1 - ijtimoiy
2 - psixologik
Har qanday yuksak psixik funksiyalar rivojlanishiga ko‘ra dastavval ijtimoiydir. Ular
kishilarning o‘zaro munosabati sifatida shakllanadi, shundan keyingina esa shaxsning psixik
funksiyalari sifatida namoyon bo‘ladi. L.S.Vigotskiyning qonuniyati so‘z va predmetlariga nisbatan
munosabatni namoyon etadi. So‘z va predmetlar o‘rtasidagi ob’ektiv bog‘liqlik kattalar va bolalar
o‘rtasidagi muloqotni rivojlantiradi. SHuningdek, ong psixikani rivojlanishining oliy formasidir.
33
G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. -T. O’qituvchi. 2010 y- 55 b
34
G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. -T. O’qituvchi. 2010 y- 24b
Reja:
• Mehnat faoliyatida nutqning vujudga kelishi va rivojlanishi.
• Nutqli va nutqsiz muomala. Muomala tuzilishi.
134
Uning paydo bo‘lishi va rivojlanishida kishining mehnat faoliyati, ijtimoiy munosabati va muloqot
(til yordamida) qilish jarayoni ya’ni ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlar natijasidir.
Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga ta’siri masalalarini
psixolog olimlardan
L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, A.V.Zaporojes,
A.A.Bodalev, B.F.Lomov, A.A.Leontyev, M.I.Lisina
tadqiqot ishlarini olib borganlar.
L.S.Vigotskiy
bola shaxsi psixik dunyosi rivoji va taraqqiyotida muomalani tushuntirib
deydi: “Bola shaxsiy faolligini namoyon bo’lishining asosiy yo’li kattalar bilan muomalasi
hisoblanadi...Uning tashqi olamga munosabati hamisha boshqa odam orqali munosabat
bildirishdir”.
L.S.Vigotskiy
fikricha, ontogenezda genetik jihatdan birlamchi o’zaro ta’sir bahs, dialogdir;
ikkilamchi esa individning ongi, psixik jarayonlarining individualligidir: “Biz madaniy
rivojlanishning umumiy genetik qonunini mana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning
madaniy o’sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, ikki xil rejada paydo bo’ladi,
avval ijtimoiy, keyin psixologik, shuningdek, shaxslararao interpsixologik kategoriya sifatida so’ng
bola ichki dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida”.
L.S.Vigotskiy
shuningdek shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol va vosita muomala
jarayoni ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, shaxslararo munosabatlarda dastavval muomala asosiy
vosita, so’ngra esa xulq atvor vositasi turadi. Chunki inson yakka qolgan paytda ham muomala
funksiyasini o’zida saqlaydi.
L.S.Vigotskiy
qarashlaridan yana shu jihat ko’rinadiki, muomala intereorizasiya, ya’ni ichki
nutq va ektereorizasiya, ya’ni tashqi nutq, muomala shakllarida namoyon bo’ladi. Bundan
ko’rinadiki, muomala tufayli shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.
Demak,
L.S.Vigotskiy
ning muomala, shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid fikrlari
g’oyat qimmatli, chunki unda biz shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida
muomalani ko’ramiz va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada
anglaymiz.
V.M.Bexterev
ning boy merosida shaxslararo munosabatlar muammosi, xususan, muomala
mavzusi ijtimoiy psixologik nazariya jixatidan o’rganilgandir. Uning qarashlarida insonlarning
o’zaro ta’sir etishlari muhim muammo sifatida talqin etiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o’rganish ishini
V.M.Bexterev
tomonidan
amalga oshirilgandir.
V.N.Myasishyev
ning “Shaxsning munosabatlar psixologiyasi” konsepsiyasiga ko’ra, shaxs
“dialogik” xususiyatli, muomalaning shaxsiy tajribasi va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabat
mahsuli sifatida namoyon bo’ladi. Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emosiya kuchi, xohish,
extiyoj, ijtimoiy yo’nalganlik kabi shaxsni harakatlantiruvchi ichki kuchi tarkib topadi va bu uning
kechinmalari, xulqida, harakatida ifodalanadi.
V.N.Myasishyev
ning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid asarlarining taxlilidan
ko’rinadiki, muomala jarayoni shaxsning xususiyatlari, xarakteri, mayli, qobiliyatiga ta’sir
etishdagina rivojlanmasdan, balki muloqotda ishtirok etuvchilarning psixik jarayonlari bilan ham
bog’liqligi namoyon bo’lar ekan. Shuning uchun V.N.Myasishyev ishlarining alohida tomoni
muomala, uning psixologik tuzilmasi bilan muloqot ishtirokchilari psixik jarayonlari orasidagi
munosabat xususiyatlarini ochib berilishida yaqqol ko’rinadi.
135
Do'stlaringiz bilan baham: |