299
bu yerda: v-rezervuar hajmi;
-korpus qalinligi; s-alohida belbog’ning
qalinligi.
Belbog’ qalinligi har xil bo’lgan rezervuarlar balandligi:
e
r
Н
.
; (36.2)
bu yerda:
e
r
.
-metall belbog’ning ruxsat etilgan kuchlanishi;
-rezervuardagi
suyuqlikning solishtirma og’irligi.
Rezervuarning hajmi va balandligini bilgan holda diametrini aniqlash mumkin.
Belbog’lar sonini N ga, bo’lak listlarning kichikligiga va halqasimon payvand
choklarning tipiga bog’liq ravishda aniqlaymiz. Rezervuar devoriga gidrostatik bosim
ta’siri yuqoridan pastga tomon uchburchak qonuni boyicha tarqaladi.
Devorning eng
yuqorigi belbog’iga bosimning ta’siri nisbatan kamroq, lekin list qalinligini 4 mm. dan
kam olish mumkin emas. Qolgan belbog’lar listlarining qalinligi rezervuar suyuqlik
gidrostatik bosimiga bo’lgan qarshiligi va rezervuardagi 0,002 MN/m
2
ga teng bo’lgan
ichki bosimi sharoitlaridan kelib chiqqan holda quyidagi formula bilan topiladi:
С
D
h
e
r
.
2
;
(36.3)
bu yerda:
h
-rezervuar suyuqlik bilan to’ldirilganda suyuqlikning yuqorigi sirtidan
o’rta qismigacha bo’lgan masofa;
φ-tik choklarning mustahkamlik koeffitsienti;
S-korroziyaga qo’shimcha.
Rezervuarlarning ustini yopish zavodlarda olib boriladi. Yopish alohida
transportabel shitlar yordamida olib boriladi. Shit usti qalinligi 2,5 mm bo’lgan boyicha
list bilan qoplangan karkasdan iborat. Shitlarning chetki qismi rezervuar korpusiga
mahkamlanadi. Boshlang’ich qismi esa rezervuar o’rtasida joylashtirilgan quvurli yoki
panjarali stoyka tayanchga mahkamlanadi. Juda katta rezervuarlarni yopishda maxsus
fermalardan foydalaniladi. D diametrli rezervuarlar uchun fermalar quyidagi formula
orqali topiladi:
5
D
n
;
(36.4)
Rezervuarlarni hisoblashda devorga tomning o’z og’irligidan
tashqari, qor va
shamol ta’siri ham o’rganiladi.
Keyingi yillarda zavodlarda rezervuarlarni o’ramli usul bilan qurish yo’lga
qoyilgan. Bu esa montaj ishlarini industirlashtiradi va davomiyligini ta’minlaydi,
bundan tashqari yuqori sifatli payvandlashni ta’minlaydi. Taglik va korpus
tayyorlangandan keyin rulon ochiladi. silindrsimon rezervuarni rulon usuli bilan yig’ish
36.3-rasmda ko’rsatilgan. Juda katta rezervuarlarda pastki belbog’lar listlarning
qalinligidan kattaroq bo’ladi, shuning uchun korpusni rulonga aylantirish yordamchi
qurilma orqali amalga oshiriladi. Rezervuarda ruxsat etilgan bosim vakuum qiymati
oshmasligi uchun ular, bosim oshganda gazni chiqaradigan
va aksincha vakuum hosil
bo’lganda atmosferadan (maxsus gaz quvurlaridan) havo yoki gazni kiritadigan
boshqaruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Amaliyotda rezervuardan foydalanishda bu
qurilmalar umumiy holda “nafas oluvchilar” deb nomlanadi. Bu ibora rezervuarga neft
300
mahsulotlarini qoyishda gaz fazadagi neft mahsulotlar bug’larining ko’tarilishida “katta
nafas olish” va rezervuarda harorat oshishi bilan (quyosh nuri ta’sirida) mahsulotlarni
bug’lanib chiqishi yoki aksincha, harorat kamayishi bilan (kechqurun) havo gaz
kirishidagi “kichik nafas olish” farqlanadi. Neft mahsulotlarining atrofga “katta nafas
olish” va “kichik nafas olish” orqali yo’qotilishining oldini olish zarur.
Bunga qarshi
ko`rashishning foydali usullari quyidagilardan iborat: rezervuarlar o’rtasida gaz sathini
saqlab turish bog’lami tashkil qilinadi; rezervuarlarni “nafas oluvchi” yoki “suzuvchi”
tom bilan jihozlash; rezervuarlarning tomchi ko’rinishidagi yoki sharsimon shakllar
yaratiladi. Odatdagi sharoitlarda “suzuvchi” tomli rezervuarlardan foydalanish nisbatan
samarali hisoblanadi.
“Suzuvchi”, ya’ni harakatlanuvchi tomli rezervuarlar tik silindr shaklida bo’ladi,
unda doimo mahsulot ustida suzuvchi metall disk ponton bo’ladi. U to’liq suyuqlik
yuzasini egallaydi. Diskning suzuvchanligini uni 2 qavatli devorli qilib tayyorlash yoki
yengil metall pontonlardan foydalanish yo’li bilan ta’minlanadi. Ko’pgina
mamlakatlarda juda katta rezervuarlar uchun bir qavatli va to’liq perimetri boyicha
ponton o’rnatilgan “suzuvchi” tomlar ishlatiladi. Ponton tomning 20-25% qismini
tashkil qiladi. Tomning vakuum ta’sirida buzilishining
oldini olish uchun tomga
o’rnatilgan vakuum klapanlar havo kirishini ta’minlaydi. Agar rezervuar statsionar tom
bilan jihozlanmagan bo’lsa, u holda suv “suzuvchi” tom orqali drenaj sistemasida
shlanglar yoki quvurlar orqali chiqariladi. Disk va rezervuar devori orasidagi masofa
maxsus zichlashtiruvchi yordamida zichlanadi. Zichlashtiruvchi mexanik (qattiq) va
yumshoq (elastik) bo’ladi. Zichlashtirgichning yaxshi ishlashi uchun rezervuar devori
silliq bo’lishi kerak. Mexanik zatvorlar konstruktsiya boyicha har xil va tayyorlanishda
murakkab bo’ladi, shuning uchun ular yumshoq zatvorlarni ishlatish mumkin
bo’lmagan paytda ishlatiladi. Yumshoq zatvorlar pererozin materiallardan,
penopoliuretan va boshqa elastik va chidamli materiallardan tayyorlanadi. Labsimon
suyuqlikli va havoli zatvorlar ishlatiladi. Labsimon zatvorlarda
zichlash har doim
rezervuar devoriga yopishib turuvchi labsimon materiallning zichlashtirishi hisobiga
ta’minlanadi. Suyuqlikli zatvorlarda suv bilan to’ldirilgan yumshoq qopcha
suyuqlikning og’irligi hisobiga devorga siqiladi. Havoli zatvorlarda zichlanish havo
hisobiga amalga oshadi.
Suyuqlikli va havoli zatvorlarning labsimon zatvorlarga nisbatan konstruktsiyasi
murakkab. Amaliyot shuni ko’rsatdiki, rezervuarlarda “suzuvchi” tomni ishlatish neft va
neft mahsulotlarining yo’qolishini “kam nafas olish”da 80-85%ga kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: