II Q I S M
I K K I N CH I J A H O N U R U SH I D A N K E Y I N G I D A V R D A
D A M L I CH O L G ‘ U L A R I J R O CH I L I G I N I N G R I V O J I
Musiqa san’atining ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi rivoji
musiqiy ijrochilik san’atining o‘sishi bilan belgilanadi. Madaniyat rivojining
muhim bosqichlaridan biri 1948 yili Alisher Navoiy nomidagi opera va balet
teatrining ochilishi bo‘ldi. Bu teatr o‘zbek va rus opera teatrlari negizida tashkil
qilindi. 1966 yildan boshlab esa Davlat Akademik opera-balet katta teatri deb
nomlana
boshladi.
Urushdan
keyingi
yillarda
birinchi
bo‘lib
P.I.Chaykovskiyning
«Evgeniy
Onegin»,
J.Verdining
«Otello»,
U.Hojibekovning «Kyor ogli», A.Spendiyarovning «Almast» kabi operalar
qo‘yildi.
O‘zbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrining ishi ham faollashdi.
Orkestr jamoalari damli cholg‘ular guruhlarining konservatoriyani bitirgan
sozandalar hisobiga to‘ldirilishi umum orkestrning ijro madaniyati va
professional mahoratini oshishiga zamin bo‘ldi.
A.Kozlovskiy, M.Ashrafiy, M.Nasimov, F.Shamsuddinov, N.Halilov,
N.Alimov va keyinchalik Z.Haqnazarov kabi mohir dirijerlarning faolligi
orkestrning professionalligi darajasini oshirishga va repertuarini kengaytirishga
katta
ta’sir
ko‘rsatdi.
O‘sha
yillari
konsert
dasturiga
S.Prokofev,
D.Shostakovich, V.Shebalin, R.Glier, A.Xachaturyan, K.Kujamyarov, F.Amirov
va boshqa ijodkorlarning asarlari kiritildi.
Urushdan keyingi dastlabki o‘n yilliklarda konservatoriya damli
cholg‘ular sinflari shu o‘quv yurtini tugatgan yangi o‘qituvchi kadrlar bilan
to‘ldirildi. Bular ichida I.V.Loginov (trubachi), U.Rizaqulov (klarnetchi),
B.Gusakov (goboychi), P.Belyakov (fagotchi), I.F.Feofanov (zarbli cholg‘ular),
A.V.Malkeev (fleytachi), V.L.Melkomini (goboychi) va boshqalar bor edi.
Ushbu
sozandalar
konservatoriyaga
kelgunlaricha
O‘zbekiston
davlat
filarmoniyasi simfonik orkestrida yakkaxon cholg‘uchi, o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida o‘qituvchi bo‘lib ishlab tajriba orttirgan va pishib yetilgan ijrochi
pedagoglar edi. Bu davrda damli cholg‘ular sinflariga yangi jo‘rnavozlar kelib
qo‘shildi. Bular L.V.Stankevich, L.I.Kartashevskaya va boshqalar. Ular kafedra
o‘qituvchilariga ko‘p yillar davomida malakali kadrlar yetkazib berishda o‘z
yordamlarini ayamadilar.
Ivan Vladimirovich Loginov (1912-1955)
1
taniqli trubachi, ijrochi-
pedagog, u Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. 1939 yildan
boshlab filarmoniya simfonik orkestrida solist bo‘lib ishlagan. 1941 yili armiya
safiga chaqiriladi. Undan qaytgandan keyin esa konservatoriyada o‘qishni
1
I.V.Loginovning bolalik yillari G‘arbiy Sibirning Mixaylovka qishlog‘ida o‘tgan. 1931-1936 yilgacha
Armiya safida xizmat qilgan. 1937 yilda Toshkent davlat konservatoriyasiga kirgan. A’ lo baholarga o‘qiganligi
uchun truba cholg‘usi bilan taqdirlangan va unda umrini oxirigacha chalgan.
46
davom ettiradi va 1946 yili o‘qishni professor V.A.Reyxe sinfida tugatadi. Shu
yili u orkestr kafedrasida o‘qituvchi sifatida konservatoriyada ishda qoldiriladi.
O‘zbekiston madaniyati rivojining faol qatnashchisi sifatida unga 1950 yili Oliy
sovetning faxriy yorlig‘i beriladi. I.V.Loginov yuksak sifatli orkestr sozandasi
edi.
Uning
diqqati,
badiiy-ijodiy
intizomi,
ma’suliyat
hissiyotining
rivojlanganligi dirijer tassavurini his qilishdek o‘tkir qobiliyati kabi sifatlari,
orkestrda birinchi truba partiyasini benazir mazmunli va yuksak artistizm bilan
ijro qilishi sababli ham orkestrda yuksak madaniyat egasi, tinib-tinchimas va
katta obro‘ egasi edi. Bu tajribali sozanda shogirdlari bilan mashg‘ulot paytida
o‘zi chalib ko‘rsatar, ayniqsa asarning murakkab qismlarini qanday ijro etish
kerakligini amalda ko‘rsatar edi. Bunday tajriba uning o‘quvchilariga ham
singib borgan. I.V.Loginovning bu tariqa faolligi kafedradagi boshqa
o‘qituvchilarni ham befarq qoldirmadi. O‘sha davrdagi truba sinfining zerikarli
o‘quv repertuarini o‘zgartirish va yangilash maqsadida A.Korelli, Y.Gaydn,
S.Raxmaninov, S.Vasilenko va boshqa kompozitorlar asarlarini truba uchun
moslashtiradi. Shuningdek, O‘zbekiston kompozitorlarining boshqa cholg‘ular
uchun yozgan asarlarini trubaga moslab to‘plam tuzadi. I.V.Loginov tomonidan
yaratilgan truba uchun etyudlar o‘quvchilar repertuaridan muqim joy oldi.
I.V.Loginov G.Xusainov, N.Lennik, A.Malashin, V.F.Po‘latov kabi
ko‘pgina talantli shogirdlarni tarbiyalab yetishtirdi. Uning eng asosiy xizmatlari
shundan iboratki, u truba ijrochiligini Toshkent maktabini yaratdi va
V.F.Po‘latov davom ettirishini ta’minladi.
O‘zbekistonda klarnet maktabining shakllanishi talantli sozanda Usmon
Rizaqulov (1912 yil 10.08 da Samarqand viloyati Jomboy qishlog‘ida tug‘ilgan
1965 yil 10.01 Toshkentda vafot etgan) nomi bilan bog‘liq. U yoshligidan ota-
onasidan yetim qolib, bolalar uyidan chiqqan va tarbiya topib Respublika
musiqa madaniyati rivojiga muhim hissa qo‘shgan sozanda ijrochi bo‘lgan.
Usmon Rizaqulov mahalliy millat vakillari ichida Yevropa cholg‘u
ijrochiligida yuksak mahoratga erishgan birinchi oliy ma’lumotli sozanda
hisoblanadi. U dastlab Samarqand keyinchalik Toshkent bolalar uyida
tarbiyalandi va unda bolalar uyida musiqaga ishtiyoq uyg‘ondi. 1929 yili
Toshkent musiqa texnikumiga o‘qishga kiradi va o‘qish bilan birgalikda oldin
yosh tomoshabinlar teatri orkestrida va keyinchalik Muqimiy nomidagi teatr
orkestrlarida sozanda sifatida ishlaydi. 1933 yili Texnikumni tugatgandan keyin
radioko‘mita simfonik orkestrida keyin esa filarmoniya simfonik orkestrida
faoliyat ko‘rsatadi. 1936 yili U.Rizaqulov konservatoriyaga o‘qishga kiradi.
Ikkinchi jahon urushi davrida u armiya safiga chaqiriladi va harbiy xizmatni
Toshkent umumqo‘shin komandirlar tayyorlash harbiy bilim yurti orkestrida
o‘tkazadi. Xizmatdan bo‘shagandan keyin 1948 yili konservatoriyani
V.Kozolupov sinfida tugatadi va orkestr fakultetida o‘qituvchi bo‘lib yoshlarga
ta’lim bera boshlaydi. Uning xalq va vatan oldidagi xizmatlari munosib
taqdirlanib, 1944 va 1953 yillari O‘zbekiston Oliy soveti Prezidiumi faxriy
yorliqlari va 1950 yili O‘zbeksitonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni beriladi.
47
1958 yili konservatoriya dotsenti darajasiga yetishadi. 1959 va 1961 yillari esa
«Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» medali bilan mukofotlangan.
Bu ehtirosli sozanda klarnetining go‘zal, to‘la, jonli va takrorlanmas
tovushiga ega edi. U.Rizaqulov har tomonlama rivojlangan ko‘p qirrali inson
bo‘lgan. «Rizaqulovni bilaman u men boshqargan simfonik orkestrda nafaqat
yetakchi artist, balki talantli sozanda, ijrochilik yutuqlarini o‘z shogirdlariga
o‘rgatadigan tajribali pedagog sifatida ham o‘zini namayon etgan hurmatli inson
hisoblanadi» degan mashhur kompozitor va dirijer A.F.Kozlovskiy A.Malkeev
bilan bo‘lgan suhbatlarning birida.
U.Rizaqulov shogirdi K.Azimov bilan dars paytida.
U.Rizaqulovning asosiy o‘qitish tamoyili asarni shaxsan ijro qilib
ko‘rsatish bo‘lgan. U barcha darslarini bir qo‘lida klarnet ushlagan holda, ba’zan
kuylab, qiyin joylarini chalib berish yo‘li bilan talabalar oldida keng
imkoniyatlar ochgan. U doimo klarnet repertuarini boyitish ustida bosh qotirar,
klarnet uchun moslashtirgan kuylari esa uning yuksak dididan dalolat berardi.
O‘sha asarlar ichida J.Tartinining skripka uchun sonatalari, D.Kabalevskiy va
A.Xachaturyanlarning skripka uchun konsertlari, F.Shopenning valslari bor edi.
U O‘zbekiston kompozitorlari asarlariga alohida e’tibor berar edi.
Bu ajoyib inson ko‘pgina shogirdlarga ustozlik qilib K.Azimov,
V.Butusov,
I.Ruxalis,
X.Isambaev,
R.Dementev,
R.Ibragimov,
A.Li,
V.Kurpinskiy, L.Suxov, B.Nemirovskiylarga o‘xshagan yetuk klarnetchi
sozandalarni tarbiyalab yetishtirdi.
O‘zbekistonda goboy ijrochiligiga asos solganlardan biri yetuk sozanda va
pedagog Boris Naumovich Gusakov (1916-1983 Yelizavetgradda tug‘ilgan) edi.
U 1921 yilda Toshkentga ko‘chib keladi. 1931 yildan 123 artilleriya polkining
48
musiqa tarbiyalanuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. 1934 yili Toshkent musiqa bilim
yurtiga o‘qishga kiradi. O‘qishni tamomlagandan keyin Toshkent davlat
konservatoriyasining N.N.Nikolaev sinfiga o‘qishga kiradi va 1941 yili armiya
safiga chaqiriladi. U Stalingraddan to Pragagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Frontdan qaytganidan keyin konservatoriyani tamomlaydi va orkestr fakultetida
ishda qoldiriladi. Shu bilan birga 1935 yildan 1954 yilgacha O‘zbekiston davlat
filarmoniyasi simfonik orkestrida solist bo‘lib ishlaydi. 1950 yili uning
xizmatlari inobatga olinib «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy
unvoni bilan taqdirlanadi. 1954-1958 yillarda Leningrad konservatoriyasining
opera studiyasida dirijerlik qiladi. 1958 yildan u tanlov asosida Kirov nomidagi
Leningrad opera-balet teatrining orkestriga ishga qabul qilinadi va 1983
yilgacha u yerda faoliyat yurgizadi.
Gusakovning ijrosi o‘ziga xos ifodaliligi bilan ajralib turardi. Ayniqsa
nozik tovushi, texnik mahorati, yuksak darajadagi til attakasining barcha
ko‘rinishlarini benazir ijrosi tinglovchilarni lol qoldirardi. B.Gusakov haqida
o‘sha paytdagi O‘zbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrining bosh dirijeri
A.F.Kozlovskiy – «Biz o‘zining yuqori artistizmi, nozik didi, intizomi,
kompozitor fikrini teran anglaydigan yuksak malakali goboychiga egamiz»
degan edi A.Malkeev bilan suhbatda. Boris Naumovich konsert estradasiga
goboy uchun noyob bo‘lgan asarlarni olib chiqdi. U yakkaxon goboy uchun
murakkab bo‘lgan J.Rossinining «Ipak zinapoya» operasi uvertyurasidagi soloni
qiynalmasdan go‘zal jilolar bilan ijro qilar edi. B.Gusakov o‘zining ijrochilik
faoliyatini yog‘och damli cholg‘ular kvartetida yakkaxon va tajribali o‘qituvchi
sifatida ham namayon etgan edi. U o‘z sinfi o‘quvchilari orasida ijodiy muhit
yaratgan va shogirdlaridan ham tinmay izlanishni talab etar edi. B.Gusakov
goboy repertuarini kengaytirish uchun ancha ish qildi. U o‘zbek, rus va xorijiy
kompozitorlar asarlaridan R.Xamraevning «Romans», H.Nishonovning «Piesa»
va boshqa asarlarni goboy uchun moslashtirdi. Bu xokisor o‘qituvchining
ishlarini uning shogirdi V.L.Melkomini davom ettirdi.
Petr Ivanovich Belyakov (1918-1996) konservatoriyaning ko‘zga
ko‘ringan fagot sinfi o‘qituvchilaridan hisoblanadi. U 1931 yillarda bolalar
uyida va keyinchalik harbiy orkestrda tarbiyalandi. 1934 yili Toshkent musiqa
bilim yurtiga o‘qishga kiradi. 1937 yili konservatoriyaga o‘tkaziladi va bir
vaqtning o‘zida radioko‘mita orkestrida ishlaydi. 1939 yili armiya safiga
chaqiriladi va 1945 yilgacha xizmat qiladi. 1948 yildan O‘zbekiston davlat
filarmoniyasining simfonik orkestrida yakkaxon fagotchi bo‘lib ishlaydi. 1953
yildan konservatoriyada ustozlik qila boshlaydi. Uning el oldidagi xizmatlari
qadrlanib 1974 yili «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoniga
sazovor bo‘ldi. P.Belyakovning o‘qituvchilik uslubi tajriba sinovidan o‘tgan,
filarmoniya simfonik orkestrida solist sifatida boy ijrochilik tajribasi, o‘qitish
metodikasi ijro takomilini rivojlantirishda katta yordam berar edi. U oliy o‘quv
yurtida qirq yilga yaqin ishlashi davomida o‘ttizdan ortiq fagotchilarni yetkazib
49
chiqardi. Ularning orasida Q.Berdiev, B.Kuzmin, S.Tursunov, I.Glotev va
boshqalar bor edi.
Fleyta cholg‘usining yetakchi ijrochilaridan biri Arkadiy Venyaminovich
Malkeev (1923 yil 7 fevralda Belorussiyaning Rechitsa uezdida tug‘ilgan)
bo‘lib, u 1945 yildan 1974 yilgacha O‘zbekiston filarmoniyasi simfonik orkestri
solisti sifatida faoliyat yurgizdi. A.V.Malkeev ijrochilik faoliyatini o‘qituvchilik
bilan qo‘shib olib borgan holda 1945 yildan 1967 yilgacha musiqa
tarbiyalanuvchilar maktab internatida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1954 yili
Toshkent konservatoriyasini tugatgandan keyin orkestr fakultetida faoliyat
yurgizdi. 1951-1956 yillarda M.Ashrafiy sinfida opera-simfonik dirijerligi
mutaxassisligini o‘qib bitirdi. 1967 yilda A.Malkeevga ijrochilik xizmatlari
evaziga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni berildi
A.V.Malkeev (1980 yil).
1976 yildan 1995 yilgacha konservatoriyaning damli cholg‘ular
kafedrasini boshqardi. Uning pedagogik tajribasi ijrochi-artistlik amaliyotiga
asoslangan edi. A.Malkeevning izchil konsert faoliyati urushdan keyingi yillarda
rivojlandi. U klassik va chet el musiqasiga ko‘p ahamiyat berar, fleyta
repertuarini boyitishga harakat qilar edi. Uning konsert dasturidan I.S.Bax,
G.F.Gendel, A.Vivaldi, K.Veber va boshqa kompozitorlari asarlari, romantik va
zamondosh kompozitorlardan T.Shelyugovskiy, P.Perkovskiy, U.Piston,
P.Xindemit, A.Onegger, F.Pulenk, B.Martinu kabi ijodkorlarning kuylari o‘rin
olgan edi.
50
A.V.Malkeevning dars o‘tish uslubi uning o‘z ustozi V.I.Pavelskiy
ishlarining davomi bo‘lib, unda o‘quvchining individual sifatlarini namayon
etish, yosh sozandani har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash tamoyillariga
asoslangan edi. Zukko pedagog va psixolog bo‘lgan A.V.Malkeev o‘z
tarbiyalanuvchilari qalbida ijod yolqinini alanga oldirishga, o‘z cholg‘usiga
nisbatan muhabbat uyg‘otishga juda mohir edi. Uning mashg‘ulotlarida keng
dunyoqarashi, bilimliligi va simfonik dirijerlik ma’lumoti sezilib turar edi. U
shogirdlariga hamma vaqt ijodkorlar yo‘nalishlarini aniqlashda, ijro qilinadigan
asarni chuqur anglashda mohiyatan fikrlashni tinmay uqtirar edi.
A.V.Malkeev qator fleytachilarni tarbiyalab yetkazdi. Simfonik
orkestrlarda, Alisher Navoyi nomidagi opera va balet akademik katta teatri
orkestrida, TurkHO shtab orkestrida chaladigan barcha fleytachilar, Respublika
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari fleyta sinfi o‘qituvchilari uning shogirdlaridir. Ular
ichida R.Shevnin, H.Isaqov, Sh.Asfendiyarov, N.Ramazanov, A.Ivanov,
Yu.Sherbanyuk, A.Sayfullaev, R.Suleymanov va boshqalar bor.
Goboy cholg‘usining yetakchi o‘qituvchilaridan biri Vitaliy Lvovich
Melkominidir (1936 yili 26.03 Toshkentda tug‘ilgan). U 1936-1941 yillari
Toshkent pionerlar uyida V.M.Kozolupov sinfida tarbiya oldi. 1939-1941 yillari
Hamza nomidagi muisqa bilim yurti va 1944 yili konservatoriya qoshidagi
maxsus musiqa maktabi(hozirgi V.Uspenskiy nomli RMMAL)da o‘qidi. 1947
yili konservatoriyada oldin N.N.Nikolaev sinfida, u vafot etgandan keyin
B.Gusakov sinfida ta’lim oldi. 1952 yili Toshkent konservatoriyasini
bitirganidan keyin, 1960 yilgacha radioko‘mita simfonik orkestrida yakkaxon
bo‘lib ishladi. U 1954 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston Davlat
konservatoriyasida goboy va ansambl sinflarida dars berib kelmoqda. Urushdan
keyingi yillar V.Melkomini faol konsert faoliyati olib bordi. Uning repertuarida
klassik kompozitorlar asarlari ustun turardi. Goboyining sadolanishi esa
ijrochining badiiy go‘zal didi, jarangdor tovushi va hissiy sokinligi jihatidan
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning mashg‘ulotlari ziyolilarcha boshlanishi
bilan farq qiladi va shogirdlariga ham shuni singdiradi. Bu ajoyib sozanda,
orkestr va ansamblning nozik ijrochisi, kafedradagi kvartet va kvintetlarning
doimiy ishtirokchisidir. V.L.Melkomini konservatoriya bilan birgalikda
V.Uspenskiy nomli RMMALda ham ishlab 40 yaqin goboychilarni tarbiyalab
yetishtirdi. Ularning orasida Ye.Goldvext, A.Muhamedov, Ye.Gerbold va
boshqalar bor. V.L.Melkomini 1968 yilda konservatoriya dotsenti, 2003 yilda
professor ilmiy darajalarigi ega bo‘ldi. Uning ko‘p yillik samarali mehnatlari
qadrlanib 2001 yili «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»
faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Urushdan keyingi yillarda konservatoriya damli cholg‘ular sinflarida
simfonik orkestr solist fagotchilari P.I.Dashevskiy, V.Mulatov, Ch.Xe,
valtornachilar V.A.Emelyanov va I.A.Krupinskiy (bu taniqli harbiy dirijer
Turkiston harbiy okrugi orkestrlarining inspektori bo‘lib ham ishlagan) va
boshqalar bor edi. I.Krupinskiyning shogirdi V.I.Rudenko filarmoniya simfonik
51
orkestri solisti edi. Shuningdek, trubachilar Teplouxov va A.Ya.Malashinlar
ham o‘qituvchi sifatida ishlaganlar.
Keksa avlod o‘qituvchilaridan farqli o‘laroq, yosh pedagoglar orkestrda
ijrochilik tajribasi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtida tahsil ko‘rgan, umumta’lim
bilimlarini bilishlari bilan ajralib turar va eng muhimi ular o‘sha davrda Moskva
konservatoriyasi professorlari tomonidan yaratilgan ijrochilikning ilmiy
metodikasi bilan qurollangan edilar.
Urushdan keyingi davrda ishlagan damli cholg‘ular pedagoglarining
xizmatlari shundan iborat ediki, ular o‘zlaridan oldin o‘tgan ustozlarining
ijrochilik va pedagogik tamoyillarini yanada yuqoriroq darajaga ko‘tara oldilar
va kelajak avlod o‘qituvchilari uchun zamin yaratdilar. Ular ustozlar avlodining
uzluksiz zanjirini bog‘lovchi halqasi sifatida o‘z xizmatini bajardilar.
Damli cholg‘ular ijrochiligi o‘z rivojining yangi bosqichida o‘quv-tarbiya
va metodik ishlarda hamda boshqa masalalarda aniq va ishni ko‘zini bilib
rahbarlik qilishni taqozo etgan edi. Bunday yumushlar faqat orkestr kafedrasidan
mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan damli cholg‘ular kafedrasi tomonidan hal etilishi
mumkin. Shuning uchun ham 1961 yili Orkestr kafedrasi ikkiga: torli, damli va
zarbli cholg‘ular kafedralariga ajralib chiqdi. O‘sha davrda O‘zbekiston uchun
zarur bo‘lgan sozanda pedagoglarni samarali tarbiyalashda kafedrani bunday
mustaqil bo‘lishi zamonaviy yechim edi. Bunday qaror qabul qilinishining
tashabbuskori ajoyib sozanda, talantli trubachi, kafedrani 15 yil boshqargan
mehribon ustoz Vasiliy Fedorovich Po‘latov (1920 yil 29.12 da Sirdaryo viloyati
Forish tumani Rovot qishlog‘ida tug‘ilgan 2000 yil Toshkentda vafot etgan) edi.
U bolalr uyida tarbiyalangan bo‘lib, musiqaga shu yerda mehr qo‘ygan. 1940-
1942 yilgacha Polant (Turkmaniston) bolalar uyi damli cholg‘ular orkestrini
boshqaradi. 1942 yili armiya safiga ko‘ngilli bo‘lib yoziladi va vatan urushi
frontida qatnashadi. 1947 yilda armiya safidan bo‘shab, Toshkent
konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. 1953 yildan o‘qish bilan birgalikda sozanda
va pedagog sifatida konservatoriyani o‘zida ishlaydi. 1953-1956 yillari Moskva
konservatoriyasining aspiranturasida M.I.Tabakov va G.A.Orvidlar rahbarligida
tahsil oladi. 1956 yildan 1994 yilgacha konservatoriyada o‘qituvchi sifatida
faoliyat ko‘rsatadi.
V.Po‘latov 1950 yildan 1967 yilgacha Alisher Navoyi nomidagi davlat
akademik opera va balet katta teatri orkestrida solist bo‘lib ishlaydi. 1963 yilda
u konservatoriya
dotsenti
lavozimiga tayinlanadi.
1967-1971
yillari
konservatoriya o‘quv-tarbiya ishlari prorektori sifatida faoliyat yurgizadi va bu
davrda o‘qish jarayonini rivojlantirish uchun ko‘p mehnat qildi. Uning
xizmatlari hisobga olinib, 1977 yili «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist»
faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 1979 yili unga kafedrada birinchi bo‘lib,
professor ilmiy darajasi berildi.
52
V.F.Po‘latov (1986 yil).
Moskva konservatoriyasi tajribasi va an’analariga tayangan holda
V.F.Po‘latov kafedra faoliyatini, o‘quv va ilmiy metodik jarayonni rejali
tashkillashtirishda ko‘p ishlarni qildi. V.F.Po‘latov bolalar san’at va musiqa
maktablarida, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida damli va zarbli cholg‘ular sinflarini
ochishda jonbozlik ko‘rsatdi. V.F.Po‘latov O‘zbekistondagi dastlabki konsert
ijrochilaridan bo‘lib, u o‘zining ushbu faoliyatini tolmas targ‘ibotchilaridan edi.
Ayniqsa urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston filarmoniyasi simfonik orkestri
bilan yakkaxon konsertlar berdi. Respublika radiosiga yozildi. Uning
repertuaridan truba uchun mashhur asarlar o‘rin olgan bo‘lib, birinchi navbatda
Y.Gaydn, A.Gedike, S.Vasilenko va boshqa kompozitorlarning konsertlari
shular jumlasidandir. V.F.Po‘latov ijrosi o‘zining chalinayotgan asar mazmunini
chuqur ochish bilan birgalikda so‘lim, ifodali tovushi, benazir ijrosi va texnik
mahorati, umumiy ijro madaniyati yuksak darajada ekanligi bilan ajralib turadi.
V.F.Po‘latovning mashg‘ulotlari o‘zining metodikasi va uslubining yorqinligi
hamda o‘ziga xosligi bilan farq qilar edi. Uning sinfini 70 ga yaqin mutaxassis
bitirgan bo‘lsa ularning ichida Respublika va undan tashqarida ijodiy faoliyat
ko‘rsatayotgan
A.D.Selyanin,
R.M.Gext,
V.A.Verigin,
T.M.Semyonov,
D.Kuchmiy, U.Abdullaev, M.N.Muxiddinov, V.Kucherov, Yu.Parfeonov,
A.Gadjiev, Yu.Ibragimov, B.Matniyazovga o‘xshagan shogirdlari ko‘pchilikni
tashkil qiladi.
Vasiliy Feodorovichning O‘zbekiston damli va zarbli cholg‘ular
ijrochiligi uchun qilgan xizmatlari beqiyosdir. U konservatoriya damli va zarbli
cholg‘ular kafedrasi tarixida birinchi bo‘lib truba uchun darslik chop etgan
(Pulatov V.F. Shkola igri na trube. T., «O’qituvchi», 1979 g.) va professorlik
ilmiy darajasiga yetgan hurmatli ustozlardan bo‘lib qoldi.
53
1960 yillari kafedraga oldin shu dargohda ta’lim olgan yangi o‘qituvchilar
guruhi kelib qo‘shiladi. Bular: K.A.Azimov (klarnet), R.R.Safarov (valtorna),
Yu.V.Kachurin (zarbli cholg‘ular), T.Yu.Fozilov (tuba), V.A.Verigin (truba),
B.M.Murtazaev (klarnet), G.K.Vergilesov (trombon), B.S.Salixov (klarnet) va
boshqalar.
1965 yildan 1983 yilgacha kafedrada tajribali orkestr sozandasi –
klarnetchi Karim Azimovich Azimov (1926 yil 01.10 Toshkentda tug‘ilgan.
1983 Toshkentda vafot etgan) faoliyat yurgizdi.
K.A.Azimov (1977 yil).
Uning bolalik yillari har xil bolalar uylarida o‘tdi. 1941 yili
konservatoriya qoshidagi muxsus musiqa maktabi (hozirgi V.Uspenskiy
nomidagi RMMAL)ga qabul qilindi. 1943 yildan 1949 yilgacha Armiya
xizmatida bo‘ladi. 1951 yili Toshkent konservatoriyasini tugatadi va Alisher
Navoyi nomidagi davlat akademik opera va balet katta teatri orkestrida sozanda
bo‘lib ishlash bilan birgalikda Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida klarnet
sinfida dars bera boshlaydi. 1956 yili konservatoriyani ikkinchi marta
N.Goldman sinfida opera simfonik dirijerligini tugatadi. 1956-1965 yillari
Novosibirsk filarmoniyasi simfonik orkestri dirijeri bo‘lib ishlaydi. K.A.Azimov
Toshkent konservatoriyasi o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil qilish jarayoniga
o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Unga 1968 yili konservatoriya dotsenti darajasi
berildi. Uning sinfida tahsil ko‘rgan o‘quvchilardan O‘zbekistonda xizmat
54
ko‘rsatgan artistlar B.S.Salixov, N.Saliev, Yu.Gulzarov, V.Kurnitskiy va
boshqalarni keltirib o‘tish mumkin.
Urushdan keyingi yillarda konservatoriya qoshidagi o‘rta maktab-
internatga o‘quvchilar qabuli ancha ko‘paydi. Bunda ushbu o‘quv dargohining
dastlabki direktori O.S.Polikarpova va uning o‘rinbosarlari A.E.Soloveva,
S.S.Gavrilov hamda keyinchalik rahbar bo‘lgan I.G.Yuldashevalarning
xizmatlari katta bo‘ldi. Ayniqsa 20 yildan ortiq muddat mobaynida rahbarlik
qilgan I.G.Yuldashevaning davrida o‘quv-tarbiya jarayoni yuksak darajada
tashkil qilindi. Bu davrda maktabda ko‘p yillar ishlagan V.A.Belinkiy
rahbarligida torli cholg‘ular orkestri tashkil qilindi. Damli va zarbli cholg‘ular
bo‘limida urushdan keyingi davrda ishlagan pedagoglar ichida fleytachi
F.I.Negovelov va trubachi A.Ya.Kaplan haqida to‘xtalish mumkin. Fillip
Ivanovich harbiy va opera teatri orkestrida sozanda va pedagog sifatida pionerlar
saroyi qoshidagi bolalar musiqa maktabida katta tajriba to‘plagan edi.
Noziktabiat pedagog-psixolog Abram Yakovlevich Kaplan esa o‘zining
yuksak madaniyati va o‘z cholg‘usini a’lo darajada bilishi bilan o‘quvchilarni
jalb qila olar edi. U opera balet teatri orkestrida ishlash jarayonida katta tajriba
to‘plagan bo‘lib, bu tajriba pedagogik faoliyatida juda qo‘l keldi.
1948 yili musiqachi tarbiyalanuvchilar maktab internati birinchi
bitiruvchilarini hayotga yo‘lladi. Ularning katta qismi armiyaning turli
orkestrlariga yo‘llanma olgan bo‘lsalar, ba’zilari Moskva konservatoriyasining
harbiy dirijerlik kafedrasiga o‘qishga kirishdi. Bu maktabning asosiy vazifasi
harbiy
damli
cholg‘ular
orkestrlarini
professional
sozandalar
bilan
ta’minlashdan iborat edi. Ushbu o‘quv yurtida taniqli o‘qituvchi-sozanda
valtornachilardan V.A.Emelyanov, N.F.Pavlovskiylar professor F.F.Ekkertning
o‘quvchilari bo‘lib, qator valtornachilarni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatdilar.
Shuningdek,
maktab
tashkil
qilinganidan
buyon
ishlayotganlardan
trombonchilar: A.M.Avtondilov, A.N.Buligin, A.A.Franskevich, keyinchalik
kelib qo‘shilgan o‘qituvchilardan fleytachilar A.V.Malkeev, R.Yusupov,
goboychi N.Kenjibaev, klarnetchilar I.Yesin, F.S.Maxsudov, B.Nemirovskiy,
fagotchi P.I.Belyakov, trubachilar V.F.Po‘latov, G.S.Kazitsin, trombonchilar
A.E.Morozov, V.M.Kolesnikov, L.Telyans, tuba sinfini L.A.Kosmodemyanskiy,
zarbli cholg‘ular sinfini V.I.Parfeonov (Feofanov) kabi ustozlar maktab ijodiy
o‘qituvchilar jamoasini tashkil qilgan.
Maktabda orkestr sinfi mashg‘ulotlari juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Maktab orkestrini taniqli harbiy dirijer va kompozitor P.Shpitalniy, opera va
balet teatri orkestri dirijerlari G.Daniyax, P.Xaliqov va boshqalar boshqargan.
1956 yili bu o‘quv dargohi maktab-internat shaklida qayta tashkil qilinib,
O‘zbeksiton xalq ta’limi vazirligi ixtiyoriga berildi.
Hamza nomidagi musiqa bilim yurti damli cholg‘ular bo‘limi urushdan
keyingi yillarda keng ko‘lamdagi ishlarni olib bordi. Uning o‘qituvchilar
jamoasi o‘sha bilim yurtini tugatgan yoshlar bilan to‘ldirildi. Bular goboychi
B.Gusakov, klarnetchi U.Rizaqulov, trombonchi L.Telyans, zarbli cholg‘ular
55
bo‘yicha N.Feofanov, fagotchi P.Belyakov, valtornachi R.Ibragimov, tajribali
o‘qituvchi-ijrochilardan trubachi A.Kaplan, trombonchi V.Kolesnikov va
boshqalar bo‘lgan.
1951 yildan to 1980 yilgacha Leningrad konservatoriyasi professori
A.Parshinning shogirdi N.Kenjibaev bo‘lim mudiri vazifasida ishladi. 1950
yillari bo‘limda V.Po‘latov (truba), K.Azimov (klarnet), professor A.Kozlov
sinfida Leningrad konservatoriyasini tugatgan S.Kazakbaev (trombon) dars
berar edilar. O‘sha yillari ushbu bo‘limning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi opera va
balet teatri orkestri hamda simfonik orkestrlarni professional sozandalar bilan
ta’minlash edi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda bilim yurti qator damli
cholg‘uchi sozandalarni yetkazib chiqardi. Ular Respublika va undan tashqarida
o‘zlarining konsert ijrochilik va pedagogik faoliyatini davom ettirdilar. Bular
ichida A.Li Samarqand musiqa bilim yurtida, F.Maqsudov musiqachi-
tarbiyalanuvchilar maktab-internatida, I.Yunatanov (bas klarnet), M.Vaystux
(angl.rojok), A.Levin (bas trombon) filarmoniya simfonik orkestri solistlari,
R.Gext Moskvadagi musiqa maktablaridan birining direktori kabi sozandalar
yetishib chiqdi.
1960 yillarga kelib bo‘lim o‘qituvchilari tarkibi ancha barqarorlashdi.
L.Suxov (klarnet), A.Selyanin (truba)
1
, X.Isakov (fleyta), Yu.Kachurin (zarbli
cholg‘ular) kabi o‘qituvchilar ishlari faollashdi.
O‘sha davrdagi markaziy oliy o‘quv yurtlari ustoz pedagoglaridan
Yu.Usov, M.Tabakov, B.Dikov, B.Grigorev, S.Levin va boshqalar tomonidan
ishlab chiqilgan metodika va ko‘rsatmalar asosida Toshkentlik o‘qituvchilar
o‘rta bo‘g‘inda o‘z ishlarini davom ettirdilar.
Viloyat bilim yurtlari va bolalar musiqa maktablari bilan muntazam
aloqalar o‘rnatilishi, o‘quvchilar orasida ichki tanlovlar o‘tkazilishi natijasida
iqtidorli yoshlarni saralash imkoniyati tug‘ildi. Shunindek, o‘quvchilarning
mavjud damli cholg‘ular va simfonik orkestrlarda qatnashib amaliyot o‘tishlari
ularning badiiy-ijodiy intizomi va jamoatchilik ma’suliyatini oshishiga katta
ta’sir ko‘rsatar edi. Yillar o‘tishi davomida bilim yurti o‘ziga xos an’analarga
ega bo‘la bordi. Mahalliy mutaxassis kadrlarni tayyorlashga katta ahamiyat
berila boshladi. Bitiruvchilarning ba’zilari konservatoriyaga kirsa, ko‘pchiligi
ijrochilik, orkestr solisti va pedagogik amaliyot bilan shug‘ullandi. Bilim yurti
o‘qituvchilari konservatoriya pedagoglari bilan aloqalarni mustahkamlab,
ulardan maslahat oldilar va ustoz sifatida ergashdilar. Bularni barchasi
zamonaviy nazariya va amaliyot talablari yuqori bo‘lgan davrda bilim yurti
o‘qituvchilariga katta yordam berdi.
Urushdan
keyingi
yillar
Buxoro,
Samarqand,
Namangan
va
Respublikaning boshqa viloyatlaridagi bilim yurtlar damli cholg‘ular
bo‘limlarida ham ancha yutuqlarga erishildi. 1960 yillari Buxoro musiqa bilim
yurtida faoliyat yurgizgan o‘qituvchilar L.Yusupov (truba) say-harakatlari
1
A.Selyanin L.Sobinov nomidagi Saratov konservatoriyasi damli cholg‘ular kafedrasi dekani bo‘lib
ishlagan.
56
tufayli bitiruvchilar saviyasi ancha yuksala bordi. Shu davr ichida Buxoro
musiqa bilim yurtini 200 dan ortiq damli cholg‘ular ijrochilari bitirib chiqdi.
Shular ichida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, bilim
yurtini tuba sinfini tugatgan Mansur Sa’dullaev ham bor edi.
Bu yillari Namangan musiqa bilim yurtida yosh yangi mutaxssis
o‘qituvchilar jamlandi. 1950 yillarda G.S.Xusanov, M.Ibragimov, E.M.Eminov,
1960 yillari V.Ellistratov, V.A.Bokov, 1970 yillari B.Muhitdinov va boshqalar
yoshlarga san’at sirlarini o‘rgatdilar.Ushbu o‘quv yurtidan shu davr ichida 200
dan ortiq damli cholg‘ular ijrochilari yetishib chiqdi. Ularning ichida
G.S.Xusayinov sinfida tarbiya topgan G.K.Vergilesov bor edi.
Samarqand musiqa bilim yurtida damli cholg‘ular bo‘limi 1950 yilda
tashkil qilindi. Dastlabki yillari harbiy dirijer sozandalardan M.A.Zaberjer,
F.Ya.Liss, saksofonchi A.I.Brim, trubachi A.M.Dubovenko kabi o‘qituvchilar
faoliyat yurgizishgan. 1955 yili Moskvadagi Gnesinlar nomidagi musiqa
pedagogika institutini truba cholg‘usi bo‘yicha T.N.Dokshitser sinfini tugatib
B.M.Belskiy keladi. Boris Mixaylovich bu yerda damli cholg‘ular orkestrini
boshqardi va uzoq yillar davomida uning rahbari bo‘lib qoldi. Bu tolmas ijodkor
orkestr musiqasining targ‘ibotchisi sifatida bilim yurtida damli cholg‘ular
orkestrini tashkil qiladi. U orkestrni alt, tenor, bas cholg‘uchilari bilan
ta’minlash uchun damli cholg‘ular bo‘yicha bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan
bayanchilarni jalb qildi. Ushbu orkestr bilan bilim yurti tadbirlarida, shuningdek
shahar va viloyat miqyosidagi bayram va sayllarda xizmat qildi.
B.M.Belskiy bo‘limda metodik ishlarni keng rivojlantirdi. Bo‘lim
o‘qituvchilari seminar va konferensiyalarda o‘quv jarayonini takomillashtirishga
doir dolzarb masalalar bilan chiqishlar qilar va shular ichida Toshkent
konservatoriyasini tugatganlardan A.N.Li ajralib turar edi.
Bilim yurti damli cholg‘ular bo‘limi o‘z faoliyati davomida 200 ga yaqin
sozanda kadrlarni tarbiyalab yetkazdi. Bular ichida truba, klarnet va trombon
cholg‘ulari bo‘yicha tugatganlar katta ko‘pchilikni tashkil qiladi. Buning sababi
mazkur cholg‘ular bo‘yicha nufuzli ustozlar mehnat qilganligidandir.
Bitiruvchilar ichida I.Z.Dimont, A.Z.Dimont, L.R.Telyanslar 1954 yili
bilim yurtini bitkazib, Toshkent davlat konservatoriyasini tugatadilar va
Turkiston harbiy okrugi ansambli, filarmoniya simfonik orkestri va keyinchalik
Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida ishlaganlar. G.Xersonskiy 1956 yili bilim
yurtini tamomlab Moskva konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. 1963 yili
o‘tkazilgan butunittifoq yosh ijrochilar tanlovida I o‘rinni qo‘lga kiritadi. U
Davlat simfonik orkestri solisti bo‘lib ishlash bilan birgalikda Moskva
konservatoriyasi qoshidagi markaziy bolalar musiqa maktabida trombon sinfi
bo‘yicha dars bergan.
Valtornachi I.Z.Dimont Moskva konservatoriyasini tugatgandan keyin
Olma-Ota konservatoriyasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. A.Z.Dimont esa
Toshkent konservatoriyasini tugatgandan keyin shahar garnizoni orkestri dirijeri
sifatida xizmat qildi.
57
Bilim yurtini tugatganlar turli teatr va konsert tashkilotlarida musiqa
maktabi, Akademik litsey va kollejlarda faoliyat yurgizmoqdalar.
Hozirgi Farg‘ona musiqa kolleji 1957 yili musiqa bilim yurti sifatida
tashkil qilingan. Buning sababi O‘zbekistonning aholi zich yashaydigan
hududlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysida sozanda mutaxassislarni
yetishmasligi edi. Birinchi yili damli cholg‘ular bo‘limiga 2 nafar o‘quvchi
qabul qilingan. Ushbu bo‘limni Toshkent konservatoriyasini bitirgan
Ye.M.Gulyaev boshqargan. U qisqa davr ichida damli cholg‘ular bo‘limini
o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash va 1949 yilda ochilgan bolalar musiqa
maktabiga o‘quvchilarni jalb qilgan holda, bilim yurtiga tayyorgarlik ko‘rgan
o‘quvchilarni qabul qilishni tashkillashtirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatdi.
Buning natijasida simfonik orkestr ham tashkil qilindi. Ushbu harakatlar tufayli
Farg‘ona shahri va Marg‘ilonda musiqiy hayot jonlandi. Ushbu orkestrlar
musiqa maktablarida, Gorkiy nomli drama teatrida va boshqa joylarda katta
konsert tashviqot ishlarini yurgizib, musiqa targ‘ibotiga katta hissa qo‘shdilar.
O‘sha paytda bo‘limda tajribali o‘qituvchilar S.S.Gavrilov, va trubachi
G.N.G‘iyosovlar faoliyat yurgizib ko‘pgina sozandalarni tarbiyalab yetkazdilar.
Urushdan keyingi yillarda iqtisodiyot va madaniyatning keskin
rivojlanishi, aholi sonining gurkirab o‘sishi natijasida o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarining shu jumladan musiqa bilim yurtlarining ham ochilishiga talab
kuchaydi.
1960 yili Japaq Shomurodov nomidagi Nukus musiqa bilim yurtining
tashkil qilinishi O‘zbekiston hukumatining avtonom Respublika musiqa
madaniyatini yuksaltirishga bo‘lgan harakatlaridan biri edi. Bilim yurti ochilgan
yiliyoq damli cholg‘ular bo‘limi tashkil qilindi va unda Toshkent
konservatoriyasini bitirgan o‘qituvchilar yoshlarga ta’lim bera boshladilar.
1962 yili Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurti taniqli
kompozitor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rahmon
Ollaberganov tashabbusi va tashkilotchiligida ochiladi. Bilim yurti ochilishining
dastlabki yilidanoq damli cholg‘ular bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi. Bu bo‘limda
Toshkent konservatoriyasini 1955 yili bitirgan E.A.Mo‘minov (klarnet),
keyinchalik V.M.Klyuchnikov (tormbon), A.G.Maslikov (klarnet), A.Gadjiev
(truba, shu bo‘limni 20 yil davomida boshqargan), E.Najmiddinov (valtorna),
M.Yaqubov, B.Matyoqubov, M.Sobirov (klarnet), A.Matniyazov (goboy) va
boshqa o‘qituvchilar faoliyati ibratlidir. Bu dargohda uning direktori Q.Musaev
tashabbusi bilan simfonik orkestr tashkil qilinib, bilim yurti sahnasida
«Nurxon», «Zaharli hayot» kabi musiqali daramalar qo‘yildi va ularga simfonik
orkestr jo‘rlik qilar edi. Shu davrgacha bo‘limni 100 dan ortiq mutaxassislar
bitkazgan. Ular ichida A.Gadjiev musiqachilar tayyorlash maktab-internati,
O‘zbekiston davlat sirki orkestri hamda Hamza nomidagi kollejda va
B.Matyoqubov mazkur kollejda ishlab kelmoqdalar.
Oltmishinchi yillari tashkil qilingan bilim yurtlari ichida 1965 yili
ochilgan To‘xtasin Jalilov nomidagi Andijon musiqa bilim yurti ishlari samarali
58
bo‘ldi. Dastlabki yillar damli cholg‘ular bo‘limida uch nafar o‘qituvchi ishlagan.
Bular valtorna va truba sinfi bo‘yicha T.I.Semenov (Toshkent konservatoriyasini
V.F.Po‘latov sinfida tugatgan) bo‘lib, u yaxshi tashkilotchi o‘qituvchi edi.
Uning to‘satdan vafot etishi samarali ishni to‘xtatdi. 1970-yillarga kelib bu
bo‘limda fleytachi A.Ro‘ziev, valtornachi L.E.Shtengauer, trombonchi
V.A.Pogrebnoy (bo‘lim boshlig‘i) kabi o‘qituvchilar faoliyat yurgizdi.
1960-yillari Respublika musiqiy hayotida simfonik musiqa targ‘iboti
ancha o‘sdi. Berilgan konsertlarning repertuari ancha kengaydi. Toshkentda
G.Maler, I.Stravinskiy, P.Xindemit, A.Onegger, J.Gershvin, B.Britten kabi
kompozitorlarning simfonik asarlari birinchi bor ijro qilindi. 1964 yili
Rossiyaning O‘zbekistonda o‘tkazilgan dekadasi Respublika madaniy hayotida
katta voqea bo‘ldi. Bu dekadada rus va sovet kompozitorlari asarlari ijro qilindi.
Bunda
xalq
artistlari,
taniqli
dirijerlar
Yu.Fayer,
A.Melik-Pashaev,
N.Raxlinlarning ishtiroki katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shu yillari Moskva konservatoriyasining professori RSFSR xalq artisti
G.A.Orvidning Toshkentga kelishi, uning konservatoriya kichik zalida konsert
berishi va ayniqsa bu konsertda ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan asarlarni yuksak
mahorat bilan ijro qilishi, muxlislarda katta ta’ssurot qoldirdi. Bu asarlar:
P.Xindemit
–
Sonata
N.Platonov
–
Poema
J.Enesku
–
Afsona
M.Milman
–
Sonata
J.Absil
–
Uchta ertak
Yuqoridagi N.Platonov va M.Milmanlarning asarlari ijrochi bilan
hamkorlikda yaratilgan va unga bag‘ishlangan kuylar bo‘lib, G.Orvidning
indvidual qirralarini aks ettirgan. Uning cholg‘uni benazir mahorat bilan
chalishi, truba tovushining keng miqyosi Toshkentlik tinglovchilarni maftun
etdi.
G.A.Orvid Toshkentda bir qancha konsertlar berdi. Bundan tashqari
konservatoriya truba sinfi talabalari bilan ochiq darslar o‘tkazdi va «Truba
cholg‘uchilik san’atida tovush hosil qilishning ob’ektiv qonuniyatlari»
mavzusida ma’ruza o‘qidi.
RSFSRda xizmat ko‘rsatgan artist, Moskva konservatoriyasining
professori T.A.Dokshitser Toshkentda ikki marta bo‘ldi. Birinchisi 1965 yili
filarmoniya
simfonik
orkestri
bilan
gastrolda
bo‘lib,
Y.Gaydn
va
D.Arutyunyanlarning konsertlarini ijro qildi. Ikkinchi marta 1967 yili katta teatr
gastrollari paytida teatr orkestri bilan keldi va konservatoriya katta zalida
I.Gummelning konserti va J.Gershvinning «Blyuz ohangidagi rapsodiya»sini
(truba uchun o‘zi moslashtirgan) ijro qildi. Ayniqsa uning koservatoriyada
o‘tkazgan ochiq darslari va «Damli cholg‘ular ijrochisining o‘z ustida mustaqil
ishlashi» nomli mavzudagi ma’ruzasi barchada katta ta’ssurot qoldirdi.
Katta teatrning bu gastrollari davrida uning orkestri sozandalari bilan
konservatoriya talaba va o‘qituvchilari bir qancha uchrashuvlar o‘tkazdilar.
59
Orkestr sozandalaridan butunittifoq tanlovlari laureatlari klarnetchi L.Mixaylov,
fagotchi V.Bogoradlar chalgan asarlar yuksak mahorat bilan ijro qilinganligi
e’tirof etildi. Ayniqsa L.Mixaylov tomonidan I.Stravinskiyning yakka klarnet
uchun uchta piesalari talqini, V.Bogorad tomonidan K.M.Veberning konsertini
birinchi qismi va V.Kuprevichning «Rondo»sini ijrosi tinglovchilar tomonidan
juda yaxshi kutib olindi.
Moskvaning mashhur sozandalari tomonidan berilgan konsertlar mahalliy
hamkasblari va o‘quvchi yoshlar uchun katta amaliy va namunaviy ahamiyatga
ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |