O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 О‘zbekiston Respublikasidagi neftkonlari mahsulotlarining klassifikatsiyasi



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

7.1. О‘zbekiston Respublikasidagi neftkonlari mahsulotlarining klassifikatsiyasi 
Neft quduqlaridagi mahsulotlarni tayyorlashdagi texnologik sxemalarni kо‘rib 
chiqishdan oldin shunday fikrga kelishimiz kerakki, ularni samarali qо‘llanilishi 
qazib olinadigan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liqligini kо‘rsatib 
о‘tish zarurdir. Neft va qatlam suvlari quduqning stvoli va quvur uzatmalar orqali 
yuqoriga harakatlanganda о‘zaro bir-biri bilan aralashib dispergatsiya (tarqalishi, 
yoyilishi) bо‘ladi va natijada emulsiya hosil bо‘ladi. Bunda suv neft emulsiyasining 
paydo bо‘lishi kо‘p jihatdan neftni qazib olish usullariga va neft konlarini ishlatish 
sharoitiga bog‘liq bо‘ladi. Emulsiyaning barqarorligi neftning fizik-mexanik 
xossasiga, mexanik aralashmalarning mavjudligiga, aralashmaning haroratiga, 
emulsiyaning paydo bо‘lish muddatiga va boshqa omillarga bog‘liq bо‘ladi. Neftning 
tarkibidagi yо‘ldosh (erigan) gazning mavjudligi ham mustahkam emulsiyani paydo 
bо‘lishiga hamda oquvchanligi, suv emulsiyasining globullaridagi mexanik 
aralashmalarning mavjudligi bilvosita gravitatsion apparatlarda chо‘kishga tо‘sqinlik 


69 
qiladi. Bundan tashqari yо‘ldosh gazning mavjudligi neftli gaz bilan kо‘pikli tizimni 
hosil qiladi hamda blokli jihozlarning meyoriy ishlashiga tо‘sqinlik qilib salbiy ta’sir 
kо‘rsatadi.
“О‘zLITIneftgaz” OAJ da 24 ta NTQsining ishlatish parametrlarini tahlil qilish 
asosida 9 ta parametrlar bо‘yicha emulsiya hosil qilishga moyilligi bо‘yicha neftning 
klassifikatorlari ishlab chiqilgan ya’ni, bu ma’lumotlardan foydalanib, yangi 
konlardan qazib olinadigan neftni birorta sinfi bо‘yicha baholashning imkoniyati 
tug‘iladi: yengil, о‘rtacha parafinli yoki yuqori smola- bitumli.Konlarda neftni 
tayyorlash qurilmasini konning yer osti qismida joylashgan ishlatish tizimidan 
ajratilgan holda kо‘rib chiqmaslik kerak. Ilmiy-texnologik reglamentlarda NTQsini 
loyihalashtirishda va ishlatishda konlarni ishlatishning har bir bosqichlarida qazib 
olinadigan neftsuv aralashmasining xususiyatlari hisobga olinadi. Ishlatishga 
tayyorlashga beriladigan har bir aralashma tarkibi hamda miqdoriy nisbatlari 
bо‘yicha (neft, gaz, qatlam suvi) bir-biridan kuchli farq qiladi. Buning uchun 
tayyorlashga tо‘planadigan aralashmaning parametrlarini о‘zgarishi, qazib olinadigan 
flyuidlarning fizik-mexanik xossalarining о‘zgarishi modellashtiriladi va о‘rganiladi 
hamda mos keluvchi NTQ sining yangi turi hamda konning yer usti jihozlari hamda 
umumiy tayyorlash majmuasi ishlab chiqiladi. 
О‘zbekiston konlarida emulsiyalarni parchalash texnologiyasi texnologik 
rezervuarlarda termik kimyoviy tindirishga asoslangandir. Agarda kondagi neftni 
tayyorlash sifati Davstandart 9965 sifat nazorat kо‘rsatgichlariga mos kelgan holda 
tovar neftdagi qoldiq suvning miqdori 0,03..1,0% gacha (massa bо‘yicha) va xlor 
tuzlarining kо‘rsatgichi 50..900 mg/dm3 oralig‘ida bо‘lganda samarali tozalangan
deb belgilanadi. Neftning tarkibidagi qoldiq suvlarni va xlor tuzlarining miqdorini 
kon sharoitida qaytadan tayyorlab kamaytirish iqtisodiy jihatdan о‘zini oqlamagan. 
Shuning uchun qoldiq suvlarni va xlorli tuzlarni tozalash neftni qayta ishlash 
zavodlarida emulsiyalash qurilmasida amalga oshiriladi. О‘zbekiston konlarida 
qо‘llaniladigan NTQlarning sxemalari о‘zining xususiyatlariga ega bо‘lib, jihozlarni 
va texnologiyani qо‘llanilishi bilan bog‘liq hamda konni ishlatish muddati davrining 
uzoqligiga, ularni о‘zlashtirish davridagi muhandislik kommunikatsiyalariga va qazib 
olinadigan neftning xossasiga bog‘liq bо‘lgan spesifik tavsifga ega. 
Farg‘ona regioni – О‘zbekistondagi eng eski neft qazib olish regioni 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda regionda sо‘nggi bosqichda ishlatilayotgan kichik 
konlardan foydalaniladi.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish