Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

12-Rasm. 
Shakllanmagan 
ildizli 
doimiy kurak tishlarni davolash. 
a-davolanishdan oldingi manzara: 
1-granulyatsiyalanuvchi 
to`qimaning 
ildiz qavatiga o`sib kirishi; 2-o`lgan 
pulpa 
to`qimasi; 
b- 
granulyatsiya 
to`qimasini olib tashlash; v-muolaja 
tugatilgandan so`ng: 1-to`ldirgich pasta; 
2-dentin qatlam; 3-plomba; g-suyak 
to`qimasining tiklanishi. 
Bunday davoni og`riq paydo bo`lgan hollarda tishni og`riqsizlantirish yo`li 
bilan amalga oshirish mumkin. Ildiz kovagidan granulyatsion to`qima olib 
tashlanayotgan vaqtda kuchli qon oqish hollari yuz berpshi mumkin. Qon oqishini 
to`xtatish maqsadida ildiz kovagiga bir necha minut mobaynida vodorod peroksidi 
yoki adrenalin suyuqligi Shimdirilgan turunda qo`yish ishimizni ancha 
yengillashtiradi. Ildiz kovagini granulyatsion to`qimadan bartaraf qilib plomba 
materiali bilan to`ldirish bemorning birinchi qatnovi vaqtida tugallanmog`i lozim. 
(12-rasm, v, g). Aks holda, ikkinchi qatnov vaqti mobaynida granulyatsion to`qima 
kovakka yana o`sib kirishi mumkin. 
Bajarilgan ishlar rentgen tasviridan foydalanib kuzatilishi shart. Agar ildiz 
kovagi 
shakllanmagan 
tishlarda 
oxirigacha 
to`ldirilmaganligi 
natijasida 
yallig`lanish jarayoni davom etib, periodont atrofidagi suyak to`qimasi tiklanmasa, 
bunday hollarda suyak yemirilishi davom etadi va yiringli ekssudat milk sohasiga 
yorib-chiqib, svish hosil bo`ladi. Ana shunday hollarda jarroxlik yo`li bilan tish 
ildizining uch qismi kesib (rezeksiya) olinadi. 
Surunkali periodont yallig`lanishi katta oziq sut tishlarida rezorsin-formalin 
usulida davolanadi. Bemorning birinchi qatnovi vaqtida kariyes kovagi 
kengaytirilib charxlanadi va pulpa kovagi yaxshilab ochiladi. Chirigan pulpa 
qoldiqlari ildiz kovagiga kirish qismidan tozalanib, fenol-formalin eritmasi 
shimdirilgan paxta tampon qo`yilib, kovak suvli dentin pasta yordamida 
berkitiladi. Fenol-formalin suyuqligi mikroorgannzmlarni o`ldirib, kovakni 
dezinfeksiya qiladi. Ayni holda tish kovagini bunday yo`l bilan berkitish 
(germetizm) periodont to`qimasida mavjud bo`lgan ekssudatli yallig`lanish 
jarayonining faollik kuchini sinash uchun ham vosita bo`la oladi. Shu tarzda 
kovagi berkitilgan kasallangan tish 2-3 sutka mobaynida og`rib bemorni bezovta 
qilmasa, ikkinchi qatnov paytida muolaja davom ettiriladi. Bordi-yu, 


64 
davolanayotgan tishda kovak berkitilgandan keyin ma’lum bir muddat o`tgach 
og`riq paydo bo`lsa, u holda vaqtinchalik plomba olib tashlanib, tish kovagi ochiq 
holda qoldirilishi ota-onalarga ma’lum qilinadi. 
Bolalarda doimiy oziq tishlarni davolashda bemorning birinchi qatnovi 
davomida kasallangan tishniig toj va ildiz kovagi odatda chirigan pulpa 
qoldiqlaridan holi qilinmog`i lozim. Lekin birinchi qatnovda tish ildiz cho`qqisi 
drilbor yordamida (burama bor) kengaytirilmasligi lozim. Aks holda infeksiya 
periodont to`qimasidan ichkari kirib, yallig`lanish jarayoni qayta o`tkirlashishi 
mumkin. Chunki doimiy oziq tishlarda bir ildizli tishlardan farqli ravishda Z ta 
ildiz mavjuddir, bu esa infeksiya tarqalishining havfini yanada oshiradi. Shularni 
nazarda tutib, ildizlarni dezinfeksiya qilish maqsadida, ildiz bo`shlig`iga kirish 
sohasida fenol va formalin eritmalarining 2:1 nisbatdagi aralashmasiga 
shimdirilgan paxta tamponni (1-2 sutka) vaqtinchalik plomba ostida qoldirish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ikkinchi qatnov paytida ildiz kanallari oxirigacha 
tozalanadi va rezorsin-formalin suyuqligi yordamida impregnatsiya qilinadi 
(shimdiriladi). Shundan keyin plombalash ishlari amalga oshiriladi. 
Rezorsin-formalin aralashmasini ildiz kanaliga kiritishdan oldin, unga 
antiseptik ishlov berilib quritiladi. Yuqori jag` molyar (oziq) tishlari 
davolanayotganda bemor kresloga gorizontal holda yotqizilib (boshi orqaga 
tashlanadi, engagi yuqoriga ko`tariladi. Bu holatda kiritilayotgan eritma ildiz 
kanali cho`qqisigacha oqib kiradi. Yosh bolalarda (4-5 yosh) bunday holat 
birmuncha qo`rquv hissini tug`dirishini hisobga olib, ularni kresloga vertikal holda 
o`tkazilib, ildiz kanallariga eritma yumshoq paxta turundalar yordamida bir necha 
bor takroran kiritish bilan singdiriladi. Ana shundan keyin kanallarga kirish 
qismida eritmani paxta tamponga shimdirib, vaqtinchalik plomba ostida qoldirish 
mumkin va oxirgi qatnov paytida plombalash ishlari tugatiladi. Ildiz bo`shlig`ini 
to`ldiruvchi pasta sifatida rezorsin-formalin eritmasida qorishtirilgan rux oksidi 
(okis sinka) poroshogidan foydalaniladi. Rux oksidi rentgen kontrast modda 
hisoblanadi. 
Ildizlari shakllanmagan oziq tishlarda kechadigan surunkali periodont 
yallig`lanishini 
davolash 
anchagina 
qiyinchiliklar 
tug`dirishi 
mumkin. 
Shakllanmagan ildizlarning keng bo`lgan oxirgi qismlaridan ildiz bo`shlig`iga 
granulyatsion to`qima (periodont tomonidan) o`sib kirishi mumkin. (13-rasm, a).
Davolash paytida bu to`qimalarni yuqorida ko`rsatilgan bir ildizli 
tishlardagidek kesib, kuydirib (koagulyatsiya) olib tashlash lozim. Bu ish uchta 
ildiz kanalida bir vaqtning o`zida amalga oshirilsa, og`ir asoratlarga olib kelishi 
mumkin. 


65 

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish