Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Tish qattiq to`qimalarining follikulyar taraqqiyotida yuzaga keladigan



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

Tish qattiq to`qimalarining follikulyar taraqqiyotida yuzaga keladigan 
nokariyes kasalliklari tasnifi (V.K. Patrikeev, 1968 y.). 
1.
Emal gipoplaziyasi 
2.
Emal giperplaziyasi 


74 
3.
Endemik flyuoroz 
4.
Tishlar taraqqiyoti va yorib chiqish anomaliyalari 
5.
Tishlar taraqqiyotining irsiy buzilishi.
 
5.2. Emal gipoplaziyasi 
Emal gipoplaziyasi – bu tish qattiq to`qimalarining rivojlanish davridagi 
metabolik jarayonlarning buzilishi oqibatida sodir bo`ladigan emalning sifat va 
miqdoriy o`zgarishlari bilan tavsiflanadigan xastalikdir. 
Etiologiyasi:
A.I. Abrikosov (1914) fikricha bunda emal to`qimasini xosil 
qiluvchi enamelobalst xujayralar faoliyatining o`zgarishi sababli emal 
to`qimasining shakllanishi buziladi. I.T. Lukomskiy (1953), S.I. Vays (1965) 
fikricha bu nuqson emal to`qimasining minerallashuvi davrida sodir bo`ladigan 
minerallar yetishmovchiliklari oqibatida yuzaga keladi, bunda tish to`qimalarining 
shakllanishi buzilmasligini e’tirof etishadi.
Z.N. Sharayevskiy (1954), I.O. Novik (1961), A.I. Rыbakov (1966)lar 
gipoplaziya emal to`qimasining shakllanishi buzilishi va mineral tuzlarning shu 
davrda yetishmovchiligidan kelib chiqadigan nuqson deb tushuntirishadi.
V.K. Patrikeev (1967) fikricha gipoplaziya nafaqat mineralizatsiya 
jarayonining buzilishi, balki emal to`qimasining oqsilli asosi (matritsasi)ning 
shakllanishi buzilishi bilan enameloblastlar faoliyatining pasayishi natijasidir. G.V. 
Ovrutskiy (1991) gipoplaziya emal shakllanishi davrida eng ko`p uchraydigan 
nokariyes kasalliklaridan biridir deb ta’riflaydi. 
Gipoplaziyada tish emalidagi noto`kislik nuqsoni orqaga qaytmaydigan xolat 
bo`lib, xosil bo`lgan nuqsonlar tish emalida bir umrga saqlanib qoladi. Bunda 
dentin to`qimasi tuzilishida va tish pulpasida xam o`zgarishlar sodir bo`ladi. Emal 
gipoplaziyasi doimiy tishlarda uchrab, u bolalarning 4,5 oylikdan 2,5-3 yoshlar 
oralig`ida o`tkir yuqumli kasalliklar, raxitning og`ir shaklini, toksik dispensiya, 
alimentar distrofiya, oshqozon-ichak, endokrin sistemasi kasalliklarini boshidan 
kechirganligi bilan chambarchas bog`liqdir. Mazkur tish emali nuqsoni tabiatan 
bolaning xomila davrida, sut tishlari emali rivojlanishi, oxaklanishi davrida sodir 
bo`lmasligiga asosiy sabab, xomila davrida yo`ldoshning zaxarli toksinlardan 
ximoya qilish xususiyatining mavjudligidir. Lekin ba’zida xomiladorlik davrida, 
ayniqsa xomiladorlikning ikkinchi davrida og`ir kechadigan kasalliklarga 
chalinishi (qizilcha, toksoplazmoz va boshqa.) yo`ldoshning ximoya vazifasini 
anchagina susayitirishi, uning butunligini buzib, o`tkazuvchanligini oshirishi, yoki 
bo`lmasa bola tug`ilgandan so`nggi birinchi kunlar, xaftalarda tug`ilgan bolaning 
o`zini kasallikka chalinishi sut tishlarida xam emal gipoplaziyasini sodir qilishi 
mumkin.
Kechki toksikozlarda va xomilador ayolning kasalliklarida mineralizatsiya 
jarayoni faqat sut tishlari follikulasidamas balki erta chiqadigan birinchi doimiy 
molyar tishlarida xam ro`y berib ularning gipoplaziyasini ta’minlaydi. Shuningdek 
xomilaning 7-8 oylarida tug`ilgan bolalarning sut qoziq tishlarida, kurak 
tishlarining bo`yin qismida, molyar tishlarining chaynov yuzalarida emal 
gipoplaziyasi nuqsonlari uchrashi to`g`risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda 


75 
keltirilgan. Bunday xolni kundalik amaliyotda stomatolog shifokorlar uchratib 
turishadi. 
Ilgari emal gipoplaziyasi sut tishlarida kam uchragan bo`lsa, bugungi kunda 
shifokorlar bu nuqsoni bor sut tishlarini tez-tez uchrata boshladilar. Buning asosiy 
sababi ilgarigi davrlarda og`ir kechki toksikoz, og`ir infeksiya xastaliklariga 
chalingan xomilador onalar bolalarini tirikligini saqlab qolishning iloji bo`lmagan 
va bunday nuqsonli tishlari bor bolalar deyarli uchramagan. Bugungi kun 
tibbiyotida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, yuqori samarali davolash ishlari, 
muolajalari ularning tirikligini ta’minlab ko`plab tug`ilishlariga imkoniyat yaratib 
bermoqda.
Bolalarni sun’iy ovqatlantirish, o`rta og`irlikdagi shamollashlar xam doimiy 
tishlarda u yoki bu shakldagi gipoplaziya xolatlariga olib keladi. 
2-3 yoshda bolalarda kechadigan mineralizatsiya jarayoni ancha turg`un 
bo`ladi va bolaning organizmi xar xil moda almashinuvi buzilishlariga nisbatan 
yaxshigina qarshilik ko`rsatish qobiliyatiga ega bo`ladi. Bunday turg`unlik doimiy 
premolyar va 2-molyar tishlarda emal gipoplaziyasini sezilarli darajada kam 
uchrashini ta’minlaydi. 
Emal gipoplaziyasining uch xil turi farqlanadi: sistemali, maxalliy va o`choqli. 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish