Hayvonlarning instinktiv xatti harakatlari
Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning yo‘qligida
hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak instinkt bu nasldan naslga hech qanday
o‘zgarishiz o‘tadigan tug‘ma xatti-harakat formasidir. Bu xatti-harakat shakli umurtqasizlarning
hayotida etakchi ahamiyat kasb etadi, masalan qusursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir,
quyi darajada rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar etakchi o‘rin egallaydi faqat asta sekinlik
bilan individual o‘zgaruvchan xatti-harakatlarga o‘rnini bo‘shata boshlaydi.
Psixik rivojlanish qanday darajada bo’lishiga qarab, hayvonlarning xatti-harakatlari ham
har xil shakllarda; instinktlar, ko’nikmalar, aqliy xatti-harakatlar shaklida bo’ladi.
Biz yuqqorida hayvonlar psixikasi instinktlari, ko’nikmalari, aqliy xatti-harakatlarining
xususiyatlari bilan tanishib chiqdik. Ammo hayvonlar psixikasi rivojlanishining hatto eng yuksak
darajasi ham odam psixikasiga tenglasha olmaydi.
Xayvonot olamining yuksak bosqichidagi vakillari maymunlar va ularning ajdodlari
jismoniy hamda psixik jixatdan qay tarzda rivojlanganki, buning natijasida ular orasida eng
mukammallari asta-sekin ibtidoiy odamga aylangan? Qanday qilib xayvonning miyasi millionlab
yillar davomida taraqqiy etish bilan inson miyasi bo’lib qolgan?
Bizning maymunsimon ajdodlarimiz ijtimoiy xayvonlar bo’lgan. Mehnatning rivojlanishi
jamiyat a’zolarining yanada jipslashishlariga imkon yaratgan, zotan shu tufayli odamlarning
o’zaro ko’maklashishi, hamkorlik bilan ish bajarish xollari yanada ko’proq yuzaga kela boshlagan
va bunday faoliyatning har bir kishi uchun foydaliligi ravshanroq anglangan. Shunday qilib,
insonlik qiyofasini egallay boshlagach, odamlarda bir birlariga nimanidir aytish extiyoji tugildi.
Maymunning hali uncha taraqqiy qilmagan hiqildog’i asta-sekinlik bilan, ammo og’ishmagan
holda nutq uchun moslasha boshlaydi, og’iz bo’shlig’i og’zdagi organlar esa, asta-sekin nutq
tovushlarini birin-ketin talaffo’z etishga odatlanib boradi. Avvalo mehnat, so’ngra esa burro-burro
qilib so’zlash ikkita eng muhim sabab bo’ldiki, bu sabablar ta’siri ostida maymunning miyasi sekin-
asta odamning miyasiga aylandi, lekin odam miyasi maymun miyasiga xar qancha o’xshasa ham,
kattaligi va kamolotga yetganligi jixatdan maymun miyasidan ko’p daraja ustun turadi. Miyaning
yanada taraqqiy qilishi bilan bir qatorda, uning eng yaqin qurollari bo’lmish sezgi a’zolari ham
taraqqiy qilib bordi.
Nutq tufayli odamlarning birgalashib ish bajarishlari muayyan maqsadlarga bo’ysundirildi,
odamlar kelishib ish ko’radigan, ularning xatti-harakatlari ma’lum darajada oldindan
rejalashtiriladigan bo’ldi. Inson mehnatining chinakam oqilona mehnat bo’lishining boisi ham
shundadir.
Mehnat faoliyati jarayonida bizning qadimgi ajdodlarimiz mehnat qurollarini yasaganlar va
ulardan foydalanganlar. Jamoada biron bir ishni bajarish uchun ma’lum usulda foydalanishga
moslashgan buyumlargina mehnat qurollari vazifasini o’tay olgan.
Maymun ham ba’zan tayoq, yashshik va hokazolardan foydalanadi. Ammo maymunning bu
ishi tasodifiy hodisadir, binobarin maymun foydalangan buyum ana shu maymunda, qolaversa
undan o’rnak olgan boshqa maymunlarda ma’lum maqsadlarga erishish uchun doimiy vosita bo’lib
qolmaydi. Shu sababdan maymunlar hech qachon qurollar tayyorlamaydi va ularni saqlab
qo’ymaydi. Mehnat jamoasi masalasiga kelsak ayrim hayvonlar (chumolilar, qunduzlar va
boshqalar) birgalashib ish bajaradi-yu, ammo ularning ishini mehnat deb atash mumkin emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |