55
9
O„zbekiston
UZ
14 199
8,0 mln
1995 y
7
7
20 $
10 Ukraina
UA
634 000
15,3 mln
1992 y
150
182
10 $
Manba:
-
http//www.internetworldstats.com
ma‘lumotlari
asosida
tayyorlandi.
Har qanday ma‘lumot «eskirish» xususiyatiga ega. Yangi ilmiy va ilmiy-
texnik ma‘lumotlar shiddat bilan o‗sayotganligi sababli ayrim ma‘lumotlar «eskiradi».
Xorijiy tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlarga qaraganda, ma‘lumotning qadr-qiymati
pasayishi («eskirishi») gazetalar uchun kuniga 10 foizni tashkil etadi, jurnallar uchun
oyiga 10 foiz. Kitoblar uchun esa yiliga 10 foiz. Shu sababli ham ma‘lumotlarning
ulkan oqimida muayyan mavzu uchun yangi, muhim ma‘lumotni topish nafaqat bir
ilmiy xodim, balki jamoa uchun ham qiyin
1
.
Zarur ma‘lumotni qidirish – ijodiy jarayon, shu sababli uni
avtomatlashtirish maqsadga muvofiq. Axborot qidiruv – bu tanlangan mavzuga
daxldor hujjatlarni qidirib topish bo‗yicha operatsiyalar jamlanmasi. U qo‗lda,
mexanik, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan holda amalga oshirilishi
mumkin.
Qo‗lda qidirish oddiy bibliografik kartochkalar, kartotekalar va nashrlar
ko‗rsatkichlari bo‗yicha amalga oshiriladi. Mexanik qidiruvda perfokartalar axborot
uzatuvchi vazifani bajaradi. Mexanizatsiyalashgan qidirishda hisob-perforatsiya
mashinalari ishlatiladi, avtomatlashtirilgan qidiruvda esa, EHM. Axborot qidiruv
tizimlarida axborot qidiruv tilining turli muqobillari ishlatiladi.
Qidiruv optimal natija berishi uchun mavzuning tadqiqotchisi bevosita yoki
bilvosita ishtirok etishi zarur. Sanoat, transport, fan va boshqa sohalarda
zamonaviy universal ma‘lumotlar manbasi sifatida Global axborot tarmoq –
Internetni tilga olish mumkin. Bu tarmoq foydalanuvchiga turli axborot
resurslariga kirish imkonini beradi va quyidagi savollarga javob topadi:
Avtomatlashgan rejimda qanday qilib zarur axborot ob‘ektini topish
mumkin?
Undan olisdagi mashina ma‘lumotidan qanday foydalanish yoki o‗z
kompyuteriga qanday ko‗chirish mumkin?
Qanday dastur vositalari ko‗magida ularni qabul qilish mumkin?
Bu o‗rinda Internetdan foydalanuvchi tarmoqlararo aloqa ko‗magida boshqa
tarmoqdagi informatsion resurslardan foydalanishi ham mumkin.
Internet axborot resurslari – bu axborot texnologiyalar va ma‘lumotlar
bazasining butun jamlanmasi bo‗lib, mazkur texnologiyalar yordamida o‗rganiladi
hamda muntazam ravishda yangilab turiladi.
Jamlanmaga quyidagilar kiradi:
FTR fayl arxivlari tizimi;
WWW ma‘lumotlar bazasi;
1
Peregudov L.V. Metodologiya nauchnogo tvorchestva: Uchebnik. T.: Moliya. 2002.
56
Gopher ma‘lumotlar bazasi;
WAIS ma‘lumotlar bazasi va boshqalar.
FTR fayl arxivlari tizimi keyingi 10-15 yil ichida yig‗ilgan barcha
ma‘lumotlarning kengaytirilgan omboridir. Uning xizmatidan istagan mijoz
foydalanib, o‗ziga kerakli ma‘lumotdan nusxa olishi mumkin.
Ko‗plab axborot arxivlaridan qulay foydalanish tizimi sifatida World Wide Web
gipertekst axborot tizimini (WWW-«Butun dunyo o‗rgimchak to‗ri») tilga olish
mumkin. Mazkur texnologiyaning ko‗plab interfeyslari manipulyatorning «sichqoncha»
tugmachasini bosish orqali zarur so‗z yoki grafik surat vositasida olinadi. WWWda
Internetda yo‗nalish olishga ko‗maklashadigan katta miqdordagi kataloglar bor.
WWW ning boshqa axborot qidirish va uzatish vositalariga nisbatan afzalligi
WWWning bir sahifasida bir vaqtning o‗zida matnni va tasvirni ko‗rish, tovushni
eshitish va animatsiya, ya‘ni harakatni tomosha qilish mumkin.
WWW – bu axborot bilan ishlashning eng qulay vositasi.
Gopher axborot taqsimlash tizimi asosida iyerarxik kataloglar g‗oyasi
yotadi. Bu tizim sodda va ishonchli, himoya qilingan tizim sifatida tan olingan.
WAIS axborot qidirish-taqsimlash tizimi asosida esa mantiqiy savollar, kalit
vositasi sifatida qo‗llaniladigan so‗zlar vositasida zarur ma‘lumotni qidirish tizimi
yotadi. Foydalanuvchi o‗z talabini qoniqtiruvchi hujjatlarni qidirish jarayonida WAIS
ning serverlarini ko‗rib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: