O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
Nazorat savollari 
1. EMQN vazifasi? 
2. EMQN qanday guruhlarga bo`linadi? 
 
 
24 – amaliy mashg`ulot. Quduqni ta’mirlashda kо‘targich hisobi va uning 
turini tanlash 
Ishning maqsadi: 
quduqni ta`mirlashda qo`llaniladigan jihozlarni o`rganish 
Quduqlarni ishlatish jarayonida mashsulotning keskin kamayishi, ba’zan esa 
suyuqlik yoki gaz kelishi tо‘xtaganligi sababli ularning ishi tо‘xtaydi. 
Quduqlarning normal ishini qaytadan tiklash uchun butun yer osti uskunalarini
qutarish, uning ba’zi qismlarini almashtirish yoki ta’mirlash, quduq tubidagi qum 
tiqinini tozalash va shu kabi bir qator tadbirlarni bajarib, yer osti uskunalarini 
qaytadan tushiriladi. 
Quduq ishining texnologik rejimini о‘zgartirish sham nasos-kompressor 
quvurlarini almashtirish yoki ularning tushirilish, chuqurligini о‘zgartirish chuqurlik
nasosini almashtirish va shu kabi ishlarni bajarish bilan bog`liq. 
Kо‘p shollarda quduq va uning tubi sholatlari о‘zgarganligi sababli yana 
mashsulot miqdori kamayishi mumkin. Masalan mashsulot tarkibidagi suv shissasi 
keskin oshishi natijasida izolyatsiya ishlarini olib berishga zarurat tug`iladi. 
Bu ishlarning shammasi quduqlarni osti ta’mirlash bilan bog`liq. 
Ta’mirlash vaqtida quduqlarning tо‘xtatilishi ularning ishlatilish koeffitsiyenti 
orqali shisobga olinadi. 
Quduqning ishlatilish koeffitsiyenti uning muayyan vaqt (oy, kvartal, yil) 
davomida ishlagan kunlarning taqvim kunlariga nisbati orqali shisoblanadi. Neft va gaz 
quduqlarida bu koeffitsiyent 0.94 - 0.98 ga teng, ya’ni quduq ishlashining 2 - 6 % ta’mir 
ishlari bilan bo\liq.quduqlarning ta’miri yer osti va kapital ta’mirga bо‘linadi. 
Yer osti ta’miriga quyidagi ishlarni bajarish kiritiladi: 
a) nasos yoki uning ayrim qismlarini almashtirish; 
b) nasos shtangalari uzilishini ta’mirlash; 


445 
v) chuqurlik nasosini yuvish va qum yakorini tozalash; 
g) kо‘targich quvur va shtangalarni almashtirish; 
d) kо‘targich quvurlardagi gekkaga oqimni bartaraflash; 
ye) qum tikinini yuvish va tozalash; 
j) kо‘targich quvurlarning suyuqlikka chо‘kish chukurligini о‘zgartirish. 
Kapital ta’mirga quyidagi ancha murakkab ishlar kiritiladi. 
a) mustashkamlovchi quvurdagi avariyalarni bartararlash; 
b) qatlam suvlarini izolyatsiya qilish; 
v) boshqa mashsuldor qatlamga о‘tish; 
g) qatlamni gidravlik yorish va shokazolar. 
Yer osti va kapital ta’mir bilan bo\liq shamma ishlar quduqdan nasos-
kompressor quvurlari kolonnasi va shtangalar kolonnasini kо‘tarish va tushirish bilan 
bog`liq. Shuning uchun quduq ustida kо‘targich qurilma о‘rnatiladi. 
Buqurilmalar sifatida asosan minora va machtalar xizmat qiladi. Kо‘targich 
mexanizm sifatida avtomobil yoki traktorda о‘rnatilgan lebedka ishlatiladi. 
Minora oddiy polispast yoki tol tizimi bilan ta’minlangan bо‘lib, uning ilgakiga 
mashsusmoslama yerdamida kо‘tariladigan yuk (quvur, shtanga) ilinadi. quduqdan 
kо‘tarilgan quvur va shtangalar minora yoki machta yonida qiya о‘rnatilgan mashsus 
sо‘kigak (stellaj)ga joylashtiriladi. 
Ta’mirlashda ishlatiladigan minoralarning balandligi 22,28 metr bо‘lib, ular 
50 tonnadan 75 tonnagacha yuk kо‘tara oladi. 
Uncha chuqur bо‘lmagan quduqlarni ta’mirlashda minora о‘rniga balandligi 15 - 
22 metr va yuk kо‘tarish qobiliyati 15 - 25 tonna bо‘lgan machtalardan foydalaniladi. 
Tal arkoni (osma arkon) diametri 11 - 28 mm bо‘lgan pо‘lat simlardan tuzilgan. 
Kо‘tarib tushirish operatsiyalarida nasos - kompressor quvurlarini mufta ostidan 
ilib olish va saqlab turish uchun quvur elevatorlari ishlatiladi. Shtangalar kolonnasini
kо‘tarib tushirish uchun yuk kо‘tarish qobiliyati 5 -10 tonna bо‘lgan shtanga elevatorlari 
qо‘llaniladi. 
Nasos-kompressor quvurlari va shtangalarni bir-biriga ulash yoki ularni ajratish 
uchun zanjirli yoki sharnirli quvur va shtanga kalitlaridan foydalaniladi. 
Quduqlarning yer osti ta’mirida quyidagi operatsiyalar bajariladi: 
1. Transport ishlari, ya’ni ta’mirlash uchun kerakli texnika, reagent va boshqa 
mashsulotlarni quduqqa yetkazish. 
2. Tayergarlik ishlari. Ta’mir sharakteri bilan bo\liq shamma tayergarlik ishlari 
bajariladi. 
3. Kо‘tarib tushirish operatsiyalari. Ta’mir xarakteri va turiga qarab qо‘targich 
moslamalar yordamida nasos - kompressor quvurlari kolonnasi va shtangalar 
kolonnasini kо‘tarish va tushirish. 
4. quduqni yuvish, qum tikinidan tozalash, quduq uskunalarining ayrim qismlarini
almashtirish, kichik avariyalarni bartaraflash va shunga о‘xshash yer ta’miri turlarini 
bajarish. 
5. Yakuniy ishlar ya’ni ta’mirlash tugatilgandan sung texnikani jо‘natish quduqni 
о‘zlashtirib ishga tushirish, rekultivatsiya ishlarini bajarish. 
Misol tarikasida yer osti tamiri turlaridan biri quduqni qum tikinidan tozalash
va yuvish jarayenini kо‘rib chiqamiz.


446 
Quduq tubida shosil bо‘lgan qum tikini tug`ri, teskari yoki kombinatsiyalashgan 
shollarda yuviladi. Tо‘g`ri yuvishda ishchi suyuqligi (odatda oddiy suv ishlatiladi) 
nasos-kompressor quvurlariga shaydalib, qum tikini yuviladi va suyuqlik-qum 
aralashmasi quvur ortki qismidan yer yuzasiga kо‘tariladi. 
Teskari yuvishda ishchi suyuqligi quvur ortki qismiga shaydalib, sirkulyatsiya 
yordamida suyuqlik - qum aralashmasi nasos kompressor quvurlari orqali yer yuzasiga 
kо‘tariladi. Qum tiqinini tо‘g`ri yoki teskari yuvish suyuqlik - qum aralashmasi 
oqimining tezligini ta’minlash bilan bog`liq. Aralashma nasos kompressor quvurlari
orqali kо‘tarilganda uning tezligi quvur ortki qismi orqali olinishiga nisbatan ancha 
yuqori bо‘ladi. 
Konkret quduq sharoitiga qarab zarur shollarda qum tiqinini teskari usulda 
yuvishni boshlab (ya’ni aralashma oqimi tezligini oshirib), keyin tо‘g`ri usulga о‘tish 
mumkin. Bu sholat kombinatsiyalashgan usul deb nom olgan. 
Quduqlarni kapital ta’mirlashda bur\ulash dastgoshi, turbobur, burg`ulash 
quvurlari, sementlash agregatlari va shular kabi mashsus uskunalar ishlatiladi. 
Kapital ta’mirning eng sharakterli turlari: ta’mir - izolyatsion; ta’mir - tuzatish; 
tutqich ishlar turkumidan iborat. 
Ta’mir izolyatsiya ishlari asosan quduqqa chekka suvlar oqib kelishini 
bartaraflash bilan bog`liq. Sement shalqasi mustashkam bо‘lmagan qismlardan -
mashsuldor qatlamdan yuqori yoki pastki qismlarida chekka suvlarning quduqqa 
oqimi odatda bu oraliqni sementlash natijasida bartaraf etiladi. 
Semenlashning shamma turida sham quduqni burg`ulashda ishlatiladigan 
sifatdagi tamponaj sementdan foydalaniladi. Sementni eritish uchun ishlatiladigan suv 
miqdori kuruq sementning 40 - 50 foizini tashkil etadi. Sementlashdan oldin jarayonini 
bajarish uchun kerak bо‘lgan sement eritmasi miqdori va bostiruvchi suyuqlik (suv) 
miqdori shisoblanadi. Ta’mir- tuzatish ishlariga mustashkamlovchi quvurning siqilgan 
qismini tuzatish, undagi siniqlik va hosil bо‘lgan darzliklarni ta’mirlash kiritiladi.
Kertik qismidagi defekt yoki quvur devori qalinligining kamayishi sababli bu 
joylar suv ta’sirida tez yemiriladi. quduq tubidan mashsulot tarkibida kо‘p miqdorda
qum oqib kelsa tog` jinslari о‘pirilib mustashkamlovchi quvurni siqib qо‘yishi 
mumkin. quvurning siqilib qolgan qismi bur\ulash quvurlari yordamida tushiriladigan 
burg`u yordamida yoki frezer yordamida tuzatilib bu qismga bosim tasirida sement 
eritmasi shaydalishi natijasida sement shalqasi bilan mustashkamlanadi. Quduqlarni 
kapital tamirlashda quduqqa uzilib tushgan quvur yoki boshqa asboblarni tutib olib 
yuqoriga kо‘tarish aloshida ashamiyat kasb etadi. Nasos - kompressor quvurlari uzilib 
quduqqa tushib ketsa, quduq tubiga urilib egiladi va bir necha joyidan sinishi 
mumkin. Shuningdek, bu quvurlar quduqdagi mavjud qum tiqiniga tiqilib qolishi sham 
mumkin. 
Quduqqa tutqich asboblarni tushirishdan oldin undagi urilib tushgan quvur yoki 
boshqa predmetlarning sholatini bilish maqsadida bu quduqqa mashsus muhr tushiriladi. 
Muhr metallik korpusdan iborat bо‘lib, qо‘r`oshinli qobiqqa ega. Bu muhrning diametri 
mustashkamlovchi quvur diametridan 20 – 25 mm kichik bо‘lib, uning о‘rtasi quduqni 
yuvish uchun. 
Muhr yordamida quduqdagi quvur yoki boshqa predmetning joylashgan 
sharoitiga qarab uni tutib olish va yuqoriga kо‘tarish mumkin. 


447 
Quduqni ta’mirlashda quyidagi tutqich asboblar ishlatiladi: overshot, klokol, 
quvur tutqich, metchik, ilgaklar, karmoklar, shtoporlar, yershlar va shakazo. 
Nasos-kompressor quvurlarini tutib olish uchun chap va о‘ng kertikli quvur 
tutqichlar ishlatiladi. 
Nasos - kompressor quvurining muftasini tutish uchun overshot qо‘llaniladi. 
Bu quvurlarning tashqi qismidan tutish uchun kolokoldan foydalaniladi. 
Ishlatib bо‘lingan ekspluatatsion quduqni bartaraflash (likvidatsiya qilish) sham kapital 
ta’mir turiga kiradi. Bunda quduqdagi mustashkamlovchi quvur kesib olinib yuqoriga 
kо‘tariladi, uning tanasi sementlanadi va ichi loyli eritma bilan tо‘ldiriladi. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish