O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari
1. Diqqat haqida tushuncha?
2. Diqqatning nerv – fiziologik asoslarini izohlang?.
3. Diqqat turlari aytib bering?
4. Diqqatning qanday hususiyatlari mavjud?
5. Diqqatning sportdagi ahamiyati qanday?
6. Sportdagi diqqatning hajmiga misollar keltiring?
7. Sportdagi diqqatning barqarorligiga misollar keltiring?
8. Sportdagi diqqatning ko‘chishiga misollar keltiring?
8- MAVZU. Sport faoliyatidagi emotsional holatlarning ahamiyati.
Reja:
1. Emotsiya (hissiyot) tо‘g‘risida umumiy tushuncha.
2. Hissiyotning fiziologik asoslari. Hissiyotning tashqi ifodalanishi. Emotsional holatlar va
ularning turlari.
3. Sport faoliyatidagi emotsional holatlarning tavsifi.
Quyidagi savollarni mustaqil o‘rganib yozma javob tayyorlash.
Hissiyot va tuyg‘u haqida tushuncha. Hissiyot kechinmalarining asosiy
hususiyatlari. Hissiyot va tuyg‘ularning funksiyalari. Hissiyot va tuyg‘ularning
asosiy sifatlari va tashqi ifodalanishi. Hissiyotning klassifikatsiyasi. Hissiyotning
nerv-fiziologik asoslari. Sport faoliyatida hissiyot va tuyg‘ularning ahamiyati.
Ishning vazifasi. Hissiyotning sport faoliyatida ahamiyati mavzusida munozara
o‘tkazish. Talabalar o‘z sport tajribalaridan uchragan emotsional holatlari haqida
axborotlar tayyorlash va ularni muhokama qilish.
Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda
oʻzoʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik
mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson
sifatida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini holisona aks ettiradi.
Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak
ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot
tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda
qoʻllanadi. Kundalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglanmagan
mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy
manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi
narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida
qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab
turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi,
gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik,
javobgarlik, masʼuliyat, vijdon, sevgi kabi yuksak hislatlarni emotsiya tarkibiga
kiritish gʻayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining
mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan
keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi (hissiyot)
ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) hususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati,
hulq-atvori, muomalasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va
hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Emotsiya faqat
insonlarga emas, mavjudotlarga ham taalluqli psixik holatdir. Hissiyot ijtimoiy
muhitdagi kishilar tomonidan oʻzlashtirilgan gʻoyalar, meʼyorlar, qonun qoidalar,
nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, murakkab
kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. Hissiyotda yuksak his-tuygʻular ongli
harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs holatining murakkab
tarkibida kechadi. Masalan, sportdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat
tuygʻulari hissiyotning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. Jonivorlar esa bunday
imkoniyatlarga ega emas. hissiyotning fiziologik asosi bosh miya katta yarim
sharlari poʻstida va poʻstloq osti qismida yuzaga keladigan nerv jarayonlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |