28
Insoniy ishtirokchilar kimlar? Oq halatli olimlarni tok urishi sizni havotirga soladimi? Agar
shunday bo’lsa ko’pgina psixologik izlanishlar bunday holatlardan yiroq ekanligini bilib hotirjam
bo’lishingiz mumkin.
Bundan tashqari psixologik tadqiqotlar insonlar televizorda ko’rganiga solishtirganda ancha
murakkabroq.
Demak chuvalchanglar ma’lum bir tug‘ma xatti-harakatni amalga oshirishini kuzatishimiz
mumkin. Bu xatti-harakat formalarining murakkabligi nimadan iboratligini kuzatganimizda,
shunday xulosaga kelishimiz mumkinki evolyusiya jarayonida qandaydir noma’lum yo‘llar bilan
hayvonlarning yashashi uchun shart sharoit yaratiladi, bunda ularning tana shakllari, yashash
sharoitlari hisobga olinadi. Kapalak yoki pashshaning qanoti uchish uchun eng maqbul asbob
hisoblanadi. asalarining tumshug‘i esa asal yig‘ish uchun eng maqbulidir. Har bir qumursqalarning
xatti-harakati yashash uchun eng maqbul holatdardan biri hisoblanadi. Darvinning fikriga ko‘ra bu
evolyusiyaning natijasida, tabiiy tanlanish vaqtida vujudga kelgan hisoblanadi. Ularning nasl
qoldirishga bo‘lgan xatti-harakatida ham instinkt formalarini kuzatishimiz mumkin, masalan
chivinlar o‘z tuxumlarini suvga qo‘yadilar, agar ular quruq joyga tuxumlarini qo‘ysalar tuxumlar
nobud bo‘lishlari mumkindir. Ipak qurti o‘z ipagini katta qilib o‘raydi, chunki bunda uning kapalagi
o‘sha joyda harakatlana olishi kerakdir. Oddiy ari tuxumini chuvalchangga qo‘yadi bunda u
chuvalchangni etakchi gangliyasini zararlab, tuximini qo‘yada bu holatda chuvalchang halok
bo‘lmaydi, balki arining bolasiga em bo‘ladi. Bunday murakkab xatti-harakatlar o‘zining
maqsadliligi jihatidan hayron qoldiradi. Asalarining in qurishi ham juda murakkab hisoblanadi, u
xuddi arxitektor kabi hamma qismlarni hisobga olgan holda in qurgandek ko‘rinadi. Masalan
baliqlar, qushlar ma’lum bir xududda yashab ikkinchi xududga qishlash uchun keladilar. Bu xolatda
murakkab xatti-harakat formalari programmalashtirilgan hisoblanadi. Instinktni to‘rt asosiy
xususiyatini ajratishimiz mumkin, bular quyidagilardir: nasliylik, o‘qitishdan mustaqillik, birxillik,
bir tomonlamalikdir. Masalan asalarilar 140 ga yaqin xidlarni ajratish xususiyatiga egadirlar.
Asallarilar to‘lqinlarni ham tez va oson ajrata oladilar. Inson tebranishlar chastotasini sekundiga 20
dan 20mingga yaqinini ajratadi, qumursqalar esa faqat ultrazvuk tebranishlariga javob beradi.
qumursqalarda yana ko‘rishi yaxshi rivojlangan. Ularning ko‘zlari umurtqalilardan farqli ravishda
bir necha ming aloxida bo‘limchalardan iboratdir. Demak qumursqalarda yuqori darajada
rivojlangan umurtqalilar kabi hamma sezgi organlari mavjuddir. Ularda qo‘zg‘alish aynan shu
organlarda paydo bo‘ladi va so‘ngra oldingi gangliyaga etkaziladi. Oldingi gangliyada uchta turli
xil qismlar mavjuddir: oldingi qism ko‘rish retseptorining tolalari boradi, o‘rta qism xid bilish
retseptorlari boradi va orqa qism og‘iz qismining retseptorlari boradi. Shu tariqa asalarilarda oldingi
gangliyasi tasniflangan hisoblanadi, ularni esa umurtqalilar miyasi bilan ham solishtirish
mumkindir. Asalarilarning gangliyasi chuvalchanglarnikiga o‘xshamagan tarzda tuzilgan, ularning
28
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P.
42
118
gangliyalari tartiblangan tarzda tuzilgandir. Bu xatti-harakatlar yorug‘lik signallariga javob berishga
mo‘ljallangandir. Asalarining oldingi gangliyasi kelgan ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga
egadir, bular murakkab xatti-harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Har bir hatti harakatlar
instinktiv darajada tuzilganligi sababli ulardagi ma’lum o‘zgarishlarga hayvonlar javob
berishmasligi mumkin. Instinktiv xatti–harakatning besh xil turi mavjud. 1)oziqlanish, 2)nasl
qoldirish, 3) naslga g‘amxo‘rlik, 4)ximoyalanish, 5)in qurish va gala bo‘lib yashash. Har bir xatti
harakatlar shu instinktlar asosida amalga oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch kelsalar
instinktlar chegarasidan chiqib keta olmaydilar. Masalan o‘rgimchak to‘riga pashsha tushganini
vibratsiya orqali sezadi va ozuqaga intiladi. Agar iniga boshqa narsa tushsa ham unga intiladi,
chivin suvga tuxum qo‘yadi, lekin oynani ko‘rsa ham tuxum qo‘yishi mumkindir.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |