tamoyillari. D. kishiriing yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi,
mafkurasi
bilan bog‘liq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy,
siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o‘z aksini topadi.
SHaxsning D. ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog'langan.
D. insonning o'zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda
baholashi asosida shakllanadi.
Deizm (lot. deus — xudo) — diniyfalsafiy ta’limot; D. xudoni
mukammal tabiat "mashinasi"ni yaratib,
unga qonunlar va harakat
baxsh etgan olamiy aql deb e’tirof qiladi, biroq tabiatning o ‘z
harakatlariga xudoning keyingi aralashuvini inkor etadi va xudoni
bilish uchun aqldan o‘zga yo‘lni rad qiladi. 17-a.da yashagan ingliz
faylasufi lord G. CHerberi D. asoschisidir ("Haqiqat haqida risola...",
1624). Deistlar kolpgina o‘zgarmas aqidalar va urfodatlarga qarshi
chiqib, aqlga muvofiq keladigan dinni targ‘ib etadilar.
Galaktika (yun. Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy o ‘zaro
tortishish kuchi bilan bog‘langan hamda Quyoshni ham o‘z ichiga
olgan 200 mlrd.dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi.
G.da yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz,
chang va turli
mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy ko‘rinishi jihatidan
mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, o‘lchami jihatdan
esa undan sezilarli farq qiladi.
M ateriya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini
ifodalovchi
umumiy
tushuncha.
Olamda
"umuman
odam"
boMmaganidek "итшпап M." ham bo‘lm&ydi, balki M.ning anik,
ko‘rinishlari uchraydi. SHu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha
moddiy obyektlarga xos xususiyatlami umumlashtirib ifodalash uchun
M. tushunchasini qo'llashgan. M. tushunchasini
moddiy olamning
substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan
birga M. sof potensiya (yashirin imkoniyat) deb tushuttilgan. M.ni R.
Dekart fazoviy ko‘lam va bo‘linadigan moddiy substansiya deb
ta’riflagan va и XVII-XVIII asr materializ-mning asosi bo'lgan. M.
dialektik
materiayaizmyaint
asosiy
tushunchasidir.
Materialist
faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama bo‘rttirib, borliq tushunchasi
bilan aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va insori ta-
fakkurining asosida yotuvchi va ulami
umumlashtiruvchi tushuncha
substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya
yotadi deb hisoblovcni oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb
hisoblovchi oqim dualizm, ko‘p substansiyalar yotadi deb hisoblovchi
151
oqim plyuralizm deb atalgan.
M if(yun. mithos — afsona, rivoyat, asotir) — qad.
odamning
borliq olam haqidagi ibtidoiy tasaw urlari majmui bo‘lib,
koinotning
yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga
kelishi, samoviy jismlaming paydo bo'lishi, tabiiy hodisalaming
sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar
to‘g‘risidagi e ’tiqodiy qarashlami o 'z ichiga olgan. M. qad. odamning
voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo'lib, tabiat va
jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qad.
tasav-vurlar silsilasidir. Mifologik tasaw urlar muayyan voqelik
mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasada, M. yaratilgan va
ommalashgan joyida o‘z ijodkori va ijrochilari
tomonidan haqiqatda
bo'lib o‘tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan.
Qadimgi
odamning olam
haqidagi
tasawurlarini
o‘zida
ifodalagan va avloddan avlodga etkazishga mo‘ljallangan M.laming
ommalashish usullari ham turlicha bo‘lib, asosan, jonli og‘zaki ijro
orqali, ya’ni so‘z vositasida hikoya qilib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: