2. Ko’p qavatli uylarda birinchi qavat qismini loyihalash qoidalari
Zamonaviy ko‟p qavatli turar uylar tarkibida jamoatga xizmat
ko‟rsatishga mo‟ljallangan xonalar mavjud. Ular faqat shu uy yashovchilariga
xizmat ko‟rsatishi (yo‟iq xizmat ko‟rsatish) yoki shaharga xizmat ko‟rsatish uchun
mo‟ljallangan jamoat tashkilotlari tizimi qismi
(ochiq xizmat ko‟rsatish) bo‟lishi mumkin.
SHahar holatining uch turi farqlanadi. Birinchi guruhga mikroiqlim sharoiti
yaxshi bo‟lgan magistrallararo hududlar kiradi. Ularga mikrorayon bog‟lari
yaqinidagi, ko‟kalamzor piyoda yo‟laklari atrofidagi hududlar kiradi.
Bunday
sharoitda, turar-uylarning birinchi qavatida xonadonlarni joylashtirish yashash
qulayligiga tahsir ko‟rsatmaydi. Ayrim xollarda, birinchi qavatda joylashgan
xonadonlar uy oldidagi kichik yer maydonchalari
bilan umumiy xonadon yoki
oshxonadan chiqish eshigi orqali bog‟lanadilar.
Transport xarakati chegaralangan turar-joy binolari ko‟chalarida joylashgan
turar-uylarning birinchi qavatida, aholiga “yaqindan” xizmat ko‟rsatish xonalari
joylashishi mumkin. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
maishiy xizmat uylari
(kir yuvish, kimyoviy tozalash, ijara, buyurtmalar stoli kabilarning qabul
punktlari), savdo (birinchi zaruriyat mahsulotlarini sotish uchun), fuqarolarning
jamoat faoliyati uchun xonalar (o‟z-o‟ziga xizmat ko‟rsatish), bolalar, to‟garak,
sevimli mashg‟ulotlar uchun, sport xonalari, hamda bolalar bog‟chasidir.
SHaxsiy
avtomobillar garajlari yerto‟lada joylashtiriladi.
SHahar hududining ikkinchi guruhiga shahar va tuman ahamiyatidagi
ko‟chalar va magistrallar kiradi. Bu ko‟chalarning qizil chizig‟ida joylashgan turar-
uylarning birinchi qavati yashash uchun noqulay. Ular shahar xizmat turlari uchun
mo‟ljallangan noturar-uy ahamiyatidagi xonalar uchun ishlatilishi mumkin: savdo
(turli do‟konlar), madaniy-maishiy (ko‟rgazma zallari, kutubxonalar), jamoat
ovqatlanish xonalari (oshxona, kafe), dorixonalar, aloqa bo‟limlari
va boshqa
idoralar uchun ishlatiladi. Bu uylarning birinchi qavati “yaqindan” xizmat
ko‟rsatish xonalari uchun ham ishlatiladi.
SHahar hududining uchinchi guruhiga shaharlar markazi va rejaviy rayon
markazlari hududlari kiradi. Bu hududlarda joylashgan turar-uylarning birinchi
qavatida, shahar xizmat ko‟rsatish xonalari joylashadi.
Bular savdo markazlari,
yirik universal do‟konlar, transport va boshqa agentliklar, mahmuriy idoralar
bo‟lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruh hududida joylashgan turar-uylar
birinchi qavatining yechimi faqat xizmat ko‟rsatuvchi
idoralarning funktsional
tarkibi bo‟yicha emas, balki ularning masshtabi va xajmiy tuzilmasi bo‟yicha
farqlanadi.
Turar-uylarning birinchi qavatida joylashgan idoralarning funktsional
ahamiyati va o‟lchamiga ko‟ra, ular rejalanadi va konstruktiv tizimi qabul qilinadi.
Turar-uylarning birinchi qavatida ko‟pincha joylashtiriluvchi xizmat ko‟rsatuvchi
idoralar asosiy xonalarining joylashuv sxemalaridan bir nechtasini sanab o‟tish
mumkin.
Xizmat ko‟rsatish xonalari odatda, balandlik bo‟yicha bir yoki ikki qavatni
band qiladi, tarxda esa ular uchun uy ostida joylashgan fazoviy qism (qurilgan
xona), yoki turar-uyning tarz qismiga qurilgan xajm qo‟shiladi (qo‟shimcha
qurilgan xona).
Toshkent shaxridagi ko‟p qavatli turar joy binolari
Do'stlaringiz bilan baham: