Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

11.
 
Kognitiv qobiliyat. Ishlab chiqarish uchun yangi texnologiya ustida fikr yuritish, 
tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish muayyan loyihalar va proyektlarni rejalashtirish, ularning 
natijalarni oldindan aytishdan iborat qobiliyat uchun mutlaqo shart.
222


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
12.
 
Gnostik qobiliyat. Ilmiy tadqiqotga layoqatlilik rahbar uchun muhim ahamiyat kasb 
etadi. Uning ibrat namunasi korxonani tashkilotning ilmiy laboratoriyaga aylantirishiga olib 
keladi. Rahbarning ijodkorligi ommaviy tus olishga olib kelishi mumkin.
13.
 
Rahbarning boshqaruv mavqeyi. (Rahbar ma’naviyati va uning o‘z burchiga, vazifasiga 
munosabati bilan bog‘liqligi)
Yuqorida aytib o‘tilgan umumiy qobiliyatlar, muvaffaqiyatli boshqaruvni ta’minlovchi zarur 
shaxs xislatlarini aniqlash va ularni rahbarlikda rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qo‘yadi. 
Natijada nafaqat mazkur xislatlarni aniqlash, balki bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni tashkil etish 
bo‘yicha bir qator vazifalarni hal etishni talab qiladi. Bu borada amaliy faoliyat olib boruvchi 
tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, rahbarlarni baholash kadrlar bilan ishlash masalasining eng 
nozik qismiga aylangan. Ma’lumki, rahbarlikka oid shaxs xislatlarini aniqlovchi bir qancha 
psixologik metodlar mavjud bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli qo‘llay olish bir tomondan tadqiqotchi 
malakasiga kelib taqalsa, ikkinchi tomondan ushbu metodikalarning ishchanligi va olingan 
ma’lumotlarning haqqoniyligi masalasi turadi.
2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – 
hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari 
xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri 
muloqot о‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real 
himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga”
1
qaratildi. 
О‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan о‘zgarishlar zamonaviy rahbar uchun kо‘pgina 
boshqa sifatlarni talab qilmoqda. Zamonaviy rahbarda о‘zi yetakchilik qilayotgan korxonada 
sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, personal о‘rtasida ahillikka asoslangan munosabatlarni 
shakllantirish markaziy о‘rinni egallaydi. Respublika iqtisodiyotidagi о‘zgarishlar sharoitida yangi 
sifatlarga ega yetakchilarga bо‘lgan ehtiyoj paydo bо‘lmoqda. Yetakchilarning yangicha 
sifatlariga maqsadga yо‘nalganlik va о‘zgarishlarni qidirib topishga bо‘lgan harakatlar, paydo 
bо‘layotgan muammolarni hal etishga innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish, tavakkalli 
qarorlar qabul qila olish va ijtimoiy mas’uliyat, resurslar bilan samarali foydalana olish hamda 
zarur paytda ularni о‘rnini almashtira olish kabilarni kiritish mumkin. 
Yetakchi salohiyatini rivojlantirishda keng tarqalib borayotgan faol о‘qitish usullari 
yuqorida kо‘rsatilgan talablarga tо‘liq javob beradi. Ular rahbar kadrlar tomonidan avvalgi 
tajriba, munosabatlar tizimi, faoliyatning eski usullarini qayta baholash uchun keng 
imkoniyatlarni beradi va pirovardida, tafakkurning amaliylik, tizimlilik kabi xususiyatlarining 
rivojlanishiga kо‘maklashadi. 
Zamonaviy ishlab chiqarish munosabatlari, ishlovchilarning ortib borayotgan kasbiy va 
malakaviy salohiyati personalni boshqarish tizimida ijtimoiy texnologiyalardan foydalanish 
zaruratini keltirib chiqarmoqda. 
Tashkiliy madaniyatni rivojlantirishda boshqaruv muammolarini hal etishning asosiy yо‘li 
yetakchilikni shakllantirish va rivojlantirish bо‘lib, u ijtimoiy texnologiyalar sifatida inson 
kapitalini rivojlantirishga hamda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solishga 
yо‘naltirilgan, chunki u: 
– yetakchilik maqsadlarining qо‘yilishiga va rivojlanish strategiyasini belgilashga; 
– maqsadlarga erishishda xulq-atvorning shakllanishiga; 
– guruhli qо‘llab-quvvatlashga; 
– tashkilotning hamda uning har bir a’zolarini rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, 
psixologik va intellektual sharoitlar yaratish maqsadida tashkiliy madaniyatga ta’sir qiladi. 
1
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va 
texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida”gi Farmoni.// “Xalq sо‘zi” gazetasi, 
23.01.2017-y., №14.
223


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Hozirgi kunda yetakchilikni shakllantirish masalalarini о‘rganish uning tashkilotni 
boshqarishda innovatsion, kommunikativ, tashkilotchilik, safarbarlik, axborot bilan ta’minlash, 
nazorat qilish funksiyalarining mavjudligini kо‘rsatdi. Bu funksiyalar о‘zaro chambarchas bog‘liq 
bо‘lib, doimiy rivojlanib boradi va tashkilotning tashqi muhiti ta’sirida bо‘ladi. 
Yetakchilik uslubi personalga ta’sir kо‘rsatishning samarali omilidir. Tashkilot faoliyati 
samaradorligi rahbarning xulq-atvori, uning kо‘nikmalari va harakatlari ketma-ketligiga bog‘liq, 
qо‘l ostidagilarning yetakchilikning kо‘pgina jihatlarini tushunishi personal uchun 
rag‘batlantiruvchi omil bо‘lib xizmat qiladi. 
Bizningcha, tashkilotda samarali yetakchilikni shakllantirish uchun quyidagi boshqaruv 
texnologiyalarini amalga oshirish lozim: 
– birinchidan, samarali guruhni shakllantirish;
– ikkinchidan, tashkiliy madaniyatni innovatsion rivojlantirish;
– uchinchidan, samarali kommunikatsiyani yо‘lga qо‘yish;
– tо‘rtinchidan, personal mehnatini rag‘batlantirish. 
Taklif etilayotgan boshqaruv texnologiyalarini amalga oshirishda aynan tashkilot va uning 
rahbari mutaxassislarni tarbiyalashda asosiy dastak hisoblanadi. Tashkilot rahbari yetakchilikni 
о‘z zimmasiga olar ekan, faoliyati davomida axborot texnologiyalari, masofaviy о‘qitish, 
treninglar, ijtimoiy loyihalar, ishbilarmonlik о‘yinlaridan keng foydalanishi zarur. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, samarali yetakchi tashkilotni rivojlantirishga, 
raqobatbardoshlikka erishishga va uning ustunliklarini qо‘llab-quvvatlashga imkon beradi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish