59
jarayoni borligiga qaramasdan, tish ildizi shakllanishda davom etadi va to`liq
shakllangan bo`ladi.
4.6. Surunkali fibroz periodontit
Surunkali periodont yallig`lanishining bu turi sut tishlarda uchramaydi.
Ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda juda ham hollarda qayd etiladi. Surunkali
fibroz periodont yallig`lanishida klinik belgilar yaqqol namoyon bo`lmaydi.
Bolalar kasallangan tishdan shikoyat qilmaydilar. Ularning mavjudligi bolalarni
yalpi stomatologik ko`rikdan o`tkazish paytida aniqlanadi. Bu xil periodont
yallig`lanishining kamdan-kam hollarda qayta o`tkirlashuviga organizmga kuchli
sovuq ta’siri yoki biror-bir umumiy og`ir kechadigan kasallik ta’sirida
kuchsizlanish sabab bo`lishi mumkin. Lekin shu xil oqibatlar ta’sirida yallig`lanish
surunkali granulyatsiyalanuvchi jarayonga turtki bo`lishi yoki bo`lmasa granulema
hamda kistani paydo qilishi mumkin.
4.7. O`tkirlashgan surunkali periodont yallig`lanishi
Klinik belgilari bilan infeksiya (mikrob) ta’sirida vujudga keladigan o`tkir
cho`qqi periodontitga juda o`xshashdir. Oylar, ba’zan yillar mobaynida bezovta
qilmagan surunkali periodont yallig`lanishi to`satdan yuqorida ko`rsatilgan
sabablar natijasida, bola organizmi immunologik himoya kuchlarining pasayishi
oqibatida qaytalanib o`tkirlashadi. Bolalar stomatologiyasi amaliyotida bu xil
periodont hastaligining o`tkirlashuvi tez-tez sodir bo`lib turadigan holdir. Ko`p
uchrashi jihatidan birlamchi o`tkir cho`qqi periodontitga nisbatan oldingi o`rinlarni
egallaydi. Bu ikki bir xil klinik ko`rinishdagi tish kasalligini bir biridan farqlashda
kasallik tarixi, ob’ektiv ma’lumotlar va ayniqsa, rentgen suratining tahlili muhim
manbaa hisoblanadi.
Jarohatlangan tishda ilgari ham bir necha bor shikoyat alomatlarining
bo`lganligi, tish kovagining ochiqligi va ob’ektiv ma’lumotlar tish rangining
o`zgarganligini ma’lum qiladi. Rentgen tasvirida esa periodont to`qimasi atrof
suyagining yemirilishi yuqorida yozilgan uch xil surunkali yallig`lanish
jarayonining qaysi birigadir xos bo`lgan o`zgarishlarning borligini tasdiqlaydi.
Kechiktirib bo`lmaydigan birinchi mutaxassis yordami o`z tartibi bilan
aynan o`tkir cho`qqi periodontiti jarayonidagidek ko`rsatiladi. Tish kariyes kovagi
charxlanib, pulpa bo`shlig`i kengaytirilib ochiladi. Ildiz kanallari chirigan ovqat va
pulpa chirindilaridan holi qilinadi. Kanallar biror-bir antiseptik (2% li xlor,
furatsilin, dioksidin, metrogil va boshqa) eritmalar bilan ohista yuvilib, tish ochiq
qoldiriladi. Agar qaytalanish jarayoni bir necha marta takrorlansa, kasallangan
tishni jarroxlik yo`li bilan olib tashlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday
hollarda tishni saqlab qolishga urinish og`ir kechadigan asoratlar: periostit yoki
jag` suyagining yiringli yallig`lanishiga (osteomiyelit) olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: