Toshkent shahri Navoiy ko‟chasidagi “SHEDEVR” turar joymajmuasi.
Umumiy ko‟rinishi va andozali tarx qismi.
3. Klauzurani tartibini qay tarzda o’tkazishni, chizmalar bo’limini
tushuntirish.
Mustaqil ish uchun to’shiriq.
Tanlangan mavzu bo‟yicha eskiz ustida ishlash.
29-mavzu. Ko’p qavatli turar joy binolari xonalarining texnologik bog’liqlik
sxemalari.
Reja:
1.
Loyiha g’oyasida ko’rsatilgan konstruktiv yechimni tarxga bog’liqligiga
ehtibor berish.
2. Binoning tarz qismini badiiy yechimini to’ish.
3. Bino tarxlaridagi xonalarni tartibga solishni tushuntirish.
1.
Loyiha g’oyasida ko’rsatilgan konstruktiv yechimni tarxga bog’liqligiga
ehtibor berish.
Qurilish materiallari va konstruktsiyalarning qo‟llanilishi qabul qilingan
konstruktiv sxemaga va qurilish – montaj ishlarini ishlab chiqarish metodlariga
bog‟liq bo‟ladi, qo‟llaniladigan qurilish materiallari va konstruktsiyalari abadiy
arxitekturaviy yodgorlik sifatidagi kamida 125 yil muddatda xizmat qiladigan oliy
arxitektura sanhati obhektini yaratish to‟g‟risidagi unikal mualliflik g‟oyasiga
to‟liq javob bermog‟i lozim. O‟quv mashg‟ulotlarini bajarish maqsadida 7 – 8 – 9
balli seysmiklik uchun 12 balli shkala bo‟yicha quyidagilar tavsiya etiladi:
poydevorlar – quyma temirbeton va yig‟ma temirbeton bloklardan bajariladi;
devorlar mahalliy qurilish materiallari (pishgan g‟isht, shlakobloklar) ning
temirbeton karkali va qavatlar balandligida quyma temirbetonli belbog‟ bilan
kompleks konstruktsiya tashkil etish orqali bajariladi; g‟ishtli devorlarning
qalinligi Toshkent sharoitida 38sm (1,5 g‟isht) qilib bajariladi.
Tom yo‟ilmasini – qalinligi 22sm bo‟lgan ko‟p teshikli temirbetonplitalar tashkil
etadi, bunday plitalar bilan 3,0m dan 7,2m gacha bo‟lgan oraliqlar yo‟iladi;
antiseysmik konstruktiv tadbirlar devorlarning rejadagi o‟qlarining siljishiga yo‟l
qo‟ymaslikni taqazo etadi; antiseysmik tadbirlarning talablarini bajarish
majburiydir!
Evakuatsiya zinapoyalari – yig‟ma temirbeton konstruktsiyalardan
bajariladi; tom – cherdakli bo‟lib, og‟ma holatda joylashgan metall sitro‟ilalarga
turli ranglarga ega bo‟lgan metall cherepitsalarning mahkamlash orqali yo‟iladi va
qor – yomg‟ir suvlarining tashqi to‟plangan holda oqimi tashkil etiladi. Mansardli
qavatlarning va yassi tom qismlaridan hovlilar sifatida foydalanish orqali pent –
xauz kvartiralarning qurilishiga ruxsat beriladi: fasadlarning tashqi pardozi
ranglarning qo‟llanishi bilan yuqori sifatli materiallarning qo‟llanishi bilan amalga
oshiriladi.
Gelg‟fond A.L “Arxitekturnoe proektirovanie obo‟estvennqx zdaniy i soorujeniy”
ucheb. posobiya izd. Arxitektura – S. M., 2010 g. 392 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |