435
bo‗lgan talabalarni tanlab ishga qabul qilish imkonini beradi. Amaliyot talabaga o‗zini biror bir
kompaniyaga namoyon etish orqali tavsiya etish, mutaxassisligi bo‗yicha mahoratini shakllantirish
imkoniyatini beradi. Amaliyotlar 3 oydan bir yilgacha o‗tkazilishi mumkin. Shuningdek, amaliyot
davrida talaba bajargan ishiga qarab maosh oladi. AQSHning ta‘lim sohasidagi menejment
xususiyatlari, oliy ta‘lim muassasalarining mustaqilligi, boshqaruvni demarkazlashtirish kabi masalalar
1994 yildagi ―Ta‘limning milliy maqsadlari to‗g‗risida‖gi va 2002 yildagi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solingan.
Germaniya universitetlarida bo‗lajak muallim ikkinchi Davlat imtihoniga ikki yillik pedagogik
amaliyotni o‗tagandan so‗nggina qo‗yiladi. Ikki yillik pedagogik amaliyot ―Referendariat‖ deb ataladi.
So‗nggi besh yilda Germaniya universitetlarida xususan Braunshveyg Texnik universitetida
ham ustoz (nastavnik) nazorati tizimi kengroq qo‗llanilmoqda. Bunda bir o‗qituvchi 10 kishidan ortiq
bo‗lmagan guruh amaliyotini boshqarib boradi va guruhga texnik masala qo‗yadi. Guruh amaliyot
davrida ushbu masalaga texnik yechim tayyorlashi lozim bo‗ladi. Amaliyot universitetning
―texnoparki‖ yoki universitet bilan uzaro texnik xamkorlik shartnomasi bo‗lgan firmalar ishlab
chiqarish bazasida o‗tkaziladi.
Shu bilan birga ―tyutorlik‖ tizimi ham qiziqarli. Tyutorlar yoki ilg‗or talabalar - o‗zlashtirishi
og‗irroq talabalarni mashg‗ulot va amaliyot vazifalarini bajarishiga yordam berishadi. Buning uchun
ularga qo‗shimcha ballar beriladi, ushbu ballar u yoki bu fandan imtihon topshirishlarida qo‗l keladi.
Polshada oliy ta‘lim tizimi universitetlar va professional kollejlardan iborat. Kollejlar rejasi 3-
4 yilga mo‗ljallangan. Bitiruvchilarga litsensiat, injener yoki bakalavr diplomi beriladi. Universitet
to‗liq kursini o‗tagan talaba magistr darajasini oladi. Har o‗quv yilining kamida uch oyi, bitiruvchi
kursning kamida olti oyi amaliyotda o‗tadi. Amaliyot kollej yoki universitet bilan shartnomasi bo‗lgan
korxonalarda yoki talabani o‗qitishni buyurtma qilgan korxonada o‗tadi. Amaliyotni muvaffaqiyatli
tamomlagan talabaga imtixonlarga ruhsat beriladi. Talabaga korxona amaliyot natijasiga ko‗ra
mukofot to‗lashi mumkin.
Janubiy Koreyada ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuniga ko‗ra, barcha – davlat tasarrufidagi va
xususiy oliy o‗quv yurtlari ta‘lim vazirligi va mehnat resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan
boshqariladi. Boshqa masalalar bo‗yicha universitetlar Koreya Universitet ta‘limi kengashi
tamoyillariga tayanadi. Janubiy Koreyada o‗qish bevosita ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lganligi
sababli yetakchi firmalar universitetlarga grandlar ajratishadi va talabalar amaliyotlarni ushbu firmalar
bazasida bajaradi. Universitetlarning o‗z ilmiy tekshirish laboratoriyalari mavjud bo‗lib nazariy
mashg‗ulotlarga nisbatan amaliy mashg‗ulotlar ko‗proq o‗tkaziladi. Talaba ta‘lim olish jarayonida o‗zi
tanlagan mutaxassisligi bo‗yicha tadqiqot va amaliy ishlarni olib boradi, kurs rahbari unga texnik
masala qo‗yadi va talabalar bir necha kishi bo‗lib ushbu masalaga yechim va texnik model tayyorlaydi.
Amaliyot kurs o‗rtasida va oxirida ikki oy muddatdan bajariladi. Amaliyot natijalariga ko‗ra
imtihonlarga ruhsat beriladi. Firma bo‗sh ish o‗rinlariga o‗z zavodlarida amaliyot o‗tagan yuqori natija
ko‗rsatgan talabalarni tanlov asosida qabul qiladi. Talaba o‗qishini tamomlash oldidan olti oylik
amaliyot o‗taydi va natijaga ko‗ra bitiruv imtihoniga qo‗yiladi.
Yangi Zelandiya, Vengriya, Ispaniya kabi davlatlar ta‘lim sohasini boshqarishni
markazlashtirish siyosatidan butkul voz kechganlar, ushbu davlatlarda davlatning faqatgina
muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalari saqlanib qolgan; qolgan barcha vakolatlar mahalliy
hokimiyat organlariga o‗tkazilgan bo‗lib, ular ta‘lim tizimi sohasida bevosita tezkor boshqaruvni
amalga oshiradilar hamda shu maqsadda tegishli qarorlar qabul qiladilar.
Xorijiy davlatlar oliy ta‘lim tizimi rivojlanish tendensiyalarining qiyosiy tahlili natijasida,
yetakchi davlatlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi, milliy, tarixiy an‘analari asosida shakllangan
jihatlarini o‗rganish katta amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: