O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/216
Sana17.12.2022
Hajmi5,27 Kb.
#889729
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

 
Yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miya po‘stloqlari rivojlanadi, ular turli xil 
retseptorlardan kelayotgan signallarga javob berish xususiyatlariga egadirlar, yuqori darajada 
rivojlangan sut emizuvchilar xatti harakatini murakkab shakllarni bajara oladilar. Bu insonlar va 
hayvonlar o‘rtasidagi farqlar yo‘qoladi degan holatlarni berishi mumkin, hayvonlardagi 
intellektual xatti-harakatlar ularda aql bor degen taxminlarni berishi mumkin. Bu tushunchalar 
xato hisoblanib, inson va hayvonlar o‘rtasida bir qator tafovutlar mavjud. 
Hayvonlarning xatti-harakatlarida instinktiv biologik xulq atvor etakchilik qiladi, ularda 
biologik motivlar mavjud. Ular biologik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan xatti-harakat 
hisoblanadi. Hayvonlar biologik ehtiyojlardan tashqariga chiqa olmaydilar. Ulardagi har qanday 
faolyait albatta instinktlar asosida amalga oshiriladi. Insonlarning xatti-harakatlarini 10 tadan 9 
tasi maqsadga qaratilmagan faoyalitga yo‘naltiriladi. Demak birinchi farq hayvonlarning xatti-
harakatlar instinktiv xatti harakatlar chegarasidan chiqmaydi. 
Ikkinchi farq. Insonlar ham hayvonlar ham mehnat qiladilar. Biroq hayvonlar foydalangan 
mehnat qurollarini saqlab qo‘ymaydilar. Insonlar esa mehnat qurollarini saqlab qo‘yib, uni 
takomillashtiradilar. Hayvonlarda abstrakt ko‘rgazmali vaziyatlar mavjud emas, ichki 
vaziyatlardan kelib chiqqan xolda mehnat qurollaridan foydalanishlari mumkin, biroq mehnat 
qurollarini tashlab ketaveradilar. Hayvonlar bir mehnat qurollaridan ikkinchisini yasay 
olmaydilar. Uch yoshli bolaga boshqa mehnat qurollaridan qanday foydalanishni ko‘rsatsalar, 
bola darhol bu harakatni qaytarishi mumkin, hayvonlarda esa bu holat kuzatilmaydi. Hayvonlar 
uchun buyumlar ma’oum bir vaziyatlarda ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Hayvonlarning xatti-harakatlari aniq vaziyatlarga asoslangan bo‘ladi, ular insonlarga 
o‘xshab vaziyatlarni mavhumlashtirmaydilar. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin. Golland 
psixologik Boytendayk tomonidan o‘rganilgan holat. Hayvonlarning oldiga bankalar qatori 
qo‘yilgan, bitta bankada ozuqa bo‘lgan. Hayvon ozuqani qaysi bankaga qo‘yilganini ko‘rgan. U 


129 
ozuqani olib istemol qilgan. Ikkinchi tajribada ozuqa ikkinchi bankaga qo‘yilgan. Hayvonlar oldin 
birinchi bankani, so‘ngra ikkinchisini ochib ko‘rishgan, ular butun tajriba davomida oldin birinchi 
bankani so‘ngra keyingi bankani ochib ozuqani ola boshlagan. Insonda esa keyingi bankaga 
qaratilgan faolyait mavjud bo‘lgan. Ikki yarim yashar inson bolasi ham shu tajribani aniq bajara 
olgan. Demak hayvonlarning xatti-harakatlari faqat idrok etilgan holatlarga nisbatan bo‘lar ekan. 
 Agar hayvonlarning xatti-harakatlarida faqat ikkita omil mavjud bo‘lsa, insonlar xatti-
harakatlariga yana bir holat qo‘shiladi, bu hayvonlarda mavjud emas, hayvonlar nasliy xatti-
harakat va shaxsiy tajribalariga suyansalar, insonlarda yana boshqa omillar ham mavjud. Insonlar 
jamoaviy tajribalarga ham suyanishlari mumkin, ular boshqa insonning tajribalariga ham 
tayanadilar. Bu ijtimoiy tajriba hayvonlarda kuzatilmaydi. 
Hayvonlar tashqi shart-sharoitlarga moslashadilar, insonlar esa tashqi sharoitlarni 
hzlariga moslashtiradilar. 
Hayvonlarda faqat ma’lum bir shart sharoitlardagina hamkorlikdagi faoliyat amalga 
oshiriladi, isnonlardagi faoliyatlarning hammasi hamkorlikdagi faoliyat bilan bog‘langan. 
32
 
Insonning psixologik faoliyati hayvonlarning psixologik faolyaitlaridan tubdan farq qiladi. 
Insonning xatti-harakati biologik motiv va biologik ehtiyojlar asosida kechmaydi. Ularda ma’naviy 
ehtiyojlar ham mavjud. Hayvonlardan farqli ravishda inson o‘z oldiga maqsad qo‘ya oladi. Inson 
qanchalik och bo‘lmasin hom maxsulotlarni iste’mol qilmaydi. 
O‘qish, mehnat faoliyatini inson ongli ravishda amalga oshiradi. Demak inson bir faoliyatni 
bajarishdan oldin o‘ziga maqsad qo‘yadi va shu maqsad sari intiladi.

Download 5,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish