437
Nasos (8) yordamida pastki qatlamdan mahsulot quvurlarga haydaladi va
tayanch konusni bо‘ylama oraliqlari orqali yuqori nasosga uzatiladi. Yuqori
qatlamni mahsuloti yuqori nasosni plunjeriga muftani (6) jipslashgan teshigi tizimi
orqali kirib keladi va uzatiladi. Agarda ikkala qatlamlardan mahsulotni yer ustiga
alohida tashish kerak bо‘lsa, ichi bо‘sh shlankalardan foydalaniladi va u orqali mahsulot
qatlamdan yer ustiga kо‘tariladi. Qatlamlarni debitini о‘lchash uchun yuqori nasos
ajratiladi, yoki plunjer yо‘lini uzaytirgich yordamida shtanga qо‘shimcha holda
quduqqa tushirilib harakatga keltiriladi.
21.2-rasmda neft qatlamlaridan shtangali nasos qurilmasi yordamida qazib
olinadi va bir vaqtning о‘zida shu quduq orqali suv haydab, mahsuldor qatlamni
bosimini ushlab turuvchi jihozlarni sxemasi tasvirlangan.
Quduqlarni jihozi 89-mm li NKQ (1)dan, shtangali chuqurlik nasosi (2) 73 mm
li NKQ (6)dan, yuqori tayanch (5) pakerdan va pastki shlepsali (7) pakerdan tuzilgan.
Ikkala paker ham 73 mm li NKQ (6) bilan birlashtirilgan. Pastki paker mahsuldor
qatlamlarni oralig‘iga о‘rnatilib, uchinchi ishlatish tizmasiga shlipsali pakeri tirgak
bilan mahkamlanadi. Yuqoridagi paker yuqori qatlamga filtrni ustki qismiga
о‘rnatiladi. Yuqori pakerni korpusida ikkita kanal bor: 42 mm diametrli markaziy
quvurcha va halqa fazosida paker о‘zagi oralig‘ida va markaziy quvurcha, markaziy
kanal maxsus mufta (4) orqali, quvur orqasi fazosi bilan biriktirilgan. Bitta qatlamdan
neft qazib olish va bir vaqtda boshqa mahsuldor qatlamga suv haydash quyidagi
tartibda olib boriladi:
Quduq ustidan haydaladigan suv NKQ va ishlatish quvurlari oralig‘idan yuqori
pakerga tо‘planadi, 4-chi mufta orqali pakerni markaziy kanaliga kiradi, undan keyin
6-chi NKQ orqali pastki pakerga, undan keyin esa mahsuldor qatlamga uzatiladi.
Yuqori qatlamdan neftni qazib olish uchun paker korpusidagi kanaldan foydalaniladi.
Xalqa fazosi, paker о‘zagi va markaziy quvurcha NKQ bilan tushirilgan chuqurlik
shtangali nasos qabuli orqali neft yer yuzasiga chiqariladi.
Kirgizmali chuqurlik nasosi bilan jihozlangan quduqda yer osti ta’mirlash
ishlari amalga oshirishda, pastki qatlamga suv haydash jarayoni tо‘xtatilmaydi. Kо‘p
qatlamli gaz konlarini ishlatishda alohida qatlamlarni ishlatish gazlarni sifatini har
xilligi va qatlam bosimini har xilligi sababli kо‘p marta alohida ishlatishga tо‘g‘ri
keladi. Qatlamlarni bittasida oltingugurt miqdorini kо‘p bо‘lishi, boshqasiga esa
vodorod sulfitni kо‘p bо‘lishi sababli alohida ishlatishga tо‘g‘ri keladi.
Gaz qatlamli quduqlarni alohida ishlatishda “favvora-favvora” sxemasidan
foydalaniladi. Bir vaqtda alohida ikkita qatlamni bitta quduq bilan ishlatishda
yuqoridagi jihozlash variantlaridan tashqari har xil sharoitlarda ishlatish uchun boshqa
modifikatsiyalar ham mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: