Microsoft Word Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғулар ижрочилиги тарихи doc


O‘ZBEKISTONDA MUSIQIY TA’LIMNI YO‘LGA QO‘YILISHI



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana20.12.2022
Hajmi1,28 Mb.
#891922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Cholg\'u tarixi

O‘ZBEKISTONDA MUSIQIY TA’LIMNI YO‘LGA QO‘YILISHI 
(1917-1945) 
1917 yildan keyin o‘zbek xalqi va O‘rta Osiyoda yashovchi boshqa 
xalqlarning ovro‘pacha ta’lim olishi va g‘arb madaniyatini o‘rganishi uchun 
ancha imkoniyatlar yaratildi. Sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillari iqtisodiy 
qiyinchilik, grajdanlar urushi bo‘lib turgan bir paytda hukumat o‘z oldiga 
madaniy islohotni amalga oshirish vazifasini qo‘ydi. Turkiston o‘lkasida oliy va 
o‘rta maxsus maktablar tashkil qilina boshlandi. Bu davrda O‘zbekistonda 
ko‘pgina mutaxassisliklar qatori san’at va madaniyat sohasidagi mutaxassis 
kadrlar ham yetishmas edi. 
1918 yilning aprelida Toshkent askar va ishchi deputatlarining qarori 
bilan Turkiston xalq universiteti tashkil qilinadi va u bilan birga Toshkentda 
xalq konservatoriyasi, keyinchalik respublikaning katta shaharlari Farg‘ona, 
Buxoro, Samarqand, Namangan va boshqa shaharlarda ham xalq musiqiy 
maktablari tashkil qilinadi.
1
Dastlab xalq konservatoriyasi nomi bilan boshlang‘ich musiqa maktablari 
ish yurita boshladi. Ko‘pchilik muallimlar xalq maorifiga, davlat xizmatiga o‘ta 
boshladilar. Buning natijasida Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, 
1
Дульгарова И. «Туркестанская народная консерватория». -В кн.: «Вопросы музыкознания», вып. 2, 
T., 1971. 


32 
Qo‘qon, Buxoro va Xivada xalq musiqa maktablari ochildi.
1
Bunday musiqa 
maskanlarining tashkil qilnishida Moskva, Petrburg, Kiev, Qozon va boshqa 
shaharlardan kelgan sozanda va ziyolilarning xizmatlari katta bo‘ldi. 
Turkiston xalq konservatoriyasi O‘rta Osiyoda professional davlat musiqa 
ta’limi rivojiga mustahkam zamin yaratdi. Uning birinchi direktori V.L.Karelin, 
o‘qituvchilar Ye.A.Chernyavskiy, V.Kox, V.F.Saakovich va boshqalar o‘quv 
jarayonini tashkil qilishda tashabbuskorlik ko‘rsatdilar. Xalq konservatoriyasini 
tashkil qilishda ko‘zga ko‘ringan musiqa arbobi V.A.Uspenskiyning xizmatlari 
juda kattadir. Xalq konservatoriyasida dastlabki o‘quv yilida 560 o‘quvchi o‘qir 
edi. O‘qishni xoxlovchilar soni ko‘payishi natijasida shaharning turli 
chekkalarida konservatoriyaning shaxobchalarini ochish zarur bo‘lib qoldi va 
temir yo‘l vokzali musiqa maktabi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan mahalliy millat 
vakillari uchun eski shahar maktab internati kabi o‘quv muassasalari ochildi. Bu 
internatda ko‘pchilik o‘quvchilar damli cholg‘ularda o‘qir edilar. Mazkur 
internatni ochilishi munosabati bilan V.A.Uspenskiy rahbarligida simfonik 
orkestr ishtirokida konsert tashkil qilinadi. Bu konsertda o‘zbek xalq kuylaridan, 
maqomlardan orkestr uchun moslashtirilgan kuylar, L.Delibning «Lakme», 
K.Sen-Sansning «Samson va Dalila», N.A.Rimskiy-Korsakovning «Sadko», 
M.P.Musorgskiyning 
«Xovanshina», 
M.Ippolitov-Ivanovning 
«Kavkaz 
eskizlari» va boshqa asarlar ijro qilinadi. Bu konsert tinglovchi va o‘quvchilarda 
katta ta’ssurot qoldiradi. 
Turkiston konservatoriyasining yangi shahar filiali hozirgi Hamza 
Hakimzoda Niyoziy nomidagi musiqa kollejiga asos bo‘lib xizmat qildi. Bu 
yerda harbiy kapelmeysterlar, orkestr ijrochilari, opera yakkaxonlaridan 
A.F.Eyxgorn, V.F.Leysek, F.A.Kozlyanskiy, goboychi Sikita, fagotchilar 
Yamburek va Smerchek, trubachilar Sedlyachek, G.V.Pestryakov va boshqalar 
dars berar edilar. 1921 yil 8-10 may kunlari Turkiston xalqlari san’ati kechalari 
o‘tkazilib, unda o‘zbek, qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar, arman, avg‘on va xind 
xalqlari raqs, kuy va qo‘shiqlaridan tashkil topgan dasturlar simfonik orkestr 
ijrosida namoyish qilingan. Bu asarlarni N.N.Mironov va V.A.Uspenskiy 
mazkur orkestrga moslashtirgan edilar. Konsertlarda M.Qori-Yoqubov ham 
simfonik orkestr jo‘rligida bir qancha o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ijro qilgan. 
Bunday kechalar juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xalqlarni madaniy jihatdan 
bir-biriga yaqinlashtirishga va Sharq san’atining o‘ziga xos yo‘nalishini 
belgilashga xizmat qilgan. 
Musiqiy ma’rifatga Respublikaning boshqa shaharlari ham faol qatnasha
boshladilar. 1918 yili Samarqandda xalq konservatoriyasi ochiladi. Uning 
tashkilotchisi va birinchi direktori, skripkachi, tashabbuskor sozanda, harbiy 
kapelmeyster V.G. Poppel-Bauer edi. U havaskor damli cholg‘ular orkestri 
tashkil qilishda katta hissa qo‘shdi. Mazkur konservatoriyada damli cholg‘ular 
va simfonik orkestr tashkil qilinadi. Konservatoriyaning o‘qituvchi va 
1
Вызго Т. «Первое музыкальное учебное заведение». -В кн.: «История Узбекской советской 
музыки», T. I. T., 1972. 


33 
o‘quvchilari tinglovchilarni klassik musiqa sirlaridan ogoh qilib, bir qancha 
konsertlar uyushtirganlar. 
1918 yili Farg‘onada ham xalq konservatoriyasi tashkil qilinadi. Bu yerda 
mashg‘ulotlar asosan kechqurun olib borilgan. Skripkadan Frey va Shubert ismli 
ustozlar o‘quvchilarga saboq berganlar. O‘quvchilar ichida T.N.Qori-Niyoziy 
skripkada o‘qigan. Bu yerda simfonik orkestr mavjud bo‘lib, unga Ya.B.Gordon 
rahbarlik qilgan. Orkestrda chex harbiy asrlaridan tashkil topgan sozandalar 
qatnashganlar. Shahar bog‘ida o‘sha orkestr ijrosida talay konsertlar 
uyushtirilgan. Farg‘onada musiqiy-oqartuv ishlarining yana bir jonkuyari harbiy 
kapelmeyster I.G.Grigorev bo‘lib, u 1918 yili qizil armiya qismlarida damli 
cholg‘ular va simfonik orkestr tashkil qiladi. Orkestr ijrochilari orasida 
kornetchilar E.Egamberdiev, I.Rustamov, klarnetchilar A.Fayzullin, Muhiddin 
Qori-Yoqubov, Qori-Niyoziy, altchilar Hasan Sodiqov va Qobul Sohibov, 
tenorchi O‘lmas Qurbonov, baritonchi Salohiddin Isomiddinov, basda Ismoiljon 
Muhammadjonov nog‘ora va zarbli cholg‘ularda Isroilxo‘ja Rustamov va 
boshqa millat vakillari ham bo‘lgan.
1
Damli cholg‘ular ijrochilaridan U.Qurbonov, T.Is’hoqov, I.Umrzoqov, 
H.Qayumovlar 1921 yili yangi tashkil qilingan Marg‘ilon militsiyasi orkestrini 
mustahkamlash uchun yuboriladi. Bu orkestrning rahbari V.Zarubitskiy edi.
Keksa sozandalarning axborot berishlaricha Buxoro amiri Olimxon 
saroyida to 1920 yillargacha Rus harbiy polki kazaklaridan tashkil topgan saroy 
Ovro‘pa damli cholg‘ular orkestri bo‘lgan. U amirni katta tantanalarida va 
harbiy yurishlarida qatnashgan. Amir Olimxonning orkestrga qiziqishining boisi 
u yoshlik davrida Peterburgdagi kadetlar korpusida ta’lim olganligidan deb 
ta’riflanadi. 
1921 yili Buxoroda «Sharq musiqiy maktabi» va kattalar uchun 
konservatoriya tashkil qilinadi.
2
Bu yerdagi sozandalar iqtisodiy va madaniy 
jihatdan juda qiyin sharoitlarda ishlab, omma orasida madaniyat va ma’rifat 
tarqatishda faol qatnashganlar. Bu maktabda o‘zbek musqasining bilimdonlari 
rahbarligida xalq cholg‘ularida milliy musiqa madaniyati namunalarini 
an’anaviy asosda o‘rganilar edi. Ushbu konservatoriyada 90 ga yaqin kishi
Ovro‘pa orkestr cholg‘ularida chalishni o‘rganishgan. Shulardan 30 kishi damli 
cholg‘ularda o‘qitilgan. Ko‘pgina o‘qituvchilar Rossiya shaharlaridan kelgan 
sozandalar bo‘lgan. O‘quvchilar ichida eng ko‘zga ko‘ringanlaridan Ahmadjon 
Ixtiyorov keyinchalik Toshkent musiqa texnikumida A.E.Morozov sinfida 
trombon ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan. 
Shu yili Namangan shahrida xalq konservatoriyasi ochiladi. Bu yerda ham 
damli cholg‘ular orkestri mavjud bo‘lib, uning tarkibida harbiy sozandalar 
ishtirok etar va bu orkestr ijrosida konsertlar uyushtirilgan. 
1
T.N.Qori-Niyoziyning esdalik lavhalari. 
2
Вызго Т. «Первое музыкальное учебное заведение». -В кн.: «История Узбекской советской 
музыки», T. I. T., 1972. 


34 
1923 yili Xivada Xalq maorif komissarligi tomonidan musiqa maktabi 
tashkil qilinadi. Uning birinchi direktori qilib xon saroyi sozandasi Matyoqub 
Xarratov tayinlanadi. Maktabda milliy yo‘nalishda «Xorazm tanbur chizig‘i» 
nota tizimi bo‘yicha o‘qitilar, Ovro‘pa yo‘nalishida Xiva garnizonining 84 polk 
orkestri dirijeri, kornetchi Kirill Nikolaev va orkestr sozandalari damli 
cholg‘ulardan, skripka va gitaradan Laziz Abdullaev dars berar edilar. Ushbu 
maktabni dastlabki bitiruvchilari Sharif Ramazanov (skripka), Sharif Salaev 
(skripka), Ro‘zmat Karakasadov (skripka), Rahmon Ollaberganov (klarnet), 
Zarif Latipov (doyra) va Madrahim Yoqubov Sheroziy ham kamroq vaqt 
skripkada chalishni o‘rgangan. Xiva shahar bog‘ida va bolalar uyida damli 
cholg‘ular orkestri tashkil qilingan bo‘lib, uni ota-bola Nikolaevlar boshqargan. 
Ushbu orkestr bog‘da, Urganch yog‘ zavodida va shahar xiyobonida ko‘plab 
konsertlar bergan. 
Xalq konservatoriyalari Turkistonda musiqiy ta’limni yo‘lga qo‘yishda 
katta rol o‘ynagan. Ular o‘rta maxsus o‘quv yurtlari vazifasini bajargan va 
musiqa texnikumlari tashkil qilinishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Respublikada 
musiqa texnikumlari 1920 yillardan keyin tashkil qilina boshladi.
1924 yili Toshkentdagi Turkiston konservatoriyasi qoshida Turkiston 
temir yo‘l va eski shahar musiqa texnikumlari birlashtirilishi natijasida 
Respublikada diplom berish vakolatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston davlat musiqa 
texnikumi (GUMT – O‘DMT) tashkil qilinadi. U O‘zbekiston xalq komissarlar 
kengashining 1925 yil 11 may 4822-sonli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
1
Texnikumning birinchi direktori opera ashulachisi – tajribali o‘qituvchi 
B.Pavlovskaya bo‘lgan. Texnikumning o‘quvchilari tarkibi birinchi yiliyoq 160 
kishidan iborat bo‘lgan. Damli cholg‘ular bo‘limi o‘qituvchilari jamoasi oldin 
xalq konservatoriyasi filialida ishlagan pedagoglardan tashkil topgan bo‘lib, 
trubachilar G.Pestryakov, I.I.Basistiy, G.Velichko, fleytachi V.Pavelskiy va 
boshqalar dars bergan. 
1930 yillarga kelib o‘qitish ishlariga bir qancha orkestr sozandalari, 
yakkaxon musiqachilar kelib qo‘shildi. Bular: M.D.Yakovets (zarbli cholg‘ular), 
A.D.Nikitin (fagot, truba, dirijer), V.Kozolupov (klarnet), A.E.Morozov 
(trombon, tuba), G.Selyutin va M.N.Nikolaenko (valtorna) va boshqalar. 1936 
yili O‘zbek davlat musiqa texnikumi O‘zbek davlat musiqa bilim yurtiga 
aylantirildi va 1939 yildan O‘zbekiston Oliy kengashi Prezidiumi qarori va 
H.H.Niyoziy tavalludining 50 yilligi munosabati bilan Hamza Hakimzoda 
Niyoziy nomi berildi. Bu davrda musiqa bilim yurtida damli cholg‘ular bo‘yicha 
fleytachilar R.Yusupov, G.Azimov, trubachilar L.Ahrorov, U.Abdullaev, 
V.Klyuev, fagotchi N.Umarov, trombonchi F.Bortnik va boshqalar yoshlarga 
musiqa sirlarini o‘rgatishgan. 
1
Жилцова A. Учебные заведения культуры и искусства за 60 лет. Архив учебно-методического 
кабинета Министерство культуры УзССР. T., 1984, с.4. 


35 
30-yillarga kelib Respublikada madaniy qurilish ancha rivojlandi. 1934 
yili Oliy musiqa maktabi tashkil qilindi va 1936 yili Oliy musiqa maktabi O‘rta 
Osiyoda yagona Toshkent davlat konservatoriyasiga aylantirildi. 
Konservatoriya ochilishining dastlabki kunlaridanoq damli cholg‘ular 
sinfi ish boshladi. Bu yerga filarmoniya va opera teatri orkestrlarining tajribali 
sozandalari, oldin musiqa texnikumlarida o‘qituvchilik qilgan muallimlar taklif 
qilindi. 
1936 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasida musiqa maktab internati 
tashkil qilinadi (hozirgi R.Glier nomidagi RMMAL). U yerda Gilevskiy va 
M.N.Nikolaenko (valtorna), aka-uka Pestrikovlar (truba-klarnet), Bukanov 
(trombon), M.D.Yakovets (zarbli cholg‘ular) kabi ustozlar yoshlarga musiqa 
sirlarini o‘rgata boshlaydilar. Ushbu internatga Qora Suvdagi bolalar uyidan 
dastlabki o‘quvchilar ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu o‘quvchilarning a’lo bahoga 
o‘qiganlari 1939 yili 1 may paradini tomosha qilish uchun Moskvaga yuboriladi. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish