ularning xatti-harakatlari instinktiv ravishda sodir bo’ladi.
26
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P.
112-113
116
Real olamning in’ikosi bo’lmish psixikaning faqat odamgagina xos bo’lgan va odamda
jamoa mexnati jarayoshda rivojlanuvchi oliy shakliga
ong
deb ataladi.
Hamkorlikdagi mehnat va insoniy nutqning maydonga kelishi bilan birgalikda paydo
bo’lgan ong odamlarda o’zgarmay qolmagan, u avloddan-avlodga muttasil rivojlanib borgan.
Og’zaki nutqdan tashqari yozma nutqning maydonga kelishi xdm ongning rivojlanishiga imkon
beradi. Bir-birlaridan olis joylarda yashovchi odamlar yozma nutq tufayli o’zaro tajriba almasha
oladilar, bir avlod qo’lga kiritgan bilimlar yozma nutq tufayli kelajak avlodlarga yetkaziladi. Ong
faoliyatda namoyon bo’ladi va faoliyatda shakllanadi ham.
Alohida olingan odam ongining rivojlanishi hamisha ijtimoiy-tarixiy jarayonga bog’lik
bo’lgan, ijtimoiy borliq, ya’ni muayyan jamiyatning turmushi tomonidan belgilangan. Moddiy
ishlab chiqaruvchi kuchlar, shu jumladan mehnat qurollarining rivojlanishi ana shu ijtimoiy
turmush-ning eng muhim sharoiti hisoblanadi. Chunonchi, tosh asri kishisining ongi bronza va
temirdan qurollar yasash hamda. ulardan foydalanishni o’rganib olgan kishilarning ongiga
qaraganda ko’p darajada sodda bo’lgan.
27
Manba:
Agar yomg‘ir chuvalchangini bosh gangliyasini olib tashlaganda u harakat qilishi ma’lum.
Yomg‘ir chuvalchangi uyini qishda issiq tutishi uchun va oziqlanishi uchun uyiga daraxt bargini
olib kirar ekan. Tadqiqotchilar shuni kuzatishdiki yomg‘ir chuvalchangi bargni oxiridan tortib uyiga
olib kirar ekan. Bu xatti-harakatni ko‘rganlar u aqlli xatti harakat qilayapti degan fikrga borishlari
mumkin. Shuning uchun ham olimlar uni ustidan tadqiqot o‘tkazib chuvalchanglarni harakatini
kuzatganlar. Ular chuvalchangda shaklni idrok qilish formasi bormi yoki yo‘qligini kuzatganlar.
Ular fargni shakliga o‘xshash shaklni bargdan kesib olganlar, bargni asosi hisoblangan barg shakli
hozirda oxiri hisoblana boshlagan, shunda chuvalchang oxiri hisoblangan tomonidan uyiga torta
boshlagan, demak chuvalchang boshqa omillar orqali xatti-harakatini boshqarishi ma’lum bo‘lgan.
1-fraza. Kalamushlar insonlarga juda o’xshash. Faqat bitta farqi ular lotoreya chiptalari
uchun pul sarflaydigan darajada ahmoq emas.
Deyv Berri, 2-iyul, 2002-yil
Odamlar murakkab. Lekin biz o’rganadigan jarayonlar kalamushlar, maymunlar va xattoki
dengiz shilliqurtlarida ham mavjud. Dengiz shilliqurtlarining nerv sistemasidagi oddiylik- bu uning
tushunarliligi. Bunday o’xshashliklar mavjud bo’lganligi sababli, biz hayvonlarni hurmat qilishimiz
kerak emasmi? Roger Ulrich (1991) “biz o’zimizning ilmiy ishimizni insonlar va hayvonlar
o’rtasidagi o’xshashliklarga asoslanib himoya qila olmaymiz, lekin ular o’rtasidagi farqlar asosida
himoya qilishimiz mumkin” deb ta’kidlaydi.
Hayvonot olamini himoya qiluvchilar hayvonlarni psixologik, biologik hamda tibbiy
tekshiruvlarda ishlatilishiga qat’iy e’tiroz bildirishadi. Bu mulohazalardan kelib chiqib ikkita
muammo paydo bo’ladi. Bulardan asosiysi insoniyatni hayvonlardan ustun qo’yish to’g’rimi?
Stress hamda rak kasalligida shichqonlarda shish paydo bo’lishi rostmi? Ba’zi maymunlar OITS
vaktsinasini toppish uchun HIV virusiga solinishi shartmi? Biz hayvonlarni ishlatishimiz va iste’mol
qilishimiz yirtqich qirg’iylar, mushuklar va kitlar kabi o’zimizni tutishimiz emasmi? Bu savollarga
javob turlicha madaniyatlarda turlicha. Kanada va AQSh dagi tadqiqotlaarda 60% odamlar
hayvonlardagi tibbiy tadqiqotlarni oddiy hol deb hisoblashdi. Britaniyada esa faqt 37% odam shu
fikrda.
Agar biz inson hayotini 1-o’ringa qo’ysak, qo’riqchilr qanday qilib himoya qilishlari
kerak? Hayvonlar ustida ilmiy ish olib boruvchi bir tadqiqotchi javob berdi: 98% hukumat
tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan boshqaruvlarda maymunlar, kuchuklar va mushuklar himoya
qilinadi, 74% ida essa kalamushlar va sichqonlarga odamlarning g’amxo’rlik qilishini ta’minlab
beradi. Ko’pgina mukammal uyushmalarda allaqachon shunday yo’riqnomalar mavjud.
27
G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. -T. O’qituvchi. 2010 y. 11- b.
117
Britaniya psixologik jamiyati yo’riqnomasida uy hayvonlarini to’g’ri tabiiy yashash
sharoitlari ostida boqishga, hamda jamoatga tegishli hayvonlarni esa hamkorlik ostida parvarish
qilishga chqiriladi. Uyushma yo’riqnomasi tadqiqotchilar hayvonlarda “qulaylik, sog’lik va inson
munosabatlari” ni kafolatlashi shart bo’lib, hayvonlardagi “yuqumli kasalliklar, zaharlanish va
og’riqlar” ni qisqartirishi lozim deb habar qiladi. Yevropa parlamenti hozirgi kunda hayvonlar
g’amxo’rlik darajasi va yashash joylari haqidagi standartlarni tuzib chiqmoqda.
Hayvonlarning o’zlari ham hayvonlar ustida olib boriladigan tadqiqotlardan manfaatdor.
Ohio tadqiqotchilar guruhi har yili hayvonlar uylariga olib kelingan millionlab itlardagi stress
garmonlari darajasini o’lchashdi. Ular hayvonlardagi stressni kamaytirish va itni yangi joyga
moslashtirish uchun yangi usullar o’ylab topishdi. Boshqa izlanishlar hayvonlardagi g’amxo’rlik
va boshqaruv darajasini oshishiga olib keldi. Bizni hayvonlar bilan hatti-harakatlarimizning
o’xshashligi hamda inson miyasi shimpanze, gorilla va boshqa hayvonlarga o’xshashligining fosh
etilishi hayvonlarga qayg’urish va ularni himoya qilinishining oshishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |