Mundarija: I. O‘quv materiallar 1 Ma’ruza mashg‘uloti materiallari


O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana18.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#890564
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
SPORT PSIXOLOGIYASI 2-KURS O‘QUV MATERIALLAR

 
O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari 
1. Iroda to‘g‘risida tushuncha bering? 
2. Irodaning nerv – fiziologik asoslarini izohlang? 
3. Irodaviy harakatlarni asosiy momentlari tavsiflang? 
4. Shaxsning irodaviy sifatlari aytib bering? 
5. O‘z irodasini tarbiyalashda nimalarga ahamiyat berish kerak? 
6. Sport faoliyatida irodaning ahamiyatini ochib bering? 
7. O‘z sportingizdagi irodaning namoyon bo‘lishini izohlang? 
10-MAVZU. Sportchi shaxsining psixodiagnostikasi 
 
REJA: 
1. Psixodiagnostika haqida tushuncha. 
2.
Psixodiagnostika prinsiplari: ob’ektivlik prinsipi, dinamiklilik prinsipi, analiz-sintez o’rganish 
prinsipi. 
Sportchilarni tayyorlashda psixologiyaning o‘rni o‘ta muhimligini anglab
yetishi tufayli shaxsni tajribaviy-psixologik tadqiq etishning ahamiyati ham tobora 
oshib bormoqda.
Eng ommabop ko‘p o‘lchamli savolnoma sifatida Minnesot ko‘pfazali 
shaxsga oid ro‘yhatini tilga olish mumkin (MMR-1). Mazkur savolnoma o‘tgan 
asrning 50-yillarida Amerikalik psixologlar S.Xatuey va J.Mak-Kinlilar tomonidan 
ishlab chiqilgan hamda sport amaliyotida keng tarqalgandir. Ushbu savolnomaning 
asl variantida 566 ta qat’iy hukmni tasdiqlovchi iboralar bo‘lib, ularning bahosi 
asosida 13 ta asosiy shkalalari va 200 dan ortiq qo‘shimcha shkalalarning 
ahamiyati hisob kitob qilinadi. Asosiy shkalalar ikki guruhga bo‘linadi: baholovchi 
va tayanch guruhi. Baholovchi shkalalar tadqiqot natijalarining ishonchliligini 


baholashga mo‘ljallangan bo‘lsa, tayanch guruhlar shaxsning o‘ziga hos 
hususiyatlarini tavsiflash uchun mo‘ljallangandir. Ularning yordamida sinovga jalb 
etilgan kishining disgormonik rivojlangan shaxsning 10 ta turidan bittasiga 
yaqinligi o‘rganiladi.
16 faktorli shaxsga oid so‘rovnoma (16—FLO) ham huddi MMR-1 kabi 
shaxs ko‘rinishlarining keng jabhalarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan. 16-FLO 
shkalalari dastlabki shaxsiy belgilar to‘plamidan iborat bo‘lib, ular bayon etilgan 
ko‘p sonli tavsifnomalarning ichidan faktorli tahlil asosida ajratib olinadi. 
MMR-1 va 16-FLO savolnomalari amaliyot uchun o‘ta qulayligi va validligi 
bilan ajralib turadi, ushbu so‘rovnomalar turli amaliy vazifalarni hal etishda 
ishonchli vosita ekanligini isbotladilar. Shunday bo‘lsada bu ikki so‘rovnoma 
shaxsni o‘rganishga oid tadqiqotlarning ikkita biri-biridan farq qiluvchi 
yo‘nalishlariga oiddir: MMR-1 tipologik yondoshuvining metrik ifodasi bo‘lsa,
16-FLOda shaxsning belgilari asosidagi yondoshuv amalga oshirilgan. Bu farqlar 
MMR-1 va 16-FLOni o‘zaro bir birining o‘rnini bosa ololmaydigan qiladi. Ko‘p 
tadqiqotlar ikki so‘rovnomalarni birgalikda qo‘llashni talab etadi. 
Loyihaviy testlar. 
Shaxsga oid loyihaviy testlarni 3 ta asosiy hususiyati ajratib turadi:
1. Vazifalarni bajarishda hech qanday cheklashlarning yo‘qligi (bunda 
javoblarning cheksiz, hilma—hil bo‘lishiga ruhsat beriladi); 
2. Topshiriqlarning neytralligi, ya’ni sinovga jalb etilgan 
tekshiriluvchilar uchun nohush bo‘lmasligi (buning uchun barcha topshiriqlar 
mavhum va noaniq shakllarda beriladi);
3. Test materialining noaniq ko‘p manoli bo‘lishi.
Loyihaviy testlar qatoriga tematik appersevtiv test, Rorshax testi hamda 
Rozetsveygning rasmli – frustratsion testlari kiradi.
Tematik appersevtiv test (TAT ular ichida eng mashhuridir, mazkur test 
Garvard universiteti olimlari K.Morgan va I.G.Myurreylar tomonidan ishlab 
chiqilgan (1935-yil). Asl nushasida TAT 30 ta rasmdan iborat bo‘lib, uning bir 
qismi turli suratlardan, fotosuratlardan olingan reproduksiya bo‘lsa, ikkinchi qismi 
psixologlarning mahsus buyurtmalari bo‘yicha chizilgandir. Bundan tashqari test 
materiallari tarkibiga oppoq karta ham kiritilgan bo‘lib, unda sinov ostidagi kishi 
o‘zi istagan tasvirni tasavvur qilishi mumkin. Ushbu to‘plamdan sinov ostidagi 
kishiga ketma–ket tarzda 20 ta karta taqdim etiladi, shundan 10 tasi hammaga 
tavsiya etiladi, qolganlari sinovga jalb etilganlarning jinsi va yoshiga qarab tanlab 
olinadi. Sport variantida 10 majburiy suratlarda sport hayotiga oid voqealar 
ifodalangan: sport jamoasidagi mojarolar, sport trener bilan o‘zaro munosabatlar,
musobaqaga oid vaziyatlar va hokazolar. 
Test davomida sinov ostidagi shaxsga har bir surat bo‘yicha biror bir hikoya 
to‘qish tavsiya etiladi. Bunda sinovga jalb etilgan kishi o‘z hikoyalarining qanday 
ahamiyatga ega ekanligini bilmaganligi sababli (bu tasvirlarda go‘yoki oddiy hollar 
tasvirlangan va ular, sinovga jalb etilganning hayotiga, muammolariga mutloqo 


dahli yo‘qdek tuyuladi), u savolnomani to‘ldirayotgan paytdagiga qaraganda o‘z 
javoblarini kamroq nazorat qiladi.
Hikoyalarni tahlil qilish va talqin etish borasida turli tuman yondoshuvlar 
mavjud. Hikoyalarni talqin qilish sxemasini tanlash ko‘p jihatdan tajriba 
o‘tkazuvchining nazariy qarashlariga va tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Sinovga jalb 
etilgan shaxsni uning o‘zi to‘qigan hikoyasi asosida tavsiflashda, uning bosh 
qahramonini ajratib olish, uning xarakterini tavsiflash shuningdek u harakat 
qilayotgan muhitning o‘ziga hos jihatlarini ham tavsiflash kerak bo‘ladi.
Shuningdek, sinovga jalb etilganning hikoyasida qahramon o‘zining xarakteridagi 
qaysi jihatlarni namoyish etganligi (g‘ayratlilik, qat’iyat, tajriba, professionallik va 
hokazolar), uni qurshab turgan muhit qandayligi (unga hayrixoh, dushman, loqayd 
va hokazo), qahramonning o‘z maqsadiga borish yo‘li yengilmi yoki qiyinligi,
uning qanday maqsadlarni tanlashi, oldidagi to‘siqlarga qanday munosabatda 
bo‘lishi, qanday sharoitlarda muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishi, omadsizlikka 
uchraganda o‘zini qanday tutishi, uning xatti—harakatlari qanchalar to‘g‘riligi,
hikoyalardagi hayot realmi yoki xayoliy—fantastik ekanligi va hokazolarga e’tibor 
berish nihoyatda muhimdir.
Rozentsveygning rasmli – frustratsion testi kishining frustratsion 
bag‘rikengligini, ya’ni uning psixik moslashuvchanligini buzmasdan turib,
frustratsiyani his etish qobiliyati, ya’ni uning hayotiy to‘siqlarni munosib tarzda 
baholay olish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘lni topa bilish qobiliyatini 
o‘lchashga mo‘ljallangan. Mazkur rasmli – frustratsion testning muallifi bo‘lgan 
S.Rozentsveyg insondagi frustratsion bag‘rikenglikning ham uning shaxsiy 
hususiyatlari tarkibiga kiritadi. Ushbu olimning tadqiqotlari sport psixologiyasi 
uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Testni bajarar ekan, sinovga jalb 
etilgan shaxs frustratsiya vaziyatida berilgan 24 tasvirga og‘zaki javob berishi 
kerak bo‘ladi. Barcha loyihaviy testlarda bo‘lgani kabi bunda ham sinalayotgan 
shaxsning tasvirlarga munosabat bildirayotganida faqat o‘ziga hos bo‘lgan xatti— 
harakatlarni huddi hayotdagidek haqqoniy bajarishini ko‘zda tutadi.
Frustratsiyaga reaksiya bildirish hamda uning oqibatlarini tugatish usullari 
sportchining xatti—harakatlarini prognozlashtirishda, ya’ni bashorat qilishda juda 
katta ahamiyatga egadir. Chunki bu holat stresslarni keltirib chiqaruvchi ta’sirlarga 
nisbatan uning individual hususiyatlarini ochib beradi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish