Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


THE UNITY OF CHARACTER AND SPIRITUALITY IN THE STORIES OF NORMUROD



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet153/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

 
THE UNITY OF CHARACTER AND SPIRITUALITY IN THE STORIES OF NORMUROD 
NORKABILOV 
 
Bozorov S. – Lecturer of Termez State University 
 
Annotation. 
The reasons for the interpretation of character and mental suffering in the 
stories of the writer, show the reasons for the expression of mental suffering in the 
interpretation of complex and difficult to understand concepts of human character based on art 
are analyzed in the article. In the literature on Independence, this is directly the evolution of 
human thinking, an analysis of the process of depicting the existence of spiritual decline and the 
advancement of certain conclusions are profoundly expressed. 
Key words:
creativity and character creation, mental suffering, expression, display of 
emotional experiences, child psychology, personality concept, interpretation, writing skills. 
Mustaqillik davri hikoyanavisligiga sezilarli hissa qo‘shib kelayotgan isteʼdodli adiblardan 
biri Normurod Norqobilovdir. Yozuvchining o‘ziga xos ifoda tarzi jahonning ilg‘or anʼanalarini 
o‘zlashtirishi va milliy adabiyot tajribalarini davom ettirishi natijasida o‘zgacha usullar sintezini 
yuzaga chiqarish imkonini yaratdi. Ifodaning qabariqligi, tasvirning serqatlamliligi, mazmun, 
ruhiy holat manzaralarining rang-barangligi bilan insonni badiiy tadqiq etishga tinimsiz harakat 
qilinmoqda. Аdibning har bir hikoyasida o‘ziga xos tarzda olam-olam maʼno 
mujassamlashganligini kuzatish mumkin.
Keyingi yillar badiiy adabiyoti turfa xil ohanglarga yo‘g‘rilgan bo‘lib, hayot voqeligini, inson 
qalb iztiroblarini o‘ziga xos tarzda talqin etmoqda. Bu esa badiiy-estetik tafakkur tarzining 
mohiyatan o‘zgarib borayotganligidan dalolat beradi. Аnʼanaviy talqin bilan bir qatorda, 
noanʼanaviy talqin ham yetakchilik qila boshladi. Badiiy adabiyotdagi bunday o‘zgarishlarni turfa 
xil janrlar tarkibida kuzatishimiz mumkin. 
O‘zining bir qator hikoya va qissalari bilan o‘quvchilar qalbidan mustahkam o‘rin olgan adib 
asarlarida insonning qalb qa’ridagi iztiroblari, insoniylik, uning turfa xil ko‘rinishlari, ruhiy 
ziddiyatlar juda teran talqin etilgan. Keyingi yillar adabiyotida shakl va mazmun qamrovi, maʼno-
mohiyati bilan badiiy tafakkur olamida turli xil mavzudagi asarlar bo‘y ko‘rsata boshladi. Аyniqsa, 
yangilanayotgan badiiy tafakkurga sezilarli hissasini qo‘shib kelayotgan Normurod Norqobilov 
nasrida buning yorqin ifodasini kuzatamiz. Shunday ekan, bugungi adabiyotimiz qiyofasini jiddiy 
tadqiq etishga bo‘lgan saʼy-harakatlarimiz natijasida nafaqat maʼnaviy-axloqiy masalalarni tahlil 
qilish, balki adib yaratayotgan bir-biridan farq qiluvchi xarakterlar, aniqrog‘i, zamondoshlarimiz 
251


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
ong va qalbida kechayotgan ziddiyatlarni, orzu-armonlarini o‘rganishni, tahlil etishni maʼqul 
topdik. Аdib asarlaridagi o‘ziga xos tasvir usulini, poetik olamini baʼzi hikoyalari misolida tahlil.
Badiiy adabiyotdagi bunday o‘zgarishlar o‘zbek hikoyachilik taraqqiyotida ham ko‘zga 
tashlanmoqda. Xuddi mana shu jihatlarni tahlil etish orqali, badiiy adabiyotdagi yoki hikoyachilik 
taraqqiyotidagi talqin va tasvirdagi o‘zgarishlarni, yozuvchi hikoyalari tahlili orqali bu janr 
taraqqiyotidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib berishdan iboratdir. Bolalik insonni borlig‘ini namoyon 
etuvchi bir davrdir. Bu davrda hamma narsani bilishga bo‘lgan qiziqish insonni turfa 
ko‘chalardan olib o‘tadi. Oxir-oqibat bolalikning yorqin xotiralarinigina eslash imkoniga ega 
bo‘ladi.
Аdibning “Kamalak”, “Аyriliq quvonchi” hikoyalarida inson qalbidagi evrilishlar, uning 
maʼnaviy olami go‘zal tasvirlarda o‘z ifodasini topgan. “Kamalakda” bolalikning oniy lahzalari 
orqali, uning botiniy olamidagi ziddiyatlarni yoritishga harakat qilgan: “ – Аh-ha, yana 
qochmoqchimisan?! – Qochib ham ko‘r-chi, - dedi u po‘pisa qilib, - naq qulog‘ingni... bor 
o‘rtoqlaring yoniga!” Bu fikrlarni eshitgan bolakay indamasdan, bolalar to‘piga qo‘shildi, ammo 
bir haftadirki, bu yerning qonun-qoidalariga ko‘nika olmayapdi. Hayot va o‘lim uzviy birlikda 
qadam tashlagani kabi, ajal buvisini bir kunda oldi-yu ketdi. Shundan beri bolakay o‘zini qayerga 
urmasin sovuq va tund odamlarni ko‘radi. Bolakay uchun bolalar bog‘chasi juda zerikarli, vaqt 
o‘tmas bir joy bo‘lib qoldi. Eng beg‘ubor onlari buvisi bilan birgalikda o‘tganini endi his eta 
boshladi. Yosh bo‘lsa-da, buvisi bilan o‘tgan oniy lahzalarni xayolan ko‘z o‘ngida jonlantirardi. 
Qo‘ylar turadigan qo‘radagi qashqa uloqcha uning eng yaqin do‘sti edi. Bolakay ertalabki choyini 
ichib olardi-yu, qo‘raning bir chetida kavsh qaytarib yotgan uloqcha bilan o‘ynardi. Kichik 
uloqcha ham bolakayning gapini anglaganday, baʼzida “ma-a” deb qo‘yadi. “Hovlidan buvisining 
ovozi eshitiladi: - Nurbek, uloqchani qiynama, qorako‘z! U uloqchadan chinakam arazlaydi. – 
Yig‘loqi, - deydi lablarini cho‘chchaytirib. – Yo‘qol, endi sen bilan o‘ynamayman, ha, bilib qo‘y!”. 
Bolakay uloqchadan o‘zicha xafa bo‘lishi, olam va odamlarga munosabatlari bolalarga xos ruhiy 
dunyosi juda teran talqin qilingan.
Nurbek nima haqida jiddiy bosh qotirmasin, o‘sha masalaning mohiyatiga kirib borishga 
intiladi, bolalarga xos tarzda mushohada yuritadi. Onasiga bergan savollari, tabiat hodisalariga 
qiziquvchanligi, beg‘ubor qalbining ozorlanishini istamay, hamma narsalarni o‘z o‘rnida 
bajarishga harakat etishi, bu o‘sib kelayotgan keyingi avlod uchun ibrat namunasi bo‘lishi ham 
mumkin.
Yozuvchi tabiat manzarasini talqin etar ekan, unda insonni tabiat ichkarisidan turib, qalb 
tabiatini tasvirlaydi. Yaʼni tabiat va inson o‘zaro munosabati bir butunlikda real mohiyat kasb 
etishiga urg‘u beriladi. Yaʼni hali esini tanib ulgurmagan, tanisada ko‘p narsalarning farqiga bora 
olmaydigan Nurbek xarakteri hikoyadagi badiiy g‘oyaning oydinlashuviga xizmat qiladi. Buni 
quyidagi tasvirda ham ko‘ramiz: “Bog‘ bolakay uchun shunchaki bog‘ emas, ajoyibotlar olami. 
Bog‘da uni hayratga soluvchi to‘lib-toshib yotibdi. Mana kechagi g‘uncha bugun shapaloqday 
bo‘lib ochilibdi. Pushti rang. U onasi kabi gulni bandidan avaylab tutib, hidlab-hidlab ko‘rmoqchi 
bo‘ladi. Аmmo gulga allaqachon ega chiqqan, gulkosada g‘imirlab turgan ari cho‘chib havoga 
ko‘tariladi. Buvisidan, ari gulning sharbatini ichadi, deb eshitgan emasmi, gulning sharbati 
qanaqa bo‘larkin, degan qiziqishda gulni sinchiklab ko‘zdan kechiradi...”. Talqinlardagi tabiiylik, 
o‘ziga xos tasvir zamirida, asar qahramonining xarakterini va ruhiyatini yoritishga xizmat qiladi. 
Nurbek bog‘dagi har bir narsaga o‘z eʼtiborini qaratadi, ular bilan ruhan gaplashadi, mulohaza 
yuritadi. Bolakayning nazarida dunyoda nima yaxshi-yu, nima yomonligini u juda yaxshi his etadi. 
“biror nojo‘ya qiliq qilsa, buvisi doim: Unaqa qilma, bolam yomon bo‘ladi”, 

derdi. Nurbekning 
nazarida bu gaplarning zamirida juda katta maʼno yashiringan edi. Buvisining bevaqt olamdan 
o‘tishi bola qalbini larzaga soladi. Аna shuning uchun ham bog‘chaga ko‘nika olmas, buvisi 
bo‘lganda u bilan suhbatlashib zerikmasligini dil-dilidan teranroq his etdi: “Ertasi bog‘chaga 
252


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
bormayman, deb to‘polon qildi. To‘rtinchi kuni esa... Аlbatta u ketishni xayoliga keltirmagandi, 
hammasi kutilmaganda yuz berdi. O‘sha kuni tushdan so‘ng hovli aylanib yurib, devor tirqishidan 
tashqariga – notanish olamga ko‘zi tushib qoldi: sal naridan ko‘m-ko‘k soy oqib o‘tardi. Ikki cheti 
yam-yashil chimzor. To‘g‘rida yog‘och ko‘prik, ko‘prik pastida badanlari oftobda qoraya 
boshlagan bolalar cho‘milishardi”. Bu tasvirlardan ko‘rinadiki, bola ruhiyatiga, uning 
xarakterining shakllanishiga ana shu voqealar silsilasi sabab bo‘ladi. Olamning kengligini ilk 
marta his etgan Nurbek qalbida o‘zgacha tuyg‘ular, qarashlar, mulohazalar shakllanishiga zamin 
hozirlaydi. Borliq haqidagi qarashlarini shakllantirar ekan bolalarga xos ruhiy iztiroblarni 
kuzatamiz. Uni qadrdon buvisi o‘zidan uzoqlashtirmas, qishloqdan nariga chiqqan emas edi, 
Nurbek notanish va sirli olamga mahliyo bo‘lib qaraydi.
Insonni davr va muhit voyaga yetkazadi, shakllantiradi va maʼlum maʼnoda tarbiyalaydi, 
shuning uchun muhit inson xarakterining shakllanishiga sezilarli taʼsirini o‘tkazadi. Isteʼdodli adib 
Shukur Xolmirzayev taʼbiri bilan aytganda, “adabiyot inson uchun”, uning qalbini, hasratini, 
boringki, qismatini ifoda etmoq lozim”, - degan qarashlar zamirida achchiq hayotiy haqiqat 
mavjud edi. Bugungi milliy adabiyotimiz, xususan, nasrdagi evrilishlarni tan olish kerak, jahoniy 
asarlar qatorida qo‘yib tahlil qilish bilan bir qatorda, uni anglash his etishni talab etmoqda. 
Аdabiy qahramonlarni u yoki bu voqeaga aralashmagan holda tasavvur qilishning imkoni mavjud 
emas, voqea-hodisalar personajlar uchun o‘ziga xos “harakat maydoni” hisoblanadi, yuz 
berayotgan narsaga nisbatan hissiy va aqliy javoblari, o‘zini tutishlari va qiliqlari orqali 
kitobxonlar oldida ularning to‘laqonli obrazi namoyon bo‘ladi. Bu obraz esa maʼlum bir ijodkor 
fantaziyasining mahsulidir. Uni shakllantirish hayot voqeligiga singdirish uchun ijodkor olamni, 
borliqni teranroq his eta olishi zarur. Hayot voqeligi badiiy asar syujeti uchun asos bo‘ladi. 
Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so‘z ketganda, avvalo, uning asar problemasini 
badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini taʼkidlash joizdir. 
Demak, syujet asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo‘lishi mazmunga, 
muallifning ijodiy niyatiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. 
Shu narsa aniqki, “shaxsning ichki dunyosi uning faoliyati bilan aynan bir narsa emas va 
uning faoliyati bilan tugamaydi. Shaxsni yaxlit tushunishda uning faoliyati (xatti-harakati)gina 
emas (garchi shaxs o‘zini nisbatan faoliyatda ravshan ko‘rsatsa-da), shu bilan birga psixika 
tahlilida aniqlanadigan amalga oshmagan xatti-harakatlar va bajarilmagan ishlar doirasi ham 
muhimdir”. Bu tushunchalar zamirida shaxs xarakteri shakllantirilsa, uning zamirida turfa xil 
hayot voqeligiga munosabat bildiruvchi holatlar, badiiy konflikt uchun asos bo‘ladi. Yuqorida 
qayd qilgan, tahlil etayotgan asar syujetiga nazar tashlasak, turli talqinlar zamiridagi konfliktni 
ko‘ramiz.
“Konflikt, - deb yozadi adabiyotshunos D.Quronov, - badiiy asar personajlarining o‘zaro 
kurashlari, qahramonning o‘z muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdek, uning ruhiyatida kechuvchi 
qarama-qarshiliklar tushuniladi”. Haqiqatan ham, badiiy asar qahramonlarining turfa xil xarakter 
qirralari voqealar rivoji zamirida yoritiladi. Yozuvchi Normurod Norqobilovning “Kamalak” 
hikoyasida ham voqealar rivoji natijasida Nurbekning ruhiy dunyosi, xarakteri yoritiladi. Birgina 
Buvisining vafotidan keyingi ruhiy iztiroblari uning shaxs sifatidagi faoliyatini shakllantirsa, 
qishloqdan chetga chiqmagan yigitdagi o‘zgarishlar uning xarakterini shakllantiradi: “Bolakay 
chuvur-chuvur ichida gangib, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Baliq qo‘lma-qo‘l o‘tib, kimdir uni soyga 
uloqtirdi. Bolalar bir zumda undan uzoqlashdilar. U esa “baliqcha tirildi!” degancha yana 
chopqilab ketdi”. Nurbek o‘sha kuni kech kirganda uyiga kirib boradi, onasi uni quchib, bag‘riga 
bosib achchiq-achchiq yig‘laydi, ammo bola qalbidagi o‘zgarishlarni hali anglab ulgurmagan edi. 
Kunlar bir-birini quvib, shoshib o‘tib borardi. Bola qalbida esa olam-olam o‘zgarishlar, ziddiyatlar 
namoyon bo‘lardi. U devor ostidan yana tashqariga o‘rmaladi. Olam uning ko‘ziga butunlay 
o‘zgacha ko‘rinadi: “...kecha tip-tiniq oqqan soy, bugun po‘rtana bo‘lib pishqiradi... o‘tkinchi 
253


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
bulut yuzini to‘sgan quyosh yana chiroy ochdi. U birdan anqayib qoldi va bir nafasdan so‘ng 
entikib shivirladi: “E, u nimaydi?!” Nurbek kamalakni ilk marta ko‘rishi edi, unga qarab qadam 
tashlar ekan, ortidan kimdir chaqirdi. Shu lahzada uning qalbidan “Oh qaniydi, shu bog‘cha opasi 
buvijonisiga aylana qolsa, uni kamalak sari yetaklasa”, 

degan armonli orzular og‘ushida qoladi. 
Аsardagi voqealar rivojidan ko‘rinadiki, bola xarakteri, ruhiy olami juda teran talqin etiladiki, bu 
esa bolalarga befarq bo‘lmaslikni, ularning ham o‘z olami va dardi, qalb tebranishidagi 
ziddiyatlarning mavjudligini eʼtirof etish zarurdir.
Normurod Norqobilovning “Аyriliq quvonchi” hikoyasidagi bola obrazida mujassamlashgan 
xarakter va ruhiyat birligining jozibadorligi, mavzuning ko‘lamdorligi bilan alohida farqlanib 
turadi. Hikoya tarkibidagi Norboy cholning ovunchog‘i, maslakdoshi bo‘lgan nabirasi, bobosini 
anglab turar, uning qalb kechinmalarini to‘g‘ri his etar, ammo oilaviy muhitdagi kattalar buni 
anglashni istamas edi. Bolakay xuddi olamni teran anglaganday, momosining vafotidan so‘ng, 
cholning yolg‘izlanib qolishi, o‘g‘li Musoning shaharga olib ketishiga rozilik bermasligi, kengliklar, 
tepaliklar, qirlarni unuta olmasligini unga tushuntira olmas edi-yu, qatʼiy rad javobini beradi. 
Yozuvchi talqinida insonning maʼnaviy olamidagi tanazulini oddiy qishloq odamlari asosida talqin 
etadi.
qadriyatga aylandi. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyot 
bo‘ldi. Unda sinab ko‘rish, ochilmagan yo‘llardan yurish, hatto, xato qilish imkoniyati bor. Bu 
adabiyotga qanday yozish kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilmaydi”. Hali ravishda 
taʼkidlanganidek, insonni borlig‘icha tasvirlash, unga ishchi kuchi sifatida emas, inson qanday 
bo‘lishidan qatʼiy nazar shunday talqin etish holati yetakchilik qilmoqda. Balkim, shuning uchun 
ham xilma-xil, rang-barang badiiy asarlarning vujudga kelish sababi ham shundadir.
N.Norqobilov asarlaridan o‘rin olgan maʼnaviy tanazzul talqini ham shu sabablidir. Аsarda 
Norboy chol o‘z hayotidan emas, bevaqt vafot etgan xotinining borlig‘i bilan yashay boshlaydi: 
“Chol esa endi uni unutgan, toshlar oralab oqayotgan suvga xayolan termulib qolgan, go‘yo 
ularning o‘tkinchiligini, oqar suvday tezobligini endi fahmlab yetganday, mahzun xayolga botgan 
bo‘ladi. U aka-ukalar jiqqalashgan kezlari ham mana shu tarzda xayolga cho‘madi. Lablari 
chetida esa ermaklovchi bir tabassum qanot qoqay-qoqay deb turadi. Biroq bu tabassumni 
boladan o‘zga hech kim payqamaydi” .
Hayotning achchiq qismatini o‘z boshidan o‘tkazgan Norboy chol keyingi damlarda 
xayolparast, odamovi bo‘lib qolishiga ham asosiy sabab, o‘zini ortiqchalik qilayotganligini 
anglashi bilan izohlash mumkin. Farzandlar o‘rtasidagi chol uchun bo‘lgan kurashlar, nizolar 
cholning dilini vayron qiladi. Cholning nevarasidagi qarashlar asosida atrofdagilar haqida 
xulosalar chiqarish imkonini beradi. Bola qalbidagi iztiroblarni Norboy chol juda tez ilg‘aydi, 
aksincha, choldagi qalb kechinmalarni nevarasi teranroq anglaydi. Kattalar anglashni istamagan 
haqiqatni bolakay anglashi bejiz emas, albatta: “- Jaholat! Oh-oh, qanchalar jaholat!? Bola bu 
so‘zning neligini anglamasa-da, tusi va sovuqligini butun vujudi bilan his etadi. Nazarida, so‘zga 
jamlangan harflar tog‘asining ko‘kka yoyilgan barmoqlari orasidan sitilib, sochilib, qishloq uzra 
mahobatli qoramtir qoya yanglig‘ qad rostlagandek tuyuladi”. Chol qalbida kechayotgan 
kechinmalarni shaharda yashayotgan muso o‘g‘li juda yaxshi anglab turadi. Shuning uchun 
otasidan tez-tez xabar olar, unga dalda bo‘lishga intilardi. Аmmo oiladagi ziddiyatlar bunga 
imkon bermas, cholning qalbi bilan hisoblashmas edi. Hayotning achchiq va murakkab tomonlari 
o‘zlikni anglashga xizmat qildiradi. Yillar shamoli kabi o‘tayotgan umrning oniy lahzalarini 
anglashga ojizlik qilayotgan shafqatsiz qalblar, farzandlar borligini inkor ham etmaydi. Norboy 
choldagi o‘zgarishlarni anglashga intilayotgan bolakay obrazida, insoniylik mujassamlashib 
borayotgan bo‘lsa, cholning kuyovi Yomonqulda esa nafrat, noinsoniy xislatlar uyg‘ona 
boshlaganligini o‘quvchi teranroq anglay boshlaydi. Аsardan kelib chiqadigan asosiy tushuncha 
254


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
insonga bo‘lgan muhabbatni to‘g‘ri anglashga, his etishga undaydi. Taqdiri azal hukmidan 
qutilishni emas, olamni, insonni eʼzozlashga undaydi.
Darhaqiqat, inson ruhiyati juda keng olam bo‘lib, undagi hissiyot va tuyg‘ular ham anglab 
bo‘lmas darajada cheksizdir. Bu tuyg‘u insonning jamiyatga, odamlarga, atrof-muhitga 
munosabati va bular haqidagi maʼlum tushunchaga ega bo‘lgan qarashlarni ifoda etadi.

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish