Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


KIYIKO„T (ZIZIFORA) O„SIMLIGINING TABOBAT VA TIBBIYOTDA AHAMIYATI VA



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   414
Bog'liq
Туплам

KIYIKO„T (ZIZIFORA) O„SIMLIGINING TABOBAT VA TIBBIYOTDA AHAMIYATI VA 
KAMAYIB KETISH SABABLARI
 
Yaxshiboyeva D.T., Keldiyorova Z.N. 
Navoiy davlat pedogogika instituti 
Kiyiko‗t - yurtimizda Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo 
viloyatlarining tog‗li tumanlarida tog‗ yonbag‗iri, toshli joylarda va adirliklarda o‗sadi. G‘arbiy Sibir 
va Osiyoda har xil tuproqli cho‗llarda, gilli va toshloq tuproqli cho‗llarda tarqalgan. Kiyik o‗ti asosan 
Ugom, Chotqol, Pskom, Qurama va Qorjontog‗da, Zarafshon, Turkiston, Nurota va Hisor tog‗ 
tizmalarida o‗sishini ham ko‗rishimiz mumkin. Kiyiko‗tlar o‗zidan ko‗plab poya chiqaradigan yarim 
buta va ko‗p yillik o‗t o‗simliklar bo‗lib balandligi 40 sm gacha borishi mumkin. Nafis kiyiko`t (
Z. 
tenuior
L.) Bir yillik o`t. Bo`yi 5-30 sm. Poyasi oddiy, asos qismidan shoxlangan. May-avgust oylarida 
gullab urug`laydi. Cho`l, adir va tog` zonalarida uchraydi. Efir moyli o`simlik. Gulbandli kiyiko`t (Z

pedicellata
Pazij). Ko`p yillik o`t. Bo`yi 20-40 sm. Barglari nashtarsimon yoki ingichka nashtarsimon. 
Iyun-sentabr oylarida gullab urug`laydi. Tog` yonbag`irlarida o`sadi. Efir moyli o`simlik. 
Barglari uzun lansetsimon, uncha katta bo‗lmagan, har tarafdan yalang‘och, temir parchalariga 
o‗xshash xollari bor. Gullari tojibarglari osonlik bilan tushib ketadigan, asosan pushti va binafsha 
rangli gulli o‗simlik. Yozning o‗rtalarida gullaydi. 
Mahalliy aholi kiyiko‗tini ziravor sifatida turli taomlarga qo‗shishadi. Respublikamizing shahar 
va qishloqlaridagi choyxonalarda hamda umumiy ovqatlanish maskanlarida, ayniqsa Navoiy 
viloyatining turli tumanlarida yozning jazirama kunlarida kiyiko‗tdan damlangan choylar kishi 
tanasiga rohat bag‗ishlaydi, chanqovni bosadi, ovqatni yaxshi hazm qiladi, qon bosimi va yurak 
faoliyatini mo‗tadillashtiradi. chunki ularning tarkibida efir moylari, vitaminlar va odam organizmi 
uchun zarur bo‗lgan turli makro va mikro elementlar mavjud. Xalq tabobatida kiyiko‗tli choy tomoq 
qitir bo‗lib qirilganda, o‗pka va yurak xastaliklarida, qon bosimi ko‗tarilganda tavsiya etilgan. U 
jigarni mustahkamlash va peshob haydash xususiyatiga ega Uning gullari, poyasi, barglari va siqilgan 
o‗simlik sharbati tabobatda va sanoatda dori sifatida ishlatiladi. Uning ildizi ko‗plab vitaminlarga boy 
bo‗lib, C vitamin, ko‗plab flavinamidlar, saponin, efir moylari ko‗plab uchraydi. O‗simlikning yer osti 
qismi yer usti qismga nisbatan organik kislotalarni, alkoloidlarni, ziforinni ko‗proq saqlaydi. Kiyiko‗t 
asosan gipertoniyada qon bosimini tushuruvchi, yurak bilan bo‗lgan nevrozda, erta klimaksda, o‗tkir 
va yosh bilan bog‘liq bo‗lgan revmokarditda, odamda qon aylanish bilan bog‘liq muammolar yuzaga 
kelganda va revmatik endomiokarditda foydalaniladi. Kiyiko‗t shuningdek yurakning ishemik 
kasalligida, tojsimon arteriya aterosklerozida, har xil sababli bosh og‘riqlarini kamaytirishda, 
stenokardiyada,miokardda mineral tuzlar almashinuvini narmallashtirishda ham foydalaniladi. 
Shuningdek, ―Safro haydovchi Xojimarov yig‗masi‖ning asosiy tarkiblariga ham kiyiko‗t kiritilgan. 
Kiyiko‗t turli ―fitochoy‖lar tarkibiga kiritilgan va muvaffaqiyatli rivishda ishlatilib kelinmoqda.
Kiyiko‗t gemostatik xususiyatga ega bo‗lib, uning yordamida gepoksiyada kuzatiladigan 


385 
kislorod yetishmasligida nafas olishni yengillashtirish mumkin. Bu bilan tojsimon arteriya bilan 
bog‘liq miokardda va miokard infarkti bilan kurashishni yengillashtiradi. Olimlar shuni fan yuzasidan 
tasdiqlashdiki ziziforin preparati bilan yurak qorinchasi bilan bog‘liq yurak tonlarini o‗zgarishi, 
aritmiyada ham foydalanish mumkin ekan. Lekin xalq tabobatida umumiy mustahkamlovchi sifatida 
foydalanishadi. Kuchli suvga tashnalik, oshqozon-ichak sistemasi muommolarida, ishtaha ochuvchi va 
sifalisni davolovchi sifatida ham foydalanishadi. Gul qaynatmasi gastritda, tez-tez qusish holatlarida 
foydalaniladi. Novdalari pazandalikda baliq uchun ziravor sifatida,efir moylari esa parfumeriyada 
ishatiladi.
Xulosa qilib aytganda, shuncha foydali belgilarga ega bu o‗simlikning tabiiy tarqalgan maydoni 
qisqarib bormoqda. Har qachon ham dorivor o‗simlilarga bo‗lgan talab yuqori bo‗lgan. 1500 dan ortiq 
dorivor o‗simliklar hozirgi kunda keng ommada foydalaniladi. Shunga ko‗ra bu o‗simliklarni 
muhofaza qilish talab etiladi. Maxsus dorivor o‗simliklar ko‗paytiriladigan maydonlarni ko‗paytirish 
kerak. U yerda faqat bir turdan iborat qoplam hosil qilmasdan, biogeotsenozini shakllantirish kerak. 
Dorivor o‗simliklar bilamizki ko‗pchilik qismi tog‘ va tog‘ yonbag‘irlarda tarqalgan. Ular mavsum 
yaxshi bo‗lganda uch faslda ham uchratishimiz mumkin. Lekin cho‗llarda tarqalgan o‗simliklar 
ayniqsa dorivorlari faqat bahorda bo‗ladi va vegitatsiya davrini tezda tugatadi. Shunga qaramasdan 
odamlar tomonidan gullashga ulgurmasdanoq terib olinishi tabiatga katta zarar keltiradi. Biz kelajak 
avlodga bu boyliklarni o‗z holida, ularga xiyonat qilmagan holda yetkazishimiz kerak. Shu sababli bu 
o‗simliklarni yo‗qolib ketishiga yo‗l qo‗yolmaymiz.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish