O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
Xulosa 
 
Neft, gaz, gaz yoki kondensatli konlar mashinalar, jihozlar, inshootlar, 
apparatlar, uskunalar va mexanizmlar yordamida ishlatilishi va ulardan foydalanish 
to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ular ishlab turganda ishi bir-biri bilan o’zaro 
bog’langan bo’ladi. Neft, neftgaz yoki gazkondensat qatlamlardan yoki bir nechta 
qatlamli konlarni ishlash va foydalanish ob’ektlaridan bir-biri bilan birgalikda 
harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlar bayon qilingan. 
 
 


27 
Nazorat savollari 
1.
Kon jihozlarining turlari haqida ma’lumot bering?
2.
Jihozlar majmuasiga nimalar kiradi? 
3.
Quduqlardan olinadigan mahsulotlar qanday tartibda tayyorlanadi? 
4.
Neftni birlamchi tayyorlash tо‘g‘risida tushincha bering?
 
 
 
 
II ma’ruza. NEFT VA GAZ QAZIB OLISH UCHUN MASHINALAR VA 
JIHOZLAR KOMPLEKSI. 
Reja:
2.1. Quduq tubi konstruksiyasini jihozlari
2.2. Ishlatish quduqlarining yer usti jihozlari
2.3. Quduqlarni favvora va gazlift usullarida ishlatish jihozlarining sxemalari 
 
 
Tayanch iboralar: 
mashinalar, jihozlar, inshootlar, apparatlar, uskunalar, 
klapanlar, quduq ichi jihozlari, tizma boshchasi
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.R.Yuldashev, X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina va 
mexanizmlari” Qarshi.: Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti. –Darslik-2015 
yil. 
2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy 
qо‘llanma. Qarshi -2015 yil 
 
2.1. Quduq tubi konstruksiyasini jihozlari 
Quduq 
tubini 
konstruksiyasi 
deganda 
mahsuldor 
qatlam oralig‘ini 
mustahkamligini ta’minlash tushunilib, stvol mustahkamlanadi, bosimli qatlamlar 
ajratiladi, qatlamga texnik–texnologik ta’sir etishni amalga oshirish, ta’mirlash–
bekitish ishlarini hamda optimal debit bilan quduqlarni uzoq muddat ishlatish 
ta’minlanadi. 
Neft uyumlarini geologik joylashuvi shartlariga, mahsuldor qatlam tog‘ 
jinslarining xossasi va kollektorlarning turi bo‘yicha, quyidagi to‘rtta asosiy turdagi 
ishlatish obyektlariga bo‘linadi. 
1. Kollektorlar bir jinsli, mustahkam, granulli yoki yoriqli turda, unga yaqin 
joylashgan suv bosimli va gazlilik gorizontlari yo‘ q, qatlam tubida suv mavjud emas. 
2. Kollektor bir jinsli, mustahkam, granulli yoki yoriqli turdagi. Qatlam usti 
qismida – gaz do‘ppisi yoki yaqin joylashgan naporli obyektlar mavjud. 
3. Kollektor bir jinsli va tog‘ jinsining litologiyasi bo‘yicha noyaxlit, filtratsiya 
tasnifi bo‘yicha g‘ovakli kollektorga yoki yoriqli turga mansubdir. 
4. Kollektor kuchsiz sementlashgan granulli, katta g‘ovakli va o‘tkazuvchan, 
normal yoki past qatlam bosimli. Uni ishlatishda qatlam buzilishi yoki quduqdan qum 
chiqishi mumkin. 


28 
Quduqlarda mahsuldor qatlamni burg‘ilash boshlanishi bilan quduqni qurish 
bo‘yicha tugallash ishlari boshlanadi. 
Quduqlarni tugallashni mas’ul bosqichlaridan biri quduq tubi konstruksiyasini 
to‘g‘ri tanlanishidir. Birinchi turdagi kollektor ochiq turdagi konstruksiyaga 
mansubdir, ikkinchisi uchun – aralash turdagi konstruksiya, uchinchi tur uchun – 
yopiq tubli konstruksiya, to‘rtinchisi uchun qumlarni chiqishini oldini oluvchi quduq 
tubi konstruksiyasi. 2.1-rasm a-dagi quduq tubi konstruksiyasi yopiq turda bo‘lib, 
mahsuldor qatlam alohida – alohida ajratiladi. Mahsuldor qatlam obyekti butunlay 
yoki ichidan kiruvchi tizma bilan bekitiladi va sementlanadi. 
Ochiq quduq tubi konstruksiyasi (2.1-rasm, b, d, e). Qatlam kollektorlik 
xossalarining yomonlashuvi sababli, tamponaj materiallarini qo‘llanilishiga yo‘ l 
qo‘yib bo‘lmaganligi uchun quduq tubi ochiq holda qoldiriladi yoki sementlanmagan 
filtr bilan bekitiladi. Aralash turdagi quduq tubi konstruksiyasi (2.1-rasm, f, g) ochiq 
va yopiq turda qo‘llanilishi mumkin. Bunday konstruksiyada ustki qismidan yaqin 
joylashgan naporli gorizont uyumlarini bekitishni qo‘llash tejamkor hisoblanadi. Shu 
maqsadda mahsuldor obyektni yuqori qismigacha quvur tushiriladi va ishlatish 
tizmasi sementlanadi. Pastki qismi ochiq qoldiriladi yoki sementlanmagan filtr 
yordamida bekitiladi.
2.1-rasm. Quduq tubi konstruksiyasining asosiy turlari: 
1-mustahkamlash tizmasi; 2-sement halqasi; 3-perforatsiya zonasi; 4-
mahsuldor qatlam; 5-tizma orqasi pakeri; 6-tizmadagi filtr; 7-filtr osmasi; 8-suvlilik 
qatlami; 9-dum filtr; 10-graviyli filtr; 11-sizib kirib borish zonasi; 12-tamponaj 
materialli filtr. 
Quduq tubi zonasida qumlarning chiqib kelishiga qarshi oldindan quduq tubi 
zonasida sun’iy to‘siq barpo etiladi. Bunda mexanik filtrlardan (2.1-rasm, h) 
foydalaniladi yoki o‘tkazuvchan materiallardan filtr tayyorlanadi (2.1-rasm, i). 
Qalinligi bo‘yicha hamma litologik tuzilishi bir xil turdagi, filtrlanish xossalari 
va qatlamlardagi qatlam bosimi bir-biriga yaqin bo‘lgan, faqat neft, gaz yoki suv 
bilan to‘yingan – qatlamlar yaxlit kollektor deb hisoblanadi. Qatlamlararo 
o‘tkazuvchanlikni o‘zgarish chegarasi oltita sinflar chegarasidan chetga chiqmasligi 
kerak:
1) К > 1 мкм
2
; 2) К = 0,5÷1 мкм
2
; 3) К = 0,1–0,5 мкм
2
;
4) К = 0,05–0,1 мкм
2
; 5) К = 0,01÷0,05 мкм
2
; 6) К=0,001÷0,01 мкм
2

Agarda qatlam bir turdagi o‘tkazuvchanlikli tog‘ jinslariga bo‘lingan bo‘lib, 
o‘tkazuvchanlik qiymatlari yuqorida ko‘rsatilgan chegaradan tashqariga chiqsa, tub 
suvlariga, gaz do‘ppisiga yoki neftgazga to‘yingan qatlamlarning navbatma – navbat 


29 
takrorlanishi hamda har xil qatlam bosimiga ega bo‘lsa – bunda qatlam noyaxlit (har 
xil jinsli) hisoblanadi. 
Quduqlarni 
filtratsiya 
va geostatik yuklar ta’sirida tog‘ jinslarini 
mustahkamligi saqlanib qolganda - zich kollektorlar deb ataladi. 
Kuchsiz sementlangan kollektorlar deb – mustahkam bo‘lmagan tog‘ jinslari, 
ishlatish jarayonida flyuidlar bilan qum zarrachalari aralashib yer ustiga chiqsa. 
Quyidagi gradientlarga mos kelsa yuqori, normal va past qatlam bosimi bo‘lib 
hisoblanadi. 
град Р
қат
> 0,1 МПа / 10 м – yuqori.
град Р
қат
= 0,1 МПа / 10 м – normal.
град Р
қат
< 0,1 МПа / 10 м – past. 
Agarda grad Р
қат
≤ 0,08 МПа / 10 м bo‘lsa – anomal past bosimli qatlam 
hisoblanadi. 
Agarda grad Р
қат
≥ 0,11 МПа / 10 м – anomal yuqori bosimli hisoblanadi. 
Agarda qatlamning g‘ovakligi (К
ғ
) yoki yoriqligini (К
ёр
) o‘tkazuvchanligi mos 
holda 0,1 мкм
2
ва 0,01 мкм
2
qiymatga ega bo‘lsa, yuqori o‘tkazuvchan kollektor 
hisoblanadi. К
ғ
ва К
ёр
larni qiymatlari ko‘rsatilgandan kichik bo‘lsa, unda kollektor 
kam o‘tkazuvchan hisoblanadi. 
Quduq konstruksiyasini turini aniqlovchi asosiy omillariga obyektni ishlatish 
uslubi, kollektorning turi, mahsuldor qatlam tog‘ jinsining mexanik xossalari va 
ularning joylashuv sharoitlari kiradi. 
Mahsuldor qatlam ishlatish usuliga bog‘liq holda alohida, birgalikda va 
birgalikda – alohida turlarga bo‘linadi. Obyektlarni alohida ishlatishda yuqorida 
keltirilgan hamma turdagi quduq tubi konstruksiyalarini qo‘llash mumkin (2.1-rasm). 
Mahsuldor qatlam birgalikda yoki birgalikda alohida ishlatilganda mahsuldor qatlam 
bir-biridan alohida ajratilgan bo‘lishi kerak, shuning uchun ular bir-biridan butun 
yoki ichidan kiruvchi tizma bilan ajratilib, sementlanadi. 
Ochiq turdagi quduq tubi konstruksiyasini qo‘llanilish shartlari: quyidagi 
kollektor granulli bir jinsli yoki yoriqli turda, tamponaj materiallarini qo‘llashga yo‘ l 
qo‘yilmaydi; kollektorning qirqimida yaqin joylashgan suvli yoki gazli qatlamlar 
mavjud emas, uning tubida suv yo‘ q; kollektor mustahkam tog‘ jinslaridan tashkil 
topgan; obyektni ishlatishda alohida usullardan foydalaniladi. 
Gaz quduqlarining tubini jihozlari ko‘pgina omillarga bog‘liqdir: 1) tog‘ 
jinsinig litologik va fatsial tarkibiga va sementlanadigan materialga; 2) tog‘ jinsining 
mexanik mustahkamligiga; 3) qatlamning qirqimi bo‘yicha kollektorlik xossasining 
har xilligiga; 4) mahsuldor qatlamning qirqimida gaz-, neft- va suvlilikning 
mavjudligiga; 5) quduqning tuzilmada va gazlilik maydonida joylashuviga; 6) 
quduqning qanday maqsad uchun (qazib oluvchi, haydovchi, kuzatuvchi) 
mo‘ljallanganligiga.
Agarda gaz uyumining qatlamli yoki massiv turida, gazga to‘yingan 
kollektorlar mustahkam tog‘ jinslar (sementlashgan qumlar, ohaktoshlar, dolomitlar, 
angidritlar) ko`rinishida, mahsuldor qatlamda neft- va suvga to‘yingan qatlamlar 
mavjud bo‘lmasa, qazib oluvchi quduqlarning tubi ochiq holatda bo‘ladi (2.2- rasm). 
Bunday holatda ishlatish tizmasi mahsuldor qatlamning shipigacha tushiriladi, 
o‘tkazmaydigan qatlamchalarda boshmoq o‘rnatiladi va mustahkamlash quvurlari 


30 
quduqning ustigacha sementlanadi. Qattiq zarrachalarni va suyuqlikni quduq ustiga 
olib chiqishni yaxshilash uchun qatlamning filtrli qismiga xvostovik tushiriladi. 
Gazga to‘yingan qatlam kuchsiz sementlangan ko`rinishda bo‘lsa, mahsuldor 
qatlamda neft- va suvga to‘yingan qatlamchalar mavjud bo‘lmasa, quduqning ochiq 
tubi har xil turdagi to‘rli, keramik, metall -keramik, graviyli, oyna plastik filtrlar 
bilan va quduq tubidagi yumshoq tog‘ jinslari yopishqoq moddalar bilan 
mustahkamlanadi. Yuviluvchi graviyli filtrlar ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday sharoitda 
gidravlik kengaytirgichlar yordamida qatlamda quduqning diametr zonasi 
kengaytiriladi, 146mm.dan 256mm.gacha graviy yuviladi.
Agarda quduqning tubi zonasidagi tog‘ jinslar yumshoq bo‘lsa, u holda 
g‘ovakli fazosiga qovushqoq moddalar – organiq polimerli materiallar haydaladi, ular 
katalizatorlar bilan polimerlanib qotadi va yumshoq jinslarni sementlaydi. Haroratga 
va kollektor – qatlamdagi minerallarning tarkibiga bog‘liq holda yopishqoq kimyoviy 
modda sifatida : 1) organiq smolalar; 2) plastmassalar; 3) “permatrol”ning maxsus 
turdagi tarkibi qo‘llaniladi. 
Organiq smola sifatida epoksid, fenolformaldegid, orbamid (qotiruvchi M0), 
xom fenollarning smolasi va formalin, PP-1 lar qo‘llaniladi. 
Agarda quduqning mahsuldor qirqimida har tarkibdagi gazlilik qatlamlari 
bo‘lsa yoki gaz-, neft- va suvlilik qatlamlari navbatlashsa, loyli qatlamchalar bilan 
ajratilgan bo‘lganda ochiq tubni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunday sharoitda quduq 
mahsuldor qatlamning tubigacha burg‘ilanadi, mustahkamlash quvurlari tushiriladi va 
usti qismigacha sementlanadi, mahsuldor qatlam perforatsiya qilinadi. Perforatsiya 
kanallari orqali ko‘p miqdorda qum oqimi kelsa, u holda filtr tуширилади.
2.2- rasm. Gaz quduqlarning tubi jihozi: 
a- ochiq; b- perforatsiya qilingan; d, e – filtr bilan jihozlangan. 
1-mahsuldor qatlam quvur bilan mustahkamlanmagan; 2-perforatsiya teshiklari; 3-
salnik; 4, 6 –xvostovik; 5-sement; 7-manjetlar. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish