mahsulotlarini avtomatik qо‘shishga mо‘ljallangan hamda qо‘shilgan 
quduqlarning debitini avtomatik о‘lchash uchun, suyuqlikni uzatish mavjud 


70 
bо‘lganda quduq ishini nazorat qilish, quduqning avariya holatida avtomatik 
blokirovka qilish ishlarini amalga oshiradi. 
7.1-rasm. Sputnik-A ning prinsipial sxemasi

1–quduqdagi otma chiziq;2–teskari klapanlar; 3–quduqni kо‘p yurishli qayta qо‘shish 
(QKYUQQ); 4–quduqni rotorli qо‘shgichi qutichasi; 5–yagona quduqning о‘lchash 
potrubkasi; 5a–yig‘ish kollektori; 6–gidrotsiklonli ajratgich; 7–zaslonka; 8–quvurli 
hisoblagich; 9–sathni pо‘kakli rostlagich; 10–elektrodvigatel; 11–gidravlik uzatma; 
12–kuch beruvchi silindr; 13– qirgich. 
Sputnik-A ikkita blokdan tashkil topgan: о‘lchash-qayta qо‘shgich va mahalliy 
avtomatika bloki (MAB), quduqning о‘lchangan debitini avtomatik rо‘yxatga oladi 
va quduqlarni о‘lchashga qо‘shadi. Sputnik-A belgilangan programma asosida 
ishlaydi, oldindan aniqlangan vaqtda qо‘shilgan quduqlarni debitini о‘lchash uchun 
navbatma –navbat qо‘shilishini ta’minlaydi. Bir quduqning mahsulotini о‘lchashni 
davom etishi MABda о‘rnatilgan rele vaqti yordamida neft gaz qazib olish 
korxonasining xizmati tomonidan ishlab chiqilgan talablar asosida aniqlanadi. 
Quduqni о‘lchashga navbatda qо‘shilishi quduqni kо‘p yurishli 3 qо‘shgichi 
yordamida amalga oshiriladi, quduqlardan keladigan hamma mahsulotlar otma 
chiziqqa 1 kirib keladi. Rotorli qutining har bir burilma sektoridagi qо‘shgich 4 har 
bir qо‘shilgan quduqdan mahsulotni о‘lchash potrubkasi 5 orqali gidrotsiklonli 
ajratgichga 6 kirib kelishini ta’minlaydi. Bu vaqtda qolgan quduqlarning mahsuloti 
yig‘ish kollektoridan 5a о‘tadi. Gidrotsiklonli ajratgichda erkin gaz suyuqlikdan 
ajraladi. 
Gidrotsiklonli ajratgichning texnologik sig‘imidagi suyuqlik sathidan yuqorida 
о‘rnatilgan о‘lchashga qо‘shilgan quduqlar suyuqligining hajmi ajratgichda 
tо‘plangan suyuqlikni quvurli hisoblagich orqali 8 qisqa vaqtli о‘tkazish orqali 
о‘lchanadi,
Ajratgichning pastki idishidagi belgilangan yuqori sathgacha tо‘plangan 
suyuqlikni va uni pastki sathgacha chiqarib yuborish pо‘kakli rostlagich 9 va gaz 
chizig‘idagi zaslonka 7 yordamida amalga oshiriladi. Pо‘kakli rostlagich yuqori 
sathga suzib borganda gaz chizig‘i yopiladi va ajratgichda bosim oshadi, natijada 
suyuqlik ajratgichdan quvurli hisoblagich orqali 8 bosim ostida siqiladi.


71 
Pо‘kak pastki belgilangan sathga yetib borganda tо‘siq 7 ochiladi, ajratgich va 
kollektorlar oralig‘idagi bosim tenglashadi hamda suyuqlikni bosimli bostirilishi 
tо‘xtaydi. Ajratgichda suyuqlikni tо‘planish vaqti va suyuqlikni hisoblagich orqali 8 
о‘tkazishlar soni debiti о‘lchanadigan quduqlarning о‘lchash vaqtiga bog‘liq. Har bir 
quduqning quvurli hisoblagich orqali о‘tgan tо‘planadigan suyuqlik hajmi, MAB 
blokidagi individual impulsli hisoblagich orqali rо‘yxatga olinadi (m3), MABdan 
elektr dvigateli 10, gidrouzatmani 11 va kuch beruvchi silindrning 12 yordamida 
navbatdagi quduqni о‘lchashga komanda beriladi, qaysiki qayta ishga qо‘shgichning 
qutisi 11 navbatdagi holatga buriladi. Quvurli hisoblagich 8 bir vaqtda quduqlarni 
uzatishini davriy nazorat qilish signalizatori sifatida xizmat qiladi. Agar nazorat 
qilish suyuqlikni uzatmasa, MAB avariya signalini telemexanika tizimiga beradi. 
Kollektorda bosim oshganda avariyali blokirovka yoki uning shikastlanishi hamma 
quduqlarda avtomatik ravishda qirgichlar 13 yordamida amalga oshiriladi.
Sputnik–A quduqlarni suyuqlik о‘tkazuvchanligi 400 m3/kun va suyuqlikning 
qovushqoqligi 80 sanpuazdan katta bо‘lmaganda ishchi bosim 1,5 dan 4 MPa.gacha 
bо‘ladi. Kо‘rsatilgan parametrlarda Sputnik-A.ning suyuqlik debitini о‘lchashdagi 
pasport bо‘yicha xatoligi ±2,5% ni tashkil qiladi. Sputnik-A.ning bloki qizishi 
mumkin, shuning uchun sovuq joylardagi neft konlarini ishlatishda qо‘llaniladi. 
Sputnik-A.ning kamchiligi-quvurli sarf о‘lchagich yordamida neftni hajmi juda 
noaniqlikda о‘lchanadi, hisoblagichga 8 gaz bilan suyuqlik pufakchalarini tushishi 
natijasida neft gidrotsiklonli ajratgichda gazdan yaxshi ajralmaydi. 
7.2-rasmda Sputnik-V.ning sxemasi keltirilgan. Sputnik-V va Sputnik-A kabi 
belgilangan programma asosida quduqlarni avtomatik о‘lchashga qayta qо‘shishga va 
erkin gazni debitini avtomatik о‘lchash uchun mо‘ljallangan. 
Sputnik-V yordamida quduqlarning mahsuloti quyidagi tartibda о‘lchanadi. 
Neftgaz aralashmasi quduqdan taqsimlash batareyasiga 1 uzatiladi, u yerda 
shtuserdan 3 о‘tadi va u uch yurishli klapanga 4 uzatiladi. Uch yurishli klapandan 
neftgaz aralashmasi chiziqqa 5 yо‘naltiriladi yoki neft va gazni hajmini о‘lchash 
uchun ajratgichga 10 yoki hamma quduqlardan kirib keladigan suvsiz neft chizig‘iga 
8 yо‘naltiriladi.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish