Har qanday ilmiy tadqiqot, tadqiqot olib borishi mo‗ljallanayotgan sohaga
bag‗ishlangan ilmiy-texnik adabiyotlarni izlashdan boshlanadi.
davriy nashrlar (jurnallar, byulletenlar, institutlar nashrlari va ilmiy
normativ hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, yo‗riqnomalar, normativ
ikkilamchi hujjatlar (bibliografik kataloglar, referativ sharhlar, referativ
jurnal va hokazo.).
Sanab o‗tilgan hujjatlar hajmi yildan yilga o‗sib borayotgan ulkan axborot
qatlamini hosil qiladi. Bu o‗rinda ma‘lumotlarning o‗sib borayotgan va susayayotgan
qatlami farqlanadi. O‗sib borayotgan qatlam bajaruvchilar (ITI, OO‗YU, TKB va
hokazolar) tomonidan qayd qilinuvchi organlarga taqdim etiladi, susayayotgan qatlam
esa bibliografik, sharh va referativ shaklda ularning buyurtmasiga ko‗ra ijrochilarga
taqdim etiladi.
54
XXI asrning insoniyat tarixida «Axborot asri» deb aytilishi bejiz emas,
chunki o‗tgan asr davomida kompyuter texnologiyalari jarayonida juda katta
o‗sish amalga oshirildi.Hisoblash texnikasidagi o‗sish sur‘atlari dasturlardagi
tranzistorlar soni bilan o‗zaro bog‗liqdir. Dunyodagi eng mashhur korxona «Intel»
asoschilaridan biri Gordon Mur mikrosxemalardagi har bir kvadrat dyuymdagi
tranzistorlar sonining o‗sish sur‘atlarini o‗rganib chiqib, ularning soni har ikki
yilda ikki barobarga ortishini aytgan (bu Mur qonuni deb ataladi). 60-yillarda
protsessorlar 30 ta tranzistorlardan tashkil topgan bo‗lsa, hozirgi kunda
protsessorlar bir necha million tranzistorlardan iborat va kelajakda bu son bir necha
o‗n millionlarga yetadi.
Bo‗lardan tashqari, axborot saqlaydigan disklarning hajmi juda tez
sur‘atlarda qisqarib, ulardagi axborot sig‗imi esa ortib bormoqda. Masalan, oxirgi
10 yil davomida disklarning hajmi 800 marotaba kamaygan, axborot sig‗imi esa
24 ming marotaba ortgan.
Bunday o‗sish sur‘atlari dunyodagi axborot hajmining ham kengayib
borishiga sabab bo‗ldi. Yildan yilga ko‗p insonlar kengroq hajmdagi axborotdan
arzonroq narxlarda foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lmoqdalar.
Shunday qilib, 1998 yilda dunyo bo‗yicha Internetdan foydalanuvchilar soni
20 million atrofida bo‗lgan bo‗lsa, 2002 yilda ularning soni 540 milliondan ortdi.
Xozirgi kunga kelib bu raqam 1 mlrd. dan oshib ketdi.
1993 yilda Internet tarmog‗ida 200 dan kamroq veb-saytlar bo‗lgan bo‗lsa,
2010 yilda ularning soni 100 milliondan oshdi.
O‗zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 8 million bo‗lsa, ularning
7,6 millioni (92%) aynan yoshlar tashkil etadi.
Yurtimizda har 1000 kishidan 277 nafari internet xizmatidan foydalanadi.
Buning ustiga telefon aloqa tizimi orqali 3,6 million, mobil telefon aloqa tizimi
orqali 4,3 million kishining nternetdan foydalanishini inobatga olish lozim
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: