O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
Xulosa
 
Neft quduqdan yer ustiga suv bilan birgalikda tо‘planadi. Ma’lumki, neft suvda 
erimaydi. Lekin neft va suv aralashmalarining quduq tubidan to MYP gacha quduqlar 
orqali harakatlanishi jarayonida о‘zaro aralashib, barqaror emulsiya hosil qiladi. Bu 
emulsiyalar “suvda neft” yoki “neftda suv” emulsiyalari kо‘rinishida hosil bо‘ladi.
Kо‘p holatlarda suv emulsiyali mayda zarrachalar kо‘rinishida neft bilan qoplangan 
holda bо‘ladi. Bu emulsiya barqaror bо‘lganligi uchun neftni tindirish yо‘li bilan suvni 
ajratib bо‘lmaydi. Suvni neftdan ajratib olish jarayoniga suvsizlantirish deyiladi. 
Suvsizlantirilganda neftni tarkibidan 1-1,5% miqdorida suv chiqadi. Neft tо‘liq 
tuzsizlantirish davrida ham uning tarkibidan 0,01% gacha suv ajralib chiqadi. 
 
Nazorat savollari 
 
1. Neft xom-ashyosini tayyorlash zarurati.
2. Neftni yig‘ish, tashish va tayyorlash tizimi. 
3. Gazdan suyuqliklarni ajratish uchun jihozlar. 
4. Quduqning mahsulotlarini o’lchash uchun jihozlar. 
5. Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jihozlar. 
6. Neft, gaz va neft mahsulotlarini saqlash idishlari
 
 


291 
XXXV maruza. Neftni kon sharoitida yig‘ish va tayyorlash uchun jihozlar
 
Reja: 
 
35.1. Gazdan suyuqliklarni ajratish uchun jihozlar 
35.2. Gravitasiyali ajratgichlar 
 
Tayanch iboralar:
gaz ajratgich, tovar ajratib olish, suvsizlantirish, 
tuzsizlantirish, barqarorlashtirish, ajratgichlar, markaziy yig‘uv, GО‘Q, NTQ, SKS, 
NQOT, kompleks tayyorlash. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. T.R.Yuldashev, X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina va 
mexanizmlari” Qarshi.: Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti. –Darslik-2015 yil. 
2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy 
qо‘llanma. Qarshi -2015 yil 
 
Neft va gazni tayyorlashning texnologik jarayoni bir nechta bosqichlarda amalga 
oshiriladi va unga quyidagilar kiradi: neftning va qatlam suvining aralashmasidan gazni 
ajratish; quduq mahsulotini hajmini o’lchash; qatlam suyuqligini va gazni kon ichida 
tashish; neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish; neftni saqlash; gazni tashishga 
tayyorlash; qatlam suvini tayyorlash. 
Neftni yig’ish va tayyorlash tizimi ulushiga konni jihozlash xarajatlarining 50 % 
ga yaqinrog’i to’g’ri keladi. Bu tizimlar o’lkan va metall sarfi ko’p. Neft va gazni 
konlarda tayyorlash uchun har xil turdagi asbob-uskunalar ishlatiladi. Bu asbob-
uskunalar neftdan erigan gazni to’liq ajratib olish, neftni qatlam suvlaridan to’liq 
tozalash, neft tarkibidagi tuzlarni yuvish va qum zarrachalarini ajratib olish uchun 
xizmat qiladi.
Bu asbob–uskunalarga ajratish, tindirgich, qizdirgich, sovutgich, aralashtirgich, 
elektrodegidrator, saqlagich va boshqalar kiradi.
Ajratgichlar turli ko’rinishda ishlab chiqiladi va quyidagi ishlarni bajaradi:
1. neftda erigan gazni ajratib oladi;
2. neftgaz oqimining aralashishini kamaytiradi va shu bilan gidravlik 
qarshiliklarni pasaytiradi;
3. neftgaz aralashmasi harakatidan hosil bo’lgan ko’piklarni yo’qotadi;
4. neftdan suvni ajratib oladi;
5. oqim harakatining nomuntazamligini yo’qotadi;
6. mahsulot miqdorini o’lchaydi.
Ajratgichlarning quyidagi tasnifi mavjud:
A) ishlatilish maqsadi boyicha: 
- o’lchovchi – ajratuvchi; 
- ajratuvchi.
B) geometrik shakli boyicha:
- silindrik;


292 
- sharsimon. 
D) o’rnatilishiga muvofiq:
- tik, - qiya, yotiq. 
E) ajratish uchun asosiy ta’sir etuvchi kuchlar boyicha:
- gravitasiya, markazdan qochuvchi; inersiya kuchlari. 
F) ishlatish bosimi boyicha:
- yuqori bosimli (6,4-2,5 MPa);
- o’rta bosimli (2,5-0,6 MPa);
- past bosimli (0,6-0,1 MPa); 
- vakuumli.
J) ulangan quduqlar soni boyicha:
- bitta quduq uchun;
- quduqlar guruhi uchun.
H) ajratadigan fazalar boyicha:
- ikki fazali (gaz-neft);
- uch fazali (gaz-neft-suv).

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish