Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   414
Bog'liq
Туплам

Гипнотик уйқу:
Бошқа инсонлар томонидан бирор бир кишига ҳар хил сўзлар, 
ҳаракатлар ѐки уқалашлар таъсирида юзага келадиган уйқу ҳисобланади. Бунда гипнозланган 
одамнинг бош мия ярим шарларининг пўстлоқ қисмидаги нерв марказларини ҳаммаси эмас, 
балки маълум қисми тормозланади. Психологлар гипноз йўли билан турли руҳий 
касалликларни даволашда фойдаланадилар.
Наркотик уйқу:
Ҳар хил кимѐвий дори воситалари таъсирида бош мия нерв 
ҳужайраларида тормозланиш ҳолати юзага келади. Бундай уйқу асосан жароҳати ўта оғир 
инсонларда тинчлантириш учун, жаррохлик вазиятлари учун, каби ҳолатларда қўлланилиб 
келинади. Наркотик уйқу маълум бир неча соатларга беморни тинчлантириш учун ва оғриқни 
ҳис этмаслик учун қўлланилади.
Уйқу касалликларига:
Ойпараст (лунатик) летаргия уйқуси ва уйқусизлик киради. 
Ойпараст касалигида одам тунги уйқу вақтида кечаси ўрнидан туриб уйдаги буюмларни 
йиғиштиради, ўрнини ўзгартиради, деразани очади, ҳовлига чиқади, баъзилари эса деворга 
чиқади, ҳатто кўчага чиқиб, яна қайтиб келиб ўрнига ѐтади ва яна уйқуни давом эттиради. 
Эрталаб эса ҳеч нарсани эслай олмайди.
Летаргия уйқуси
– бу касаллик ҳолати бўлиб, одамларда тўсатдан юз беради. Одам чуқур 
уйқуга кетади. Унинг нафас олиши ва юрак уриши секинлашади, ҳатто сезилмайдиган даражада 
бўлади ва атрофдагилар бундай холатдан қўрқиб кетади. Уйқу тана аъзоларининг ўзидан 
кейинги фаоллашувини таъминлайди. Уйқу инсонларнинг танаси учун озуқадир.
CHETDAN KIRIB KELGAN SITRUS MEVALARNI INTRODUKSIYALASHNING 
SAMARADORLIGI 
Abitqoriyev A.M., Rahmonova N.Z. 
Andijon davlat universiteti 
Bizga ma‘lumki, 2017yil 17 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan, 
2017-2021 yillar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustvor yo‘nalishi bo‘yicha 
xarakatlar srategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiyaning uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotning rivojlanishi 
va liberallashtirilishi yo‘nalishi bo‘lib, uning uchinchi bandida qishloq xo‘jaligiga alohida e‘tibor 
qaratilgan, jumladan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va rivojlantirish; tarkibiy 
o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish; mahsulotlar yetishtirishni muttasil oshirib borish, mamlakat oziq-
ovqat xavsizligini yanada mustaxkamlash, agrar sektorining eksport saloxiyatini sezilarli darajada 
oshirish, paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini 
maqbullashtirish, qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish bo‘yicha tizimli 
chora-tadbirlarni ko‘rish nazarda tutilgan [1]. 
Hozir deyarli barcha qit
ʼ
alarda yetishtirilayotgan madaniy o
ʻ
simliklarning ko
ʻ
pchiligi turli 
geografik o
ʻ
lkalardan tarqalgan, "ko
ʻ
chirib keltirilgan" o
ʻ
simliklar hisoblanadi. XVI-XVII-asrlarda 
Amerikadan Yevropaga makkajo
ʻ
xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqa o‘simliklar 
tarqalgan bo‘lsa, Avstraliyada sitruslar, makkajo
ʻ
xori, uzum, paydo bo
ʻ
ldi. O
ʻ
simliklar tabiiy arealdan 
yangi hududlarga introduksiya (lot.Introductio-jalb etish) qilinganda turlar (navlar)ning hayotchanligi 
va introduksiyaning maqsadi bo
ʻ
lgan qimmatli xo
ʻ
jalik belgilarining yaxshilanishi yuz beradi: meva 


199 
(urug
ʻ
) hosildorligi ko
ʻ
tariladi, fitomassa ko
ʻ
payadi, muhitning turli omillariga, kasallik, 
zararkunandalarga chidamliligi ortadi. Mamlakatimiz taraqqiyoti xar tomonlama tobora rivojlanib 
borayotganligi sababli bizga xam bir necha qator o‘simliklar introduksiya qilinmoqda. Bularga misol 
qilib, sitrus o‘simliklar (Rutaceae), sabzavot va poliz ekinlarini ko‘rsatish mumkin. Bilamizki
insoniyat uchun o‘simliklarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, hozirda sitrus o‘simliklarga bo‘lgan 
talab tobora ortib bormoqda. Chunki, bu o‘simliklarning mevasi foydaliligi, shifobaxshligi va ta‘mi 
jihatdan birinchi o‘rinni egallaydi. Shu sababli ham bu o‘simliklar bizning mamlakatimizda ham 
yetishtirilmoqda[2]. O‘zbekistonning anchagina qattiq iqlim sharoiti ta‘sirida sitrus o‘simliklar tinim 
davriga moslashib qoldi, shuning uchun ularni issiqxona va transheyalar bilan yopiladi. Transheya 
tubidan va devorlaridan berib turiladigan issiqlik hisobiga uning ichidagi temperatura noldan pastga 
tushmaydi. Ana shunday sharoitda o‘simliklarning yosh barglari to‘liq saqlanadi. Ularda assimilatsiya 
jarayoni davom etaveradi va organik moddalar to‘planaveradi. Lekin bu o‘simliklar bizni 
mamlakatimizda o‘zining kichik buta shaklida o‘sadi,vatanida esa daraxt shaklida bo‘ladi, chunki bu 
o‘simliklar bizni iqlim sharoitimizga to‘liq moslashmagan. Shuning uchun ham issiqxonalarda 
o‘stiriladi[4].Bu o‘simliklar mamlakatimizda yetishtirishdan maqsad ularningmevalari juda ko‘p 
kasalliklarga eng yaxshi davo hisoblanadi. Jumladan,yurak qon-tomir, sil, bod, oshqozon-ichak 
kasalliklarida va hozirda keng tarqalgan varikoz kasalliklarini davolashda foydalaniladi.Sitrus 
o‘simliklarning turlari bir nechta bo‘lib, ularning xar biri sanoatda, qishloq xo‘jaligida va meditsinada 
muhim axamiyatga ega. Bularga misol qilib, limon, apelsin, mandarin, banan, kivi va boshqalarni 
ko‘rsatish mumkin [3]. 
Limon-tarkibida7% limon kislota, 2-3% qand, A, B, C, D vitaminlari, fitonsidlar, efirmoylari, 
pektinmoddalar, natriy, kaliy,kalsiy, fosfor, temirkabi modal bo‘ladi. Limon uzoq saqlanganda va 
qayta ishlaganda xam tarkibidagi vitaminlar yaxshi saqlanadi. U yurak tomir tizimi kasalliklari, singa, 
sil, bod, anginani davloshda qo‘llaniladi, bundan tashqari tarkibidagi PP guruh vitaminlari qon 
bosimini pasaytiradi va miyaga qon quyilishining oldini oladi, organizmda moddalar almashinuvi 
buzilganda iste‘mol qilish tavsiya qilinadi. 
Apelsin-vitaminlar va biologik faol moddalarga boy bo‘lganligi uchun gipovitaminoz, jigar, 
yurak va qon-tomir kasalliklarini oldini olishda va ularni davolashda ishlatiladi. Apelsin mevasi 
tarkibida 6-8% shakar, 1,0-1,4% kislotalar, 1,0% pektin, 60-100mg/% C vitamini, ma‘lum miqdorda 
A,B
1
,B
2
,PP vitaminlari bor. Po‘sti qalin va sharbati kislotali bo‘lganligidan tarkibidagi vitaminlar 
yaxshi saqlanadi, yana uning mevasi qandolatchilikda xam ishlatiladi.
Mandarin-uning mevasi ajoyib desert sifatida juda mashhur bo‘lib,mevasi tarkibida karotin, 
askorbin kislotasi, C, B
6
vitaminlari, 7-8 % shakar, 0,7% pektin, 30-60 mg% A, B
1
, PP vitaminlari
temir, oltin, rux, kaliy, fosfor kabi moddalarni saqlaydi. Sovuq mavsumda turli infeksiyalarga chidamli 
bo‘lishda, shuningdek, tungi uyqu davomida o‘pka va bronxlarda yig‘ilgan shilimshiq ajralmalarni 
bartaraf qilishda xam qo‘llaniladi.
Banan-bu ekzotik meva hisoblanib, qon bosimini tushirib asab-qon tizimini normallashtiradi. 
O‘rtacha kattalikdagi bitta banan tarkibida 27g uglevod va 14g fruktoza mavjud bo‘lib, uning 
kaloriyasi 105 kkal ga yaqin bo‘ladi. 
Kivi- bu o‘simlikning mevasi boshqa o‘simliklardan vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. U 
inson organizimida imunitetni ko‘tarib, tuz va yog‘larni eritadi. Ortiqcha semirishdan saqlaydi.[5] 
Mevanomi 
Import narxi 
(1kg uchun) 

Bojxona 
to‘lovi 
(1kg uchun) 
($) 
Jami
O‘zbekistonga 
kelgandagi 
tan narxi 
1kg uchun 
(so‘m) 
Mahsulotlarni 
kelish kodi 
Limon(Layma) 
1.09$ 
0.44$ 
1.53$ 
12640 so‘m 
0805501000 
Limon (litva) 
2.25$
0.4$ 
2.65$
21920 so‘m 
0805501000 
Kivi
1.085$ 
0.165$ 
1.25$ 
10500 so‘m 
0802301000 
Mandarin
1.070$
0.01$ 
1.08$
9300 so‘m 
0805205000 
Apelsin
0.70$ 
0.34$ 
1.04$ 
9000 so‘m 
0805102000 


200 
Bu mevalarni bizga kirib kelish narxlari va aholiga sotish narxlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 
Bu mevalarga talab kuchli va aholi ehtiyoji uchun zarur lekin, yuqoridagi jadvaldan ma‘lumki, 
ularning narxi aholi o‘rtasida qiyinchilik tug‘diradi. 
Quyidagi jadvalda chet davlatlardan import qilingan sitrus mevalarni sotuvga chiqish narxlari 
bilan mamlakatimizda yetishtirilganda sotuvga chiqish narxlari va aholiga qancha summa foydaga 
qolishi keltirilgan: 
Mevanomi 
Import qilgan 
mahsulotni sotuvga 
chiqish narxi (barcha 
xarajatlar bilan) 1kg 
uchun (so‘m) 
O‘zbekistonda 
yetishtirilgan mahsulotni 
sotuvga chiqish narxi 
(barcha xarajatlar bilan) 
1kg uchun (so‘m) 
Import qilingan mahsulot 
va mamlakatimizda 
yetishtirilgan mahsulotlar 
o‘rtasidagi farq ( aholi 
foydasiga qolgan summa) 
1 kg uchun (so‘m) 
Limon(Layma) 
27490 
11000 so‘m 
16400 so‘m 
Limon (litva) 
55000 
25700 so‘m 
29300 so‘m 
Kivi
24490 
14000 so‘m 
10490 so‘m 
Mandarin
18000 
9000 so‘m 
9000 so‘m 
Apelsin
17790 
8500 so‘m 
9290 so‘m 
Yuqoridagi ma‘lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, Bu o‘simliklar inson organizmi uchun 
foydaliligi, turli kasalliklar uchun shifobaxshligi, sanoatda va qishloq xo‘jaligida xam ahamiyati juda 
katta bo‘lganligi sababli bunga ehtiyojimiz yuqori hisoblanadi. Shuning uchun bu o‘simlikni chetdan 
import qilib bo‘lsa xam foydalanamiz. Bu o‘simliklar bizda yetishtirilsa, birinchidan, moddiy jihatdan 
samara beradi, ikkinchidan mamlakatimiz iqtisodiy o‘sishi yanada yuksaladi, uchinchidan tadbirkorlik 
faoliyati kuchayib, aholi ish bilan ta‘minlanishi ortadi. Bu o‘simliklarni yetishtirishda albatta alohida 
e‘tibor kerak. Chunki bu yuqorida aytilganidek, bizni iqlim sharoitiga moslashishi qiyin shuning uchun 
bularni issiqxona yoki transheyalarda o‘stirish, sug‘orish va o‘g‘itlash tartib me‘yorlariga xam alohida 
e‘tibor berish zarur.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish