O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet141/216
Sana17.12.2022
Hajmi5,27 Kb.
#889729
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

Birinchi psixologik farqlardan
biri inson o‘z ehtiyojlaridan tashqari oldiga maqsad qo‘ya 
oladi.
Ikkinchi psixologik farq
inson va hayvonlarning atrof muhitga bo‘lgan munosabatlaridir. 
Masalan sayrga chiqqan vaqtda inson o‘z faolyaitini boshqaradi va shunga qarab harakat qiladi. 
Inson hatto qattiq chanqagan vaqtda ham ariqdagi iflos suvni iste’mol qilmaydi. Inson 
qonuniyatlarni tahlil qiladi.
Uchinchi psixologik farq
u boshqa insonlar tajribasiga tayanishi mumkin. Inson o‘z 
faolyaitini rejalashtirish xususiyatiga egadir. Insonning xatti-harakatlari quyidagi nazariyalarga 
tayangan holda kechadi. 
Birinchi nazariya
ong insonning ichki xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan jarayondir. 
Shu bilan u hayvonlardan farqlanadi. Dekartning fikriga ko‘ra hayvonlar mexanizmga o‘xshaydilar, 
ular tabiat qonunlariga tayangan holda yashaydilar, inson esa ma’naviy mavjudot, u aql qonuniyati 
asosida yashaydi. 
Ikkinchi nazariya.
Ongning vujudga kelishi bu dialogik nazariya hisoblanadi. Bu 
nazariyada ongni hayvonlarning evolyusiyasidan chiqarishga qarilgan faolyai sifatida ko‘rsatish 
yaqqol aks etgan. Inson hayvonlardan ijtimoiy jamoada yashayotganligi bilan farqlanadi. Insonning 
faolyaitida mehnatdan va mehnat qurollaridan foydalanish vujudga kelishi bilan inson faoliyatida 
ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlagan. Oldin mehnat urollari oddiy tosh, cho‘p hisoblangan 
bo‘lsa, ma’lum vaqt o‘tib ular takomillashgan va rivojlantirilgan. Insonning mehnati hech qachon 
yakka holda amalga oshmagan ular jamiyatda birgalikda faolyait qilishlari bilan hayvonlarning 
xatti–harakatlaridan farqlanadilar. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-harakatlarimizning sabablari biz 
tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollar va 
holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, 
nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har 
doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo’lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq 
motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha 
“attitud”
) hodisasi orqali tushuntiriladi. 
Ustanovka
– bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan programmasi
32
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P. 
405-406 


130 
sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval anglanilgan holda amalga 
oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan holatga o’tib boradi. Aynan shunday 
anglanilmagan harakat rejasi 
ustanovka
deb ataladi. Shaxsdagi maqbul harakatlar muntazam 
takrorlanishi natijasida unda maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, 
shaxsning doimiy faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi ustanovkalar ustuvor 
ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan 
motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar yoqadi. Lekin 
nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O’sha guruhdan yangi 
bir kitob qo’lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo’ladi. Shu ma’noda olib 
qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o’xshaydi. Lekin aslida 
uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, 
shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy ustanovka 
shaxsning ijtimoiy obyektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul 
qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon 
shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog’imiz 
muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan 
shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va 
hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o’rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida 
sanab o’tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar 
bo’lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va 
uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro’yobga chiqadi. 
Amerikalik olim 
G.Ollport
ustanovkalar orasida ijtimoiy ustanovkani alohida o’rganib, 
uning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan (
7-rasm)

Kognitiv komponent
– ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, g’oyalar,tushuncha va 
tasavvurlar majmui; 
Affektiv komponent
– ustnovka obyektiga nisbatan subyekt his qiladigan real 
hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emosional munosabatlar); 
Harakat komponenti
– subyektning obyektga nisbatan real sharoitlarda amalga 
oshirishi mumkin bo’lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo’lish). 
Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’liq bo’lib, vaziyatga qarab u yoki bu 
komponentning roli ustivorroq bo’lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik 
bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda 
yaxshi tanish bo’lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. “Tasodifan dars qoldirish”, 
“jamoatchilik joylarida tartibni buzish” kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg’unlik 
yo’qligini ko’rsatadi. Bu bir qarashda so’z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha 
namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa 
va bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o’rganib qoladi hamda ustanovkaga aylanib qolishi 
mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-
qarshilik va tafovut bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va 
faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 


131 

Download 5,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish