124
Qiziqishlar va e’tiqod
iziqishlar ham anglangan motivlardan bo’lib, ular shaxsni atrofida ro’y berayotgan
barcha hodisalar, olamlar, ularning o’zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar
to’plash, ularni o’rganishga imkon beruvchi omildir. qiziqishlar mazmunan
keng yoki tor
, maqsad
jihatidan
professional, bevosita yoki bilvosita
bo’lishi, vaqt tomondan
barqaror, doimiy yoki
vaqtinchalik
bo’lishi mumkin. qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs
dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo’ladi. Chunki
e’tiqod
shaxsning shunday ongli
yo’nalishiki, u insonga o’z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon
beradi. Xalq doimo e’tiqodli insonlarni hurmat qiladi. E’tiqodning predmeti turlicha bo’lishi
mumkin – Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, ahloqiy normalarga, oilaga, go’zallikka va shunga
o’xshash.
Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqyei va nufuzi ma’lum ma’noda undagi
e’tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri mobaynida faqat bitta narsaga
e’tiqod qiladilar. Masalan, Mir Alisher Navoiyning butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning
namunasi sifatida, turkiy xalqlar adabiyotiga asos solishga bag’ishlanganligi, Imom Buxoriy, Ibn
Sino singari buyuk allomalarning turli tayziqlarga qaramay ilm va ijod yo’lidagi qat’iyatlari,
erishgan yutuqlari e’tiqodlilikning yorqin namunasidir. Bunday misollar Sharqning va g’arbning
buyuk shaxslari misolida juda ko’p. Mansur Xalloj, Nasimiy, Boborahim Mashrab kabi hur fikrli
zotlar esa qatl qilingan chog’larida ham o’z e’tiqodlari va tanlagan yo’llaridan qaytmaganlar.
E’tiqodlilik nuqtai nazardan ham odamlar bir-birlaridan farq qiladilar. Tarixda shunday
shaxslar borki, ular butun ongi hayotini faqat bir narsaga bag’ishlab o’tib ketadilar, lekin ularga
o’sha ixlos va kuchli e’tiqod xalq tomonidan e’tirof etilib, mehnatlari, ilmiy kashfiyotlari yoki o’sha
kasbga sadoqatlari tufayli o’zlariga tiriklidayoq o’chmas xaykal qoldirganlar. Ayrim odamlar esa
o’zlaridagi qiziqishlar va e’tiqodni hayotlari mobaynida o’zgartirib boradilar. Masalan, yoshligida
sportning biror turiga astoydil ihlos qilgan odam bu borada katta natijalarga erishadi, uni yurt
taniydi. Umrining ma’lum bosqichida u shu erishgan yutuqlarini boshqa shaklda takomillashtirib,
ustoz-murabbiy sifatida o’qitishga astoydil kirishadi. Umrining yana bir bo’lagida tashkilotchi-
rahbar sifatida ana shu sohani yanada yuksaklikka ko’tarishga xizmat qiladi. Mukarrama
Turg’unboyeva, Yunus Rajabiy, Komil Yashin, Rufat Risqiyev, Abror Hidoyatov, Abdulla Oripov,
Ozod Sharofuddinov kabi yuzlab zamonamiz qahramonlarining hayot-faoliyatlari ana shunday
e’tiqodlilikning yorqin misolidir.
Demak, agan insonda biror narsaga e’tiqod shakllangan bo’lsa, undan yaxshi inson bo’lib,
odamlarga nafi tegishiga umil qilish mumkin. Lekin e’tiqodsizlikdan qo’rqish kerak. Agar
atrofimizda biror bir narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-maslagi yo’q kishini ko’rsangiz, unga
yordam berish yo’lini izlash kerak, chunki bu odamdagi e’tiqodsizlik nafaqat uning o’ziga, balki
atrofdagilarga ham faqat salbiy ta’sir ko’rsatadi. E’tiqodli inson avvalo o’zgalarga ziyon keltiruvchi
amallardan o’zini tiyadi, yolg’on gapirmaydi. Unda har doimo lafz bo’ladi, ya’ni bir nrasani
qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, ungi bajaradi, boshlagan
ishini oxiriga yetkazadi. E’tiqodli inson nima qilayotganligini, nima uchun aynan shu ishni
qilayotganligini juda yaxshi anglaydi. Shu tufayli haqiqiy e’tiqodli inson ilmga intiladi, o’z
hayotining mazmun-mohiyatini tushunishga intiladi, go’zallik yaratish, har tomonlama barkamol
bo’lishga tirishadi, yaxshilarga oshno bo’lish, buyuklikka havas uning hayotiy shioriga aylanadi.
Haqiqiy e’tiqod sohibida sog’lom fikr bo’lib, bu fikr orqali u insoniyatning umrboqiyligini idrok
etadi, o’zidan oilasiga, farzandlariga nimadir qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun ham
e’tiqodlilik – shaxsdagi jur’at, mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qat’iyat, halollik, isnonparvarlik,
vatanparvarlik kabi qator ijobiy sifatlar bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: