4. Mustaqil ishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish
Ilmiy-tadqiqot mavzusini tanlash va baholash
Ilmiy tafakkur muammoni yechish bilan bog‗liq. Muammoning yo‗qligi fanda
tadqiqotning barham topishiga va shu bilan fan rivojlanishining to‗xtashiga olib kelishi
mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishlari qo‗yidagi omillardan iborat: ilmiy yo‗nalish, muammo
va mavzu.
Ilmiy yo‗nalish - fanning muayyan sohasida yirik, fundamental yoki amaliy
masalani hal qilishga bag‗ishlangan ilmiy-tadqiqotlar jamlanmasi. Ilmiy yo‗nalish
tarkibiy birliklarga bo‗linadi: kompleks muammolar, mavzular va savollar.
Muammo – yechimini, tadqiqotni talab qiladigan murakkab masala. U
ma‘lum vaziyatning hosilasi bo‗lib, bu vaziyat amaldagi eski bilim va tajriba yoki
nazariy yo‗l bilan olingan yangi bilim o‗rtasida tafovut paydo bo‗lganda yuzaga
keladi. Kompleks muammo (yoki problematika) odatda bir yo‗nalishdagi bir necha
murakkab masalalarni qamrab olgan muammolar jamlanmasidir.
Mavzu - muammoning tadqiqot talab qiladigan muayyan sohasini qamrab
oladigan ilmiy masaladir. U muammoning aniq sohasiga qaratilgan kichikroq ilmiy
masalalarga tegishli ko‗plab tadqiqot savollariga asoslanadi. Mavzu yoki savol
yoritilayotganda aniq tadqiqot vazifasi ado etiladi, misol uchun, yangi material,
konstruksiya, progressiv texnologiya ishlab chiqish va hokazo. Bu o‗rinda ularning
bajarilishi natijasi nafaqat nazariy, balki asosan muayyan iqtisodiy samara
kutilayotgan amaliy ahamiyatga molik bo‗ladi.
Muammo va mavzuni tanlash bir necha bosqichda hal etiladigan murakkab
va mas‘uliyatli vazifadir. Birinchi bosqichda, muammoli vaziyatdan kelib chiqqan
holda, muammo izohlanadi va kutilayotgan natijaning umumiy yig‗indisi
aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda muammoning dolzarbligi, uning fan va texnikadagi
qimmatliligi belgilanadi. Uchinchi bosqichda muammoning tarkibi, ya‘ni
mavzular, kichik mavzular, masalalar va ular orasidagi bog‗liqlik aniqlanadi.
Natijada muammo daraxti vujudga keladi. Shundan keyin, muammo asoslangach
va tarkibiy ishlab chiqilgach, ilmiy xodim (yoki jamoa), odatda, mustaqil ravishda
ilmiy-tadqiqot mavzusini belgilaydi.
Mavzuni tanlash ba‘zan tadqiqot olib borishdan ham murakkabroq bo‗ladi.
Ilmiy-tadqiqot mavzusiga qator talablar qo‗yiladi:
1. Mavzu ayni paytda yechimini talab qilayotgan darajada dolzarb bo‗lishi kerak.
Fundamental tadqiqotlar mavzularining dolzarbligini aniqlash borasida hozircha
mutanosib o‗lchovlar yo‗q. Shu sababli ham bu o‗rinda dolzarblikni yirik olim
yoki ilmiy jamoa aniqlaydi. Amaliy ahamiyatiga kelganda, uning dolzarbligi
odatda muayyan ishlab chiqarishning aniq sohasi ehtiyoji va iqtisodiy samarasidan
kelib chiqib belgilanadi.
2. Mavzu yangi ilmiy masalani hal etishi va ilmiy yangiligi bilan ajralib
turishi kerak.
3. Ilmiy mavzularga muhim talab sifatida iqtisodiy samaradorlik va uning
ahamiyati qo‗yiladi. Amaliy tadqiqotlar bilan bog‗liq mavzular tanlash chog‗ida
53
mo‗ljallanadigan iqtisodiy samarani keltirish kerak. Fundamental harakterdagi mavzuni
tanlashda esa, iqtisodiy samaradorlik talabi mavzuning ahamiyati talabiga o‗rin bo‗shatib
beradi.
4. Mavzu ilmiy jamoa yo‗nalishiga mos kelishi kerak. Bu ilmiy jamoa malakasini
to‗laroq ishlatish imkonini beradi. Natijada izlanishlarning nazariy darajasi, sifat va
iqtisodiy samarasi oshadi, tadqiqotni bajarish muddatlari qisqaradi.
5. Mavzuning muhim talabi uning hayotga joriy etilishidir. Mavzu ishlab
chiquvchilar uning belgilangan reja bo‗yicha bajarilishini va buyurtmachining
ishlab chiqarish sharoitlarida amaliyotga qo‗llanishini aniqlashlari kerak. Ular
muayyan ishlab chiqarishning shu vaqtdagi talabi va kelajagidan yaxshi xabardor
bo‗lishlari lozim.
Mavzu tanlashda mazkur masalani hal qilishga bag‗ishlangan xorij va
o‗zimizdagi adabiyotlarni chuqur o‗rganib chiqish lozim. Bu esa zamonaviy ilmiy-
tadqiqotlar an‘analarini aniqlashga va qaytadan velosiped ixtiro qilib yurmaslikka
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |