Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


ARAB HIKOYACHILIGINING RIVOJLANISHI



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet154/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

ARAB HIKOYACHILIGINING RIVOJLANISHI 
 
Xolxo‘jayev Sh. – Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada arab hikoyachiligining shakllanishi hamda rivojlanish 
bosqichlari oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, uning jahon adabiyotida tutgan oʻrni va ahamiyati 
yoritib berilgan. Bundan tashqari, arab adabiyotiga tegishli asarlar tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar:
hikoya, arab hikoyachiligi, ibratli hikoya, qisqa hikoya, eng qisqa hikoya, 
uzun hikoya. 
РАЗВИТИЕ АРАБСКОГО СКАЗИТЕЛЬСТВА 
 
Холходжаев Ш. – преподаватель Ташкентского государственного института искусств и 
культуры 
 
Аннотация.
В этой статье рассмотрены этапы становления и развития арабского 
сказительства. Также освещена его роль и значение в мировой литературе. Кроме того
были проанализированы произведения, относящиеся к арабской литературе. 
Ключевые слова:
рассказ, арабское сказительство, поучительный рассказ, короткий 
рассказ, самый короткий рассказ, длинный рассказ. 
THE METHODS FOR STUDYING THE ARAB PEOPLE'S EPIC 
 
Kholhodzhaev Sh. – teacher of the Tashkent State Institute of Arts and Culture 
 
Annotation
. This article discusses the stages of formation and development of the Arabic 
story. Its role and significance in world literature was also highlighted. In addition, works related 
to Arabic literature were analyzed. 
Key words:
story, Arabic storytelling, edifying story, short story, shortest story, long 
story. 
Yangi davr arab adabiyoti tadqiqodchilari arab Sharqi mamlakatlarining tarixiy taqdiri va 
madaniyati bilan bog‘liq qator muammolarga duch keladilar. 
Qadimgi va o‘rta asrlarda gullab yashnagan arab adabiyoti yangi davr bo‘sag‘asida qoloq, 
susaygan taraqqiyot bosqichini boshdan kechirib, ilgarilab ketgan Yevropa adabiyotining ketidan 
quvishga majbur bo‘ldi. 
255


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
O‘rta asrlarda vujudga kelgan madaniy, adabiy umumiylikning parchalanishi va milliy 
adabiyotlarning shakllantirish jarayoni arab Sharqida, bir tomondan, qudratli, barqaror o‘rta asr 
madaniy an’analarining mavjudligi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning 
tezlashuvi va jahon madaniyati bilan bo‘lgan aloqalarning kengayishi singari omillar ta’siri ostida 
sodir bo‘ldi. 
Bu omillarning o‘zaro nisbati, ularning badiiy adabiyotga ta’siri darajasi va xarakteri bir xil 
emasdi, goh u, goh bu omil ustun kelar edi. 
Yangi davr arab adabiyoti an’analarning tuganmas xazinasi, voqelik va jahon 
madaniyatidan o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil unsurlarni o‘zlashtirdi. 
Yangi arab adabiyoti bir xalqning ijod mahsuli emas, uni Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, 
Jazoir, Tunis, Marokash va Arabiston yarim oroli mamlakatlari xalqlari yaratmoqdalar. Tabiiyki, 
arab Sharqi mamlakatlari bu adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan ulush bir xil emas1. 
Yangi arab adabiyoti tarixini rivojlantirishda Misr, Suriya va Livan mamlakatlari alohida rol 
o‘ynadi2. 
Aksariyat arab tadqiqodchilari bugungi arab mamlakatlari adabiyotini Misr, Suriya, Tunis 
va boshqalarga bo‘lmasdan, yagona adabiyot sifatida qaraydilar. Mahalliy o‘ziga xosliklar va 
farqlarni nazarda tutgan holda arab adabiyotshunoslari «Misrdagi (Suriyadagi, Iroqdagi va h.k.) 
arab adabiyoti» atamasini qo‘llaydilar, lekin «Misr adabiyoti», «Iroq adabiyoti» kabi atamalarni 
inkor etadilar. Misr, Suriya so‘zlarini esa, odatda, janr bilan bog‘liq holda “Misr romani”, “Suriya 
novellasi” kabi ishlatadilar. 
XIX asr boshlarida siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan arab mamlakatlari ichida 
rivojlanganlari Misr va Suriya edi. Yevropa ta’siri, iqtisodiy rivojlanish yo‘liga kirish bu davrning 
eng muhim xususiyatidir. Bu jarayon, o‘z navbatida, sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi, ozodlik 
harakatlarining o‘sishi, ma’naviy hayotdagi ma’lum siljishlar bilan bog‘liq edi. Arablar bu davrni 
«An-Nahda» («Uyg‘onish») deb ataydilar3. 
Arab «Uyg‘onish»i Yevropa Renessansining sinonimi emas. Bu o‘rinda so‘z, avvalo, 
arablarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalaridagi shon-shuhrati va qudratini tiklash haqida 
ketyapti. 
«An-Nahda» mafkurachilari uyg‘onishning asosiy yo‘li xalqning asriy qoloqligini yengib 
o‘tish, ma’rifatni keng targ‘ib etish, diniy ixtilof va bid’atlarni yo‘qotish, shuningdek, iqtisodiy 
islohotlarda deb bildilar. 
1 Мухиддинова Д.З. ХХ аср араб ҳикоянавислиги (Миср ва Машриқ араб мамлакатлари). Монография. – Т. 2017. – 254 б. 
2 Мухиддинова Д.З.Замонавий араб адибалар ижодида ҳикоя жанри кўринишлари // «Аѐл ва замон» илмий-амалий 
конференция материаллари. 2017. – Б. 73-78. 
3 Мухиддинова Д.З.Янги давр Сурия ҳикоянавислигининг тараққиѐт омиллари // ТошДШИ. Шарқ халқлари адабиѐтини 
даврлаштириш масалалари. Республика миқиѐсидаги илмий-амалий анжуман материаллари. 2016. – Б. 82-89. 
256


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Ammo bu jarayonning boshqa tomoni — Yevropa sivilizatsiyasi, fani, adabiyoti yutuqlarini 
o‘zlashtirish masalasi ham bor edi. Arab ma’rifatparvarlik tafakkuri asosi bo‘lgan madaniy 
an’analar sintezi ana shu tarzda yuzaga kelgan edi. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlari arab adabiyotida “an-Nahda” – “uygʻonish”, 
maʼrifatparvarlik davrida yangi hikoya janri, bir tomondan, oʻrta asr arab adabiyotining kichik 
epik janrlari, ikkinchi tomondan, Gʻarb va rus adabiyotining taʼsiri natijasida shakllandi. Bu 
davrda hikoyachilik maʼrifiy realizm yoʻnalishida rivojlanib, maʼrifatparvar yozuvchilar oʻz 
ijodlarida jamiyatning dolzarb masalalarini qalamga oldilar. Maʼrifatparvarlik davrida yaratilgan 
hikoyalarda qahramonlar koʻpincha individual xususiyatlarga ega boʻlmagan, ularning ichki 
dunyosi yetarlicha chuqur yoritilmagan, ular hikoyaga faqat maʼrifiy yoki ijtimoiy targʻibot 
maqsadidagina kiritilgan. 
XX asrning birinchi oʻn yilligida Misr va Mashriq mamlakatlari hikoyachiligi 
maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan sentimentalizm keyinroq romantizm yoʻnalishida 
rivojlandi. Romantizm yoʻnalishi arab hikoyachiligida xayoliy jamiyat, xayoliy qahramonlar 
timsolida insonlarni komillikka, yuksak maʼnaviy yetuklikka chorlash gʻoyalarini aks ettirish 
yoʻlida rivojlandi, hayotning turli sinovlarida tushkunlikka tushgan insonlarning his-tuygʻulari, 
dard-alamlari, iztiroblarini kuchli emotsional ravishda yoritish orqali insonga, uning shaxsiyatiga 
hurmat va samimiy munosabatga daʼvat qilindi. Jubron Xalil Jubronning “Xalil kofir”, “Isyonkor 
ruhlar”, “Marta”, Amin ar-Rayhoniyning “Nyu-York”, “Shifo ber”, “Vodiy maʼbudasi”, “Mening 
vodiydagi ibodatxonam”, Mustafo al-Manfalutiyning “Koʻz yoshlar” kabi hikoyalari shu turkumga 
kiradi. 
Masal janri xususiyatlarini davom ettirish XX asr arab adabiyotida Abdurrazzoq al-Hamud, 
Adib Abbos, Isʼhoq Muso al-Huseyniy, Valid Ixlosiy, Zakariya Tamer, Munir Uteyba kabi 
yozuvchilar ijodida kuzatiladi. Suriyalik adib Valid Ixlosiyning “Pashsha” (“Zubaba”) hikoyasida 
masal janridagi hayvon, hashoratlar timsolida majoziy-ramziy maʼnoni ifodalash imkonidan 
unumli foydalanishga harakat qiladi. Misrlik yozuvchi Munir Uteybaning “Tun qiroli” (“Malik-ul-
layl”) hikoyasida esa it va boʻri timsolida ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi ashaddiy kurash kabi 
azaliy, umumbashariy muammolar majoziy ravishda aks ettirilgan. Unda butun bashariyatni 
qiynab kelayotgan terrorizm boʻri timsolida ifoda etilgan. Iordaniyalik zamonaviy yozuvchi Ilyos 
Farkuhning “Kim dengizni ishgʻol qiladi?” “Man yahrus-ul-baxr?”) hikoyasida ertak janriga xos 
xususiyatlar koʻzga tashlanadi. Hikoya bosh qahramoni boʻlgan qizning yigitni tushida koʻrib 
sevib qolishi, oʻsha sevgilisini oʻz xayollariga koʻchirishi ertakka xos motivdir. Hikoyada qizning 
hayoliy sevgisi orqali tasavvuf gʻoyalari ilgari surilgan. Ertakona xususiyatlar Zakariya Tamer 
ijodida “Qush”, “Kichkina qalb”, “Randa” va boshqa shu kabi hikoyalarida kuzatiladi1. 
Zamonaviy arab hikoyachiligida “rihla”(“sayohatnoma”) janri, mumtoz badiiy sanʼatlardan 
foydalanish ham kuzatiladi. Jumladan, iroqlik yozuvchi Abdurahmon Majid ar-Rubeyʼiyning “Suv 
siri” “Sirr-ul-maʻ”) hikoyasida bosh qahramon sotsiologning Iroqning chekka hududlariga safari, 
botqoqlikda yashaydigan iroqliklarning hayoti, ularning urf-odatlari haqidagi bayonida 
1 Мухиддинова Д.З.Сурия ҳикоянавислигида глобаллашув жараѐни // ТошДШИ Халқаро илмий анжуман: Хорижий шарқ 
халқлари адабиѐти ва адабий манбашунослигининг долзарб масалалари. 2016. – Б.174-178. 
257


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
sayohatnoma janri, badaviy shoir Busaynaning Jamili qasidasidan keltirilgan parchada esa “irsol 
ul-masal” badiiy sanʼati namoyon boʻlgan. 
Zamonaviy arab yozuvchilari ijodida qadimiy sharq xalqlari mifologiyasiga murojaat etish 
ham kuzatiladi. Misr adibi Yusuf Idrisning “Hammol” hikoyasi shular jumlasidandir. Yusuf Idris 
mazkur hikoyada hammol obrazini ochish maqsadida qadimgi Misr mifologik obrazlaridan Ptax 
Ra obrazidan foydalanadi. Hikoyada million yillardan beri unga ozodlik berilsa-da, hattoki unga 
oʻzi koʻtarib yurgan taxt sovgʻa qilinsa-da, taxtni yerga qoʻymasdan koʻtarib yurgan hammol 
obrazi tasvirlangan. Mazkur hikoyada muallif magik realizmdan, yaʼni real voqelik tarkibida 
gʻayritabiiy, fantastik voqelikni aks ettirish, tarix, hozir va kelajakni birgina ramziy obraz – 
hammol orqali ifoda etish usulidan foydalangan. Hikoyada Bibliyadagi Muso paygʻambarining 
xalqiga atalgan yerga olib borish uchun oʻz xalqini qirq yil davomida quvgʻinlikdan va qullikdan 
ozod qilish maqsadida chekkan azoblari singdirilgandek goʻyo. Shuningdek, Munir Uteybaning 
“Kishilar onasi” “Ummu-r-rijal”), “Tun qiroli” (“Malik-ul-layl”) kabi hikoyalarida antropologik mif 
mavzularidan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi azaliy kurash mistik koʻrinishda aks ettirilgan. 
Misr va Mashriq arab mamlakatlari adabiyotidagi yangilanish bosqichida uslubiy 
oʻzgarishlar oʻzida quyidagilarni mujassamlashtirdi: asar qahramoniga real xronotopik 
xarakteristika bermasdan baʼzan ismsiz qoldirish, voqealar kechadigan makon va zamonni 
geografik jihatdan cheksiz qilib tavirlash, hikoyalarni mohiyatan serqatlam boʻlishi (shu davrda 
ijod qilgan barcha arab yozuvchilar uslubiga xos), zamonaviy ifodaviy-tasviriy vositalar “ong 
oqimi”, fragmentarlik, kinokadr, kollaj, gallyutsinatsiya, syurrealistik tasvirlar, tagmaʼnolilik 
kabilaridan keng foydalanildi. Tasvirda syujetning real va noreal kabi qismlarga boʻlinishi, tush va 
oʻngning aralashib ketishi, fantastik unsurlarning qoʻllanishi kabi magik realizm unsurlari, 
assotsiativ tasvirlar, ramziylik, majoziylikning kuchayishi kuzatildi.Shu bosqichda adabiy meros 
anʼanalari, yaʼni “maqoma”, “rihla” (safarnoma), ibratli hikoya (pritcha), masal, ertak kabi janrlar 
xususiyati zamonaviy badiiy tasvir va ifoda vositalari bilan uygʻunlashtirilgan holda istifoda etildi. 
“Irsol ul-masal”, talmeh kabi mumtoz badiiy sanʼat namunalari zamonaviy arab yozuvchilari 
ijodida epigraf, lirik chekinish tarzida berilishi kuzatildi1. 
Yangilanish bosqichida arab hikoyachiligida hikoyaning yangi shakllari namoyon boʻldi. 
Zamonaviy arab adabiyotida “qisqa hikoya” (“qissatun qasiratun”) shaklidan tashqari “uzun 
hikoya” (“qissatun tavilatun”) va “eng qisqa hikoya” (“qissatun qasiratun jiddan”) shakllari 
rivojlandi. 
“Uzun hikoya” (“qissatun tavilatun”) hajm jihatdan oʻn besh sahifadan ellik sahifaga 
boʻlgan hikoyalar boʻlib, “qisqa hikoya” turidan farqli ravishda markazga qoʻyilgan masalani 
kengroq va batafsilroq ochish, inson ruhiyatini, uning ichki olamini, oʻy-kechinmalari, ong 
1 Мухиддинова Д.З.Жанр «очень короткого рассказа» в современной арабской литературе.Азия и Африка в меняющемся 
мире // XXVIII Международная научная конференция по источниковедению и историографии стран Азии И Африки. 22-
24 апреля 2015. – С. 409. 
258


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
oqimini ochish, taftish etish, xarakterning, shuningdek tarixiy voqealarni keng koʻlamdagi tasviri 
xos. 
“Eng qisqa hikoya” (“qissatun qasiratun jiddan”) xili shakl jihatdan oʻzgarishlarga duch 
keldi. Birinchidan, hajm jihatdan bir necha qatorli jumlalardan ikki sahifagacha hajmni tashkil 
etsa, ikkinchidan, aksariyat sheʼr shakli koʻrinishiga ega. “Eng qisqa hikoya” shaklida voqea-
hodisalar gʻoyat zichlashib, fikr ham tigʻizlanib, mavhumlik, matn bilan oʻyin, tag maʼnolilik, 
ramziylik, xotimaning kutilmagan yechim topishi, ertaknamolik, falsafiy mazmundorlik xos boʻlib, 
badiiy til nihoyatda katta rol oʻynaydi. Arab hikoyachiligida mazmuniy nuqtayi nazardan “eng 
qisqa hikoya” shakli falsafiy-majoziy mazmunda, ijtimoiy va maishiy-axloqiy mavzular doirasida 
aks etdi.“Eng qisqa hikoya”larda adabiy meros anʼanalari ham, zamonaviy badiiy tasvir va ifoda 
vositalarining uygʻunlashuvi ham kuzatiladi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish