387
TIKANLI ARTISHOK O„SIMLIGINING O„ZIGA XOS DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
VA XALQ XO„JALIGIDAGI AHAMIYATI
Yaxshiboyeva D.T., Abdirazzoqova A.G‘
Navoiy davlat pedogogika instituti
Hozirgi kunda dorivor o`simliklarni juda ko`p qismini chorva mollari uchun yem-xashak sifatida
insonlar tomonidan foydalanib kelinmoqda
.
Shulardan biri sifatida tikonli artishokdir.
Cynara
L ya`ni
Artishok turkumi qoqio‗tdoshlar (
Asteraceae)
oilasiga mansub ko‗p yillik o‗simlikdir, uning 11 turi
ma‘lum. Artishokning vatani O‗rta yer dengizi mamlakatlari hisoblanib, eramizdan 600 yillar ilgari
Misrda foydali o‗simlik sifatida keng ishlatilgan. Madaniy holda Yevropa va janubiy mamlakatlarda
ko‗p uchraydi.
Tikanli artishok bo‗yi 0,5-2 m keladigan ko‗p yillik o‗t. Poyasi yo‗g‘on, tik, tukli, kulrang yoki
oqimtir. Uning o‗suv davri 180-200 kun davom etadi. Atrishok janubiy mintaqalarda ikkinchi yili
gulpoya chiqaradi. Agar yaxshi parvarish qilinsa,14 yilgacha savatcha va gullar hosil qiladi. Keyingi
yilga ildiz bo‗g‘zidan yangi o‗simtalar unib chiqadi.Ikkinchi yilida gullab urug‘ beradi. Gullari chetdan
changlanadi.
Cynara scolymus
L. Issiq sevar o‗simlik bo‗lib,uning yaxshi o‗sib rivojlanishi uchun
+18-25°C qulay hisoblanadi.Yosh nihollari bahorda -3°Сga bardosh beradi. Barg to‗plami -10-12°С
sovuqqa bardosh beradi. Namlik yaxshi bo‗lganda urug‘lari -0+1°Сda biroy mobaynida yerdan unib
chiqadi,urug‘lari +3+5°С issiq bo‗lganda 10-12 kunda unib chiqadi.
Atrishok tabiiy dorivor o‗simlik hisoblanadi. U moddalar almashinuvi jarayonlarini yaxshilab,
ovqat hazm qilish sistemasini normallashtirishga yordam beradi. Organizmdagi zaharli toksinlar va
tuzlardan qutilishga yordam beradi.
Tikonli Artishok (
Cynara scolymus
)
Tikanli Atrishok xalqaro tibbiyotda ham keng qo‗llaniladi. Bundan tashqari u buyraklarni
tozalashga yordam berib normada ishlashini ta‘minlaydi. U kuchli antiosidantlarga boy dorivor
o‗simlik hisoblanib, oqsil va uglevodlarga boy oziqning hazm bo‗lishini tezlashtiradi hamda
arterioskleroz va xolesistit kasalliklariga juda yaxshi davo hisoblanadi. Tikanli Atrishok yurak-qon
tomir kasalliklariga ham davo bo‗lib qon tarkibidagi xolesterin va shaker miqdorini kamaytirib
normada ushlaydi. U o‗lik hujayralarni yo‗qotib jigar hujayralarini qaytar tiklashga yordam beradi yani
jigardagi bilirubin moddalariga ta‘sir ko‗rsatadi. Bundan tashqari suvli temiratki hamda tangachasi
montemiratki va shunga o‗xshash boshqa teri kasalliklarida samarali foyda keltiradi. Atrishok
o‗simligisuvini bosh terisiga surtiladigan boshga surtiladigan bo‗lsa soch to‗kilishini oldini oladi.
A.A. Grossgeym ma‘lumotiga ko‗ra, artishok savatchalarida 9,5 mg % A vitamini, barglarida
esa 88,6 mg % S vitamini saqlanadi.L.Ya. Sklyarevskiy, B.M.Borovoy, V.N.Lukyaneslarning
ko‗rsatishicha, artishokning savatchalari tarkibida 2,5-3,0% - oqsil, 7,0- 15,0% - uglevodlar, 3,0-11 mg
% S vitamini, 0,4 mg % – karotin, vitaminlardan B
1
va B
12
, mineral tuzlar, kletchatka va inulin
saqlanadi. Artishokda biologik faol modda – flavonoidlarga mansub sinarin saqlanadi. Savatchaning
tashqi tomondan o‗rab turgan o‗rama bargchalarida yoqimli ta‘m beruvchi efir moylari mavjud.
Urug‘lari 30% ga yaqin yog‘larni saqlaydi. Corze, L. Panizzi, M.L. Scarpatilarning ko‗rsatishicha,
artishokning yangi barglaridan 1,4-dikofenilxin kislotasi (sinarin) 1,4-di-O-kofenil -D-xin kislotasidan
o‗simliklarning biologik faolligini oshiruvchi modda ajratib olindi. M.L. Scarpati artishok bargidan
xlorogen, kofein kislotalari va R
x
, R
x
- xlorogen kislotaga yaqin moddalar borligini aniqladi. M.A.
388
Ragimovning fikriga ko‗ra, artishokning 100 kg ho‗l vazni o‗z tarkibida: 10,7% - uglevodlar, 12% -
azotli modda, 2,5% - yog‘, A va C vitaminlari, 1 kg dan ziyod hazm qilinadigan protein saqlaydi.
Xulosa qilib, aytganda tikonli artishok inson uchun juda katta foydali o‗simlik hisoblanib,
odamdagi juda ko‗p hayotiy jarayonlarning normal kechishini ta‘minlaydi hamda iqtisodiy jihatdan
ham qulaydir. Tikonli artishok turlarini ma`daniy holda ko`paytirish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: