O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

Sharsimon rezervuarlar. 
Sharsimon rezervuarlarning amaliy jihatdan diametri 
chegaralanmagan. Masalan: Yaponiyada diametri 33 metrli sharsimon rezervuarlardan 
foydalanilgan 3 MN/m
2
bosimda ishlashi uchun hisoblangan. Neftni qayta ishlash 
zavodlarida bunday rezervuarlarda metan, etan, propan-butan aralashmasi va boshqa 
turdagi gazlar saqlanadi. Rezervuarlarning sferik formasidan neftni tuzsizlantirish 
qurilmasida 
elektro-degidrator 
tayyorlash 
uchun 
foydalaniladi. 
Sharsimon 
rezervuarlarning ishlatish ko’rsatkichlariga sarflanadigan metall miqdori silindrsimon 
rezervuarlarga nisbatan kamroq. Mahalliy siqilish tayanchlardagi kuchlanishning 
kontsentratsiyasini hisobga olmay, rezervuar qobig’ining qalinligi δ quyidagi formula 
yordamida topiladi. 


301 
С
PD
e
r


.
4


; (36.5) 
bu yerda: P – suyuqlikning gidrostatik ustuni va muhit bosimining yig’indisi; 
D - rezervuarning ichki diametri; 
e
r
.

- ruxsat etilgan kuchlanish kattaligi; 
S - korroziyaga qo’shimcha 
Sharsimon rezervuarlarning asosiy elementi yaproqlar hisoblanadi. Ular issiq 
shtamplash, sovuq shtamplash, keyingi vaqtlarda sovuq prokatlash usuli bilan 
tayyorlanadi. 
36.4-rasm. Sharsimon rezervuar. 1-rezervuar tayanchi; 2-listlardan tayyorlangan 
korpus; 3-himoyalovchi qurilmalar; 4-xizmat ko’rsatish maydoniga olib boruvchi 
narvon. 
Payvandlashda birinchi navbatda meridional choklar, keyin esa halqasimon 
choklar payvandlanadi. Payvandlangan choklarning sifati montaj jarayonida va 
tayyorlab bo’lingandan keyin tekshiriladi. 
Gazgolderlar. 
Gazgolderlardan foydalanib ko’p miqdordagi gazlar uncha katta 
bo’lmagan bosim (0,4 m.suv.ust.gacha)da saqlanadi. Gazgolderlar ish uslubiga muvofiq 
ular quruq va ho’l turlarga bo’linadi. Quruq gazgolderlar kam qo’llaniladi. Bu gazgolder 
konstruktiv jihatdan tik silindrsimon rezervuar bo’lib, sferik qoplamadan iborat. Ichki 
qismida rezervuar devoriga zich yopishib harakatlanuvchi to’siq porshen joylashgan. 
Gaz bosimi ta’sirida porshen rezervuar hajmini kengaytirgan holda ko’tariladi, gaz 
bosimi kamayganda esa bu porshen yana joyiga tushadi. Gaz bosimi porshen massasi va
silindrsimon korpusning ichki diametri orqali aniqlanadi. Quruq gazgolderlar 
konstruktiv jihatdan murakkab va xavfli bo’ladi. 
Ho’l gazgolderlarning hajmi 100-32000 m3 bo’lgani kengroq tarqalgan. 36.5-
rasmda ko’rsatilgan gazgolder rezervuar, harakatlanuvchi qo’ng’iroq, teleskop (ular 
gazgolderlarda 10 ming m
3
hajmiga ega) va yo’naluvchidan tarkib topgan. Rezervuar 
tagligi tekis va usti ochiq. Unga ikki tomoni ham ochiq bo’lgan silindrsimon teleskop 


302 
qobiq va tagliksiz, yuqori qismi sferik korpus bilan yopilgan silindrsimon-qo’ng’iroq 
kiradi. Qo’ng’iroq va teleskop o’z og’irligi hisobiga rezervuarning tagligigacha tushadi. 
Gaz napori ta’sirida rezervuar birga payvandlangan yo’naltiruvchining oxirgi 
nuqtasigacha boradi. Yo’naltiruvchilar harakat yuzaga kelishi uchun kronshteyn, 
teleskop va qo’ng’iroqqa mahkamlangan yo’naluvchi roliklar bilan ta’minlangan 
rezervuar va teleskop, teleskop va qo’ng’iroq o’rtasidagi suvni germetikli zatvor 
ta’minlaydi. Buning uchun teleskop va qo’ng’iroqning tashqi pastki qismiga 
tog’orasimon halqa payvandlanadi. Bu halqalar rezervuar va teleskopning ichki yuqori 
qismiga kirib turadi.
36.5-rasm. Hajmi 100 000 m
3
bo’lgan suyuqlikli zatvorli quruq gazgolder. 1-
yopilmasi; 2-shaybaning yuqori holati (porshen); 3-chiqish narvori; 4-ko’taruvchi 
panjara; 5-gazgolder devori; 6-shayba; 7-tashqi ko’targich; 8-gaz uzatma. 
Ishlatishdan oldin, ya’ni teleskop va qo’ng’iroq pastki holatida rezervuar suvli 
hammom rolini bajaradi va suv bilan to’ldiriladi, bir vaqtda qo’ng’iroq va teleskop 
zatvori ham suv bilan to’ldiriladi. Teleskop va qo’ng’iroq pastga tushganda 
rezervuarning tagligida o’rnatilgan maxsus tayanchga o’tiradi. Gazgolderda gaz 
berilganda birinchi navbatda teleskop ko’tariladi. Teleskopning yuqorigi zatvoriga 
yetganda, qo’ng’iroq ko’tariladi. Teleskop chegara tayanchigacha ko’tariladi. 
Gazgolderdan meyoriy foydalanish uchun va yuqori bosimda korpusning portlashini 
oldini olish uchun avtomatik sistema, ya’ni gaz kiruvchi liniyani o’chirish qo’llanadi. 
Rezervuar tagligidagi va halqasimon zatvorlardagi suvlarning muzlashi o’ta xavfli 
hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda mos uslublar 
bilan oldini olish lozim. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish