78
rivojlangan bo`ladi. Mazkur egatchalar zondlanganda tubida og`riq sezilishi
mumkin,
barcha satxi silliq, zichligi yuqori bo`ladi. Egatchalar tubida oson
tozalasa bo`ladigan karashlar mavjud. Karashlar tozalangan joylarda pigmentatsiya
soxalari mavjud bo`ladi.
Pigmentlashgan soxani to`q yoki och rangi egatchalar chuqurligi bilan
bog`liqdir. Ba’zan egatchalar tubida kushimcha chuqurchalar aniqlanishi
to`qimada rivojlanish davrida moda almashinuv jarayonida chuqur o`zgarishlar
bo`lganidan darak beradi. Nuqsonlar mavjud joyida emal to`qimasini
yupqalashgani aniqlanadi. Sistemali emal gipoplaziyasida egatchalar bir xil davrda
rivojlanib oxaklashadigan tishlarda yoki barcha tishlarda kuzatiladi.
Mazkur nuqson rivojlanishi oltinchi tishlar chaynov do`mboqchalarini, qoziq
tishlar, ba’zan premolyar tishlar do`mboqchalari
xam ingichkalashuviga,
tikanaksimon shaklgi ega bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu o`tkirlashgan uchli tishlar
do`mboqchalari lunj, til shilliq qavatini tez-tez shikastlab turishiga sabab bo`ladi.
Nuqsonli tishlar chaynov yuzasida emal qavati yupqalashgan, tikanaksimon
do`mboqchalar va yupqalashgan kesuvchi qirralar yorilib sinib ajralishi tufayli
tishlar anatomik shaklini o`zgarishiga olib keladi. Bu o`zgarishlarning
barchasi
tishlarning o`lchamlarini kichiklashuviga sabab bo`ladi.
Egatchalar chuqurlashgan joylarda kariyes jarayoni boshlanishiga sharoit
tug`iladi. Ovqat qoldiqlari, yumshoq karashlar, mikroorganizmlarning bu
nuqtalarda uzoq vaqt saqlanib turishi bijg`ish, kislotalar xosil bo`lishi
va emal
dentin demineralizatsiyasi bilan davom etadi, kariyes kavaklari paydo bo`ladi.
Nuqsonlar bor joyda siyqalanish natijasida emal to`qimasi butunlay yemirilib ado
bo`lishi oqibatida aplaziya soxalari yuzaga keladi.
Bolalar kosmetik noqulayliklarga, tish toj kismlari sinib tushib ketishiga,
tishlar siyqalanishiga, xarorat ta’sirida sodir bo`ladigan og`riqlarga
shikoyat
qilishadi. Emal sistemali gipoplaziyasining egatchali shaklini sirkulyar kariyes,
autosom-dominant chuqurchali-egatchali irsiy tugallanmagan amelogenez bilan,
faqat ayollarda uchraydigan yopishgan-X xromosomali dominant gipoplastik irsiy
tugallanmagan amelogenez (yo`l-yo`l turi) kabi kasalliklar bilan qiyosiy tashxis
qilinadi.
Rentgen tasvirlarda egatchalar tubi soxasida gorizontal yo`nalgan qora yo`llar,
shular fonida ko`rinadigan qora dog`lar almashinuv jarayonining chuqur
buzilganidan darak beradi. Bu esa o`z
navbatida xomilador ona, yoki yangi
tug`ilgan bola boshidan kechirgan kasallikning og`irlik darajasi bilan bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: